3Ж Halqali chuvalchanglarning 12000 atrofida turlari mavjud bo’lib, asosan 3 ta taksonga Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) taksonlariga mansub. Bu taksonlar Linney sistemasi bo’yicha sinf hisoblanadi. Polychaeta lar xilma-xilligi yuqoriroq guruh bo’lib, 8000 atrofidagi turlarni birlashtiradi va asosan, dengizlarda tarqalgan. Oligochaeta (kam tuklilar, 3500 tur) va Hirudinomorpha (zuluklar, 500 tur) guruhlari chuchuk suvlarda va quruqlikda tarqalgan, ba’zi turlari dengizlarda ham uchraydi.
Hozirgi zamon filogenetik tahlillari natijalari asosida xalqali chuvalchanglarning sistemasida bir oz o’zgartirishlar kiritilmoqda. Xalqali chuvalchanglar an’anaviy sisitemaga ko’ra 3 ta sinfga -Polychaeta, Oligochaeta va Hirudinomorpha (Hirudinae) ajratiladi. Hozirgi vaqtda Annelida taksoni ikkita teng toifadagi monofiletik opa-uka taksonga: Polychaeta va Clitellata (belbog’lilar) ga ajratiladi. Polychaeta lar parapodiylarga va hidlov organlariga ega, Clitellata vakillarida esa bu organlar yo’q, lekin germofrotidlik va sariqlikning ko’pligi bilan bog’liq yuqori ixtisoslashgan reproduktiv tuzilmalarga (belbog’ va pilla) ega. Clitellata ichidagi Hirudinomorpha taksoni monofiletik takson hisoblanadi, Oligochaeta esa, ba’zi zoologlarning (P.Aksa) fikricha, parafiletik takson deb qaralmoqda, chunki bu taksonga ham xalqali chuvalchanglarning primitiv umumiy xossalarini saqlagan formalar, ham belbog’lilarga xos belgilarni saqlagan formalar kiritilgan. Ayrim sistematiklar (Brinkxerst R.O.) fikricha, faqat kam tuklilarga xos bo’lgan halqumning devoridagi muskulli o’simtalar bu guruhning autopomorfiysi hisoblanadi. Shu sababli bu guruhni monofiletik takson deb qarash kerak. E.E.Ruppert ushbu fikrni tasdiqlaydi va Oligochaeta larni monofiletik takson hisoblab, uni Hirudinomorpha ga opa-uka takson deb qaraydi. Halqali chuvalchanglarning ichki filogenetik munosabatlari. Polixetalar hozirgi tasavvurlarga ko’ra ikkita guruhga Scolecida (Skolesidlar) va Palpata (Palplilar) ga ajratiladi. Skolesidlarga bosh qismida o’siqlari bo’lmagan, in qazuvchi detritofaglar, aftidan, halqali chuvalchanglarning tasavvur qilinayotgan ajdodlariga o’xshash polixetalar kiradi, palplilarga esa bosh ortiqlari (o’siqlari) ga ega, hayot tarzi va oziqlanishi turlicha bo’lgan polixetalar kiradi.
Shuni aytish kerakki, uzoq vaqtlar polixetalar 2 ta kenja sinfga: o’troq yashovchilar-Sedentaria va kezib yuruvchilar-Errantia ga ajratilgan. Hozirgi vaqtda bu taksonlar saqlanmagan, lekin ularning nomi morfobiologik xususiyatlarni ifodalashda qo’llaniladi. Errantia lar faol hayot kechiradi va tanasining gomonom sigmentasiyasi bilan tavsiflanadi, Sedentaria lar esa nisbatan kam harakat bo’lib, suv osti qumlarida va naychalarda hayot kechiradi hamda geteronom sigmentasiyaga ega.
Tasavvur qilish mumkinki, polixetalarning ajdodi qum cho’kmadan chiqib, o’rmalovchi, suzuvchi va naychada yashovchi formalarning paydo bo’lishiga asos bo’lgan. Lekin, agarda polixetalarning dastlabki ajdodlari, umuman halqali chuvalchanglarning parapodiylarga ega bo’lmagan dastlabki ajdodlariga o’xshash, qazuvchi hayot tarziga ega bo’lgan bo’lsa, savol tug’iladi: dastlabki paydo bo’lgan parapodiylar nima vazifani bajargan? Ehtimol, tananing oldingi qismi qumga kirganda parapodiylar tuklar bilan birga tananing orqaga siljishiga to’sqinlik qilgan. Yoki, ehtimol dastlabki parapodiylar tuklarni saqlovchi uncha katta bo’lmagan bo’rtmachalar bo’lgan. Muqobil nazariya ham borki, unga binoan, halqali chuvalchanglarning ajdod formalari parapodiyalarga ega bo’lgan va keyinchalik u yomg’ir chuvalchanglari va zuluklarda yo’qolib ketgan. Parapodiylar polixetalarning ayrim guruhlarida ham yo’qolib ketgan.
4 Ж Sistematika tarixiga ikki yo’nalishda qarash mumkin. Birinchidan unga yillar o’tishi bilan almashinadigan voqealar yig’indisi – solnoma ko’rishida, ikkinchidan turli g’oyalarning paydo bo’lishi, rivojlanishi, tanazzulga yuz tutishi va qayta jonlanishi ko’rinishida qarash mumkin. biz sistematika tarixini soddaroq g’oyalardan ilg’orroq g’oyalarga tomon ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |