Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford (1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Fransiyada bu ta’limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-1787y.) va boshqalar rivojlantirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |