Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Taksonomiyaningasosiyturlari. T.I.: α-taksonomiya, ß-taksonomiya, ɤ-taksonomiya



Download 0,5 Mb.
bet72/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

Taksonomiyaningasosiyturlari. T.I.: α-taksonomiya, ß-taksonomiya, ɤ-taksonomiya

Taksonomiyaning turini tanlashda. α-taksonomiya yangi turlar ochish va ularni sistemaga kiritish. Taksonomiyaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar taksonomistlar orasida ko’pchilikni tashkil etadi. Ular ma’lum bir guruhga mansub organizmlarni yig’adilar, tahlil qiladilar va ular o’rtasidagi farq va o’xshashliklarga asoslanib yangi turlarni ilgari ma’lum bo’lgan taksonlar tarkibiga ya’nikim, fanga kiritadilar.
ß-taksonomiya turlar va yuqori taksonlar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash. Sistematikaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar tur va undan yuqori taksonlarning klassifikatsiyasini tuzadilar. Buning uchun ular mavjud taksonlarning strukturasini yangi ilmiy yangiliklar asosida qayta ko’rib chiqadilar ya’ni taftish (reviziya) qiladilar. Shuning uchu bu guruh olimlarga ba’zan revizorlar deyiladi.
ɤ-taksonomiya tur ichidagi o’zgaruvchanlik va uning sabablarini aniqlash. Tasonomiyaning bu turi tur ichidagi o’zgaruvchanlikni o’rganadi, uning sabablari va oqibatlarini aniqlaydi. Shular asosida ma’lum guruhning kelib chiqishi va evolyutsiyasi haqida xulosalar chiqaradi. Bu guruh olimlarni evolyutsionistlar deb atash mumkin.


Variant 42



  1. Bo’g’imoyoqlilarningfilogenetikaloqalari. T.I.: Bo’g’imoyoqlilarningasosiytaksonlari, Mandibulata, Xeliseralilar, Bo’g’imoyoqlilarningboshqatiplarbilanfilogenetikbog’lanishlari. Ektisozoalar.

1 Takidlash joizki, bo’g’imoyoqlilarning kelib chiqishi to’g’risidagi fikrlarda morfolog va molekulyar biologlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarni «yumshatadigan» taklif ham mavjud bo’lib, u Nilsen tomonidan ilgari suriladi (Nielsen,2003). Uning fikricha, bo’g’imoyoqlilar va boshqa Ecdysozoa lar (Nematoda, Priapulida va Kinorhyncha) opa-uka taksonlar hisoblanadi va ularning barchasi halqali chuvalchanglardan kelib chiqqan. Hattoki, u bu hayvonlarning hammasini Articulata guruhiga kiritadi.Lekin, Nilsen fikri olimlar tomonidan e’tirof etilmadi.Xeliseralilar guruhi 70000 mingdan ortiqroq turlarni o’z ichiga oladi.Hozirgi xeliseralilarning ko’pchilik qismi quruqlikda yashashga moslashgan.Xeliseralilar quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilarning ikkita yirik taksonlaridan biridir. Azaliy bo’g’imoyoqlilar suv hayvonlari bo’lgan va ular ikkita alohida evolyusion yo’nalish, ya’ni Chelicerata va Mandibulata ning kelib chiqishi uchu nasos bo’lgan. Bu taksonlarning har biri bir-biridan mustaqil va muvaffaqiyatli ravishda quruqlik muhitini ishg’ol qilgan.
Xeliseralilar tarkibiga quruqlikda yashovchi guruh Arachnida, dengizda yashovchi guruh Xiphosura va ko’plab qazilma holdagi taksonlar kiradi. Bularning hammasi birgalikda haqiqiy xeliseralilar-Euchelicerata guruhini hosil qiladi.Dengiz o’rgimchaklari (Pycnogonida), hozirgi tasavvurlarga ko’ra, Euchelicerata ga opa-uka takson hisoblanib, Chelicerata taksoni tarkibiga kiradi.Xeliseralilar (Chelicerata) ordovik yoki kembriy davrida paydo bo’lgan. Aftidan, ularning ajdodlari Arachnomorpha deb ataluvchi taksoniga mansub qadimgi bo’g’imoyoqlilar bo’lib, uning tarkibiga trilobitlar va yana bir qancha qirilib ketgan guruhlar kirgan. Bu ajdod shakllardan ikkita opa-uka takson -Pycnogonida va Euchelicerata kelib chiqqan. Euchelicerata tarkibiga Eurypterida, Xiphosura va Arachnida kiradi.Ba’zan dengiz o’rgimchaklarini (Pycnogonida) Chelicerata ga opa-uka takson deb hisoblashadi va ularni Chelicerata tarkibiga kiritishmaydi. Xeliseralilarning ajdodi, shubhasiz, suvda yashovchi organizmlar bo’lgan. Lekin, dengiz o’rgimchaklari, qilichdumlilar va ayrim kanalardan tashqari, hozirgi xeliseralilar quruqlik hayvonlaridir. Xeliseralilar orasida o’rgimchaksimonlar keng evolyusion radiasiyaga ega bo’lib, uning asosida quruqlik muhitiga mukammal moslanishlarni qo’lga kiritish yotadi.Qilichdumlilar (Xiphosura) hozirgi xeliseralilarning eng yirik o’lchamlilari hisoblanadi. Ularda xeliseralilarning adjoj formalariga xos ko’pgina qadimiy belgilar, jumladan, suv muhitida yashash tarzi, saqlanib qolgan.Qilichdumlilarning qazilma oldiqlari silur davriga oid, lekin hozirgi vaqtda bu takson vakillari deyarli qirilib ketgan. Zamonaviy faunada ularning uchta avlod (Limulus, Tachypleus va Carcinoscorpius) ga mansub 4 ta turi mavjud. Ulardan Limulus polyphemus Shimoliy Amerika qirg’oqlarida, qolgan 3 ta turi esa Koreya, Yaponiya, Filippin va Indoneziya qirg’oqlarida uchraydi.Qisqichbaqasimonlar hozirgi bo’g’imoyoqlilarning ikkinchi yirik taksoni -Mandibulata tarkibiga kiradi (birinchi yirik takson-xeliseralilar). Xilma-xil krevetkalar, krablar, hasharotlar va ko’poyoqlilar Mandibulata taksoniga mansub, lekin bu takson o’z novbatida bir-biridan keskin farq qiladigan ikkita sub taksonga: asosan suv muhitiga moslashgan - Crustacea va ko’proq quruqlik muhitiga moslashgan – Tracheata (Hexapoda va Myriopoda).Mandibulata vakillarining birinchi tana sigmenti antennalarga ega. Ularning bosh miyasi uch bo’limdan iborat va deyteroserebrum shakllangan. Mandibulalar (yuqori jag’lar) boshning uchinchi sigmentida joylashgan, maksillalar (pastki jag’lar) turtinchi sinmentda. Mandibulatalarning ajdodlari, ehtimol, suv muhitiga moslashgan filtratorlar bo’lgan va oziq zarrachalarini og’iz teshigiga tananing ventral tomonida joylashgan oziq parrakchalari (trubkasi) orqali yo’naltirgan. Oyoqlari ikki yoki ko’p shoxli bo’lgan. J-shakldagi ichagi oziq parrakchalarining oldingi qirg’oqlarida joylashgan va orqaga qaragan og’iz teshigi bilan tashqariga ochilgan. Qisqichbaqasimonlar va hasharotlarning (ko’poyoqlilarda emas) murakkab ko’zlari o’xshash tuzilgan va xeliseralilarning ko’zlaridan farq qiladi. Ommatidiylar to’rtta konussimon hujayralardan iborat kristall konusga (ko’poyoqlilarda yo’q) va sakkizta retinal hujayralardan iborat retinulaga (ko’rish tayoqchasi) ega. Shox parda (gavhar) ikkita ixtisoslashgan hujayralardan iborat.Bundan tashqari, oddiy medial ko’zlar ham bor (ko’poyoqlilar bundan istisno).Ehtimol, ajdod formalarda ham ekdisozon orqali boshqariladigan tullash xususiyati, to’liq maydalanadigan kichik o’lchamli tuxumlar xos bo’lgan.
Qisqichbaqasimonlar guruhi odatda alohida sinf hisoblangan bir necha taksonlarni birlashtiradi, lekin kladistik tahlil ularning turli taksonomik darajaga ega ekanligini ko’rsatmoqda. Odatda, quyidagi guruhlar ajratiladi: Remipedia, Cephalokarida , Anostraca (jabraoyoqlilar va ularga qarindosh formalar), Phyllopoda (shaxlangan mo’ylovli va bargoyoqli qisqichbaqasimonlar), Malacostraca (yonsuzarlar, krevetkalar, zaxkashlar, omarlar va boshqalar), Copepoda, Mystacocarida, Tantulocarida, Ascothoracida, Cirripedia, Ostracoda (chig’anoqli qisqichbaqalar), Branchiura (karpsimonlar biti), Pentastomida.


  1. Download 0,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish