Pul va banklar fani barcha yo‘nalishlar uchun ixtisoslik fan bo‘lib, u nazariy fan hisoblanadi. Bu fan bank ishi, pul kredit orqali muvofiqlashtirish, monetar siyosat, kredit mexanizmi, tijorat banklari resuruslarini boshqarish kabi fanlar uchun nazariy asos bo‘lib hisoblanadi. Pul va banklar fanining predmeti bo‘lib, pullar va pul muomalasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan pul-kredit munosabatlari hisoblanadi.
Fanning maqsadi
Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |