Evolyutsiya nazariyasi



Download 2,86 Mb.
bet44/74
Sana08.04.2023
Hajmi2,86 Mb.
#925708
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
Bog'liq
Evoluytsiya nazariyasi majmua 2022

7-8-seminar mashg’ulot
Mavzu: Ch.Darvin ta’limotining paydo bo’lishida rol o’ynagan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va tabiiy ilmiy kashfiyotlar.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga Ch.Darvin ta’limotining paydo bo’lishida rol o’ynagan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va tabiiy ilmiy kashfiyotlar haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Ch.Darvin ta’limotining paydo bo’lishida rol o’ynagan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va tabiiy ilmiy kashfiyotlarni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning Ch.Darvin ta’limotining paydo bo’lishida rol o’ynagan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va tabiiy ilmiy kashfiyotlar haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarni ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Reja:

  1. Darvinning tarjimai holi va Bigl kemasidagi safari.Darvinning yirik asarlari.

  2. Sun’iy tanlash.

  3. Tabiiy sharoitda o ‘simliklar va hayvonlardagi

  4. o ‘zgaruvchanlik

  5. Irsiyat va o’zgaruvchanlik

Mavzu mazmuni: Charlz Robert Darvin 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shiyusberi shahrida shifokor oilasida tugildi. U bolaligi- dayoq tabiatdagi voqea-hodisalar, chunonchi, qushlar hayotini kuzatishga, 0 ‘simliklar va minerallardan kolleksiyalar to‘plashga qiziqar edi. U 1817-yili maktabga borgan bo‘lsa-da, o‘sha davrda hukmron boigan «klassik maktab» sinchkov Darvinda hechqanday qiziqish uyg'otmadi. Darvin 16 yoshga toigach, otasi uning kelgusida shifokor boiishini ko‘zlab, Edinburg universitetining meditsina fakultetiga o‘qishga kiritdi.Biroq universitetdagi darslar ham quruq «klassik» o‘qitishga asoslanganligi, ayniqsa, odam anatomiyasidan 0‘qiladigan ma’ruzalar zerikarli ekanligi, narkozsiz operatsiyalar qilinishi yosh Darvinda tibbiyot fanlariga nisbatan qiziqish uyg‘otmadi.0 ‘g‘lining medik boiish havasi yo‘qligidan xabardor Ch.Darvin.bo‘lgan otasi uni 1828-yili Kembrij universitetining ilohiyot fakultetiga o‘qishga berdi. Bu yerda ham u xuddi Edinburg universitetidagi kabi, darslarga qiziqmasada, uni tashlab ketrnadi. Chunki universitetda ilohiyotga oid darslar bilan birga tabiiyot fanlari ham o'qitilar edi. Darvin tabiiy fanlarga qiziqishi jihatdan boshqa studentlardan ajralib turgani sababli universitetdagi yirik tabiatshunos olimlarning diqqat- e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Botanika professori Genslo, geologiya professori Sedjvik Darvinning tabiyotga oid bilim- larini rivojlantirishga yaqindan yordam berdilar. U tajribali geolog Sedjvik tomonidan Shimoliy Uelsga uyushtirilgan geologik ekskursiyalarda faol ishtirok etdi. Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin pastor bo‘lib ishlashdan ko'ra ko‘proq tabiatshunoslikka, tadqiqotlarga moyillik sezdi. Chunki bu davrga kelib, u botanika, zoologiya, geologiya sohasidagi adabiyotlardan yaxshi xabardor, tabiiy sharoitda bu fanlar bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish metodikasini anchagina egallagan edi. Bundan xabardor boMgan professor Genslo uni ingliz harbiy doiralari tomonidan butun jahon bo'ylab safarga jo'natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi.«Bigl» kemasidagi safar va uning ahamiyati. «Bigl kemasidagi safar 1831-yil 27-dekabrdan boshlanib, 1836-yil 2- oktyabrigacha, ya’ni salkam 5 yil davom etdi. Bu kema safarining asosiy vazifasi dengiz xaritalarini mufassal tuzish maqsadida Janubiy Amerikaning sharqiy va g‘arbiy sohillarini hamda unga yaqin orollarni suratga olishdan, yer atrofida bir nechta xronometrik oichov olishdan iborat edi.«Bigl»ning marshruti. 1831-yil 27-dekabrda Angliya qirg‘oqlaridan chiqqan «Bigl» kemasi Yashil Burun orollarida bir oz to ‘xtagandan so‘ng, Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib keldi. U aprel oyida Rio-De Janeroda so‘ngra Montevideo, Buenos-Ayresda bo‘lib, Olovli yer tomon suzadi. Keyin yana shimol tomonga qaytib, 1833-yil av-59gustda Bayya-Blankaga yetib keladi (5-rasm). 1833-yil dekabrida Sharqiy qirg‘oqdagi barcha ishlar yakunlangach, kema Patagoniya qirg‘oqlari tomon suzadi va Olovli yerni aylanib o‘tib, Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab suzib o‘tadi. U Peru va Chilining ba’zi gavanalarida to'xtagach, 1835-yili Galapagoss orollariga yetib keladi. U yerda birmuncha vaqt boigach, Tinch okean orqali Yangi Zelandiya qirg‘oqlariga y o i oladi. Kema Avstraliyada boigandan so‘ng, 1836-yil boshida Hind va Atlantika okeanlari orqali yana Braziliya qirg‘oqlariga yetib keladi va u yerdan Angliyaga qaytadi. Paleontologik qazilmalar ham Darvin fikrlarining yo'nalishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U Janubiy Amerikaning Bayya-Blanka rayonida qadimgi davrlarda yashagan va qirilib ketgan sutemizuvchilardan milodont, taksodont, megaloniks, ssilidoteriyalar suyagining qoldiqlarini topdi. Ayniqsa, qirilib ketgan qadimgi chala tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayrat- lantirdi. U qirilib ketgan va hozirgi davrdagi tukotuko hamda suv cho'chqalari o‘rtasida yanada ko‘proq o ‘xshashlik borligini aniqladi. Turlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi dastlabki g‘oya Darvinda «Bigl» kemasidagi safar davridayoq paydo boMadi. Lekin bu jarayon sabablarini aniqlash masalasi hali ko‘p jihatdan muammo edi. Darvin Angliyaga qaytgach, xonaki va tabiiy sharoitdagi hayvon, o‘simliklarning o‘zgaruvchanligiga doir ma’lumotlami ko‘plab yig‘a boshladi va 1837-yilning iyul oyida yon daftariga evolyutsiya bo‘yicha dastlabki mulo- hazalami yozdi. Shu vaqtdan boshlab, 20 yildan ortiqroq vaqt mobaynida u evolyutsiya g‘oyasini rivojlantirishgaqaratilgan ma’lumotlar, dalillarni to ‘play boshladi va ularni puxta o‘rgandi. Evolyutsion nazariyaning birinchi xomaki nusxasi 1839-yili tayyor bo‘ldi. Turlar kelib chiqishi nazariyasining asosiy qoidalari esa 1842-yili yozilgan qisqacha ocherkida o‘z ifodasini topdi. 1844-yilga kelib, turlarning paydo bo'lishi to‘g‘risidagi ocherk oxiriga yetkazildi. Bu davrda sun’iy va tabiiy tanlanishning ijodiy roli Darvin e’tiborini tobora ko‘proq o‘ziga jalb etdi. Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari aniq va mantiqiy reja asosida yozilgan boiib, Lyayel ta’biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan iborat edi. U umuman evolyutsion nazariya, xususan, tabiiy tanlanish haqidagi nazariyani isbotlashga qaratilgan edi. Asar 14 bobdan iborat boiib, xilma-xil hayvonlar zoti va o ‘simliklar navini chiqargan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanardi. Darvin keyinchalik ham yana ko‘p asarlar yozdi. Ulardan biri 1868-yili nashr etilgan «Xonakilashtirilgan hay­vonlarning va madaniy o'simliklarning o'zgaaivchanligi» nomli asardir. 1871-yili Darvin «Odam paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» degan asarini nashr ettirdi. Darvin har qanday hayvon, o‘simlik organizmi nasi qoldirganda, yangi bo‘g‘in ota-ona formalardan va o‘zaro ay­rim. belgilari bilan farq qilishini aniqlagan va uni individual o'zgaruvchanlik termini bilan ta’riflagan. Darvin tashqi muhitning organizmlarga nomuayyan ta’sirini obrazli ifodalab, shamollashni har xil odamlarda turli oqibatlar — ba’zilarda tumov, ikkinchilarda yo‘tal, uchin- chilarda revmatizm, to‘rtinchilarda esa har xil organlaming shamollashi natijasiga o‘xshash misolda ham ko‘rsatgan.Individual o‘zgaruvchanlik tarixiy jarayonda vujudga kel­gan irsiy xossalar, organizmning yoshi, holatiga qarab turlicha namoyon boiadi. Darvin o ‘zgaruvchanlik sabablarini va uning formalarini tadqiq qilish bilan birga, irsiyat muammosi bilan ham shug‘ullandi. Uning davrida irsiyat muammosi hal qilinmagan muammolardan biri hisoblanardi. Shu sababli u irsiyat ustida to‘xtalib: «Irsiyatni boshqaradigan qonunlarning ko‘pchiligi ma’lum emas» deb ta’kidlagan edi. Irsiyat deganda, Darvin ota-ona formalar bilan ulaming nasli o ‘rtasidagi o‘xshashlik yoki o‘ziga o‘xshash formalami vujudga keltirish xossasini tushundi. Irsiyat tufayli bo‘g‘indan- bo‘g‘inga organizmning faqat tashqi va ichki tuzilishi emas,balki fiziologik, biokimyoviy xossalari ham o‘tadi.

Download 2,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish