Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o‘zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar hamda ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o‘zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o‘tdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tatbiq qilishni, mijozlarning qiziqishlarini hisobga olishni, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy qilishni, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo‘llashni, turli xil kredit institutlarining barpo qilishni taqozo qildi.
Tijorat banklari mohiyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim.
Pulning tovar xo‘jaligi sharoitida amal qilishining samaradorligini oshiruvchi omillar:
Do'stlaringiz bilan baham: |