1. Oltin quyma standarti
I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba’zi mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg. atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo‘lib qoldilar, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |