Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga alohida e’tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov pulning mohiyatiga “pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish ishlarini engillashtiradi” deya ta’kidlaydi PUL SHAKLLARI VA TURLARINING EVOLYUSIYASI. Tanga pullarning rivojlanish tarixi. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga pullar Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‘lganligini ta’kidlaydi. Manbalarga ko‘ra, birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo‘lgan VII asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug‘i bilan zarb etilgan. Oltinga o‘zining tasvirini tushirib zarb qilgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi, o‘sha davrda oltinning qiymati uning probasi va og‘irligi bilan o‘lchanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |