ETNIK PEDAGOGIKANINGMAZMUNI,
SHAKLLARI, VOSITALARI VA ULARNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
REJA:
1. Etnik pedagogikahozirgi davr sharoitida ta’lim-
tarbiya tizimidagi yangi g’oyalar va
yo’riqnomalarning asosiy manbaidir
2.Xalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi,
udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi
yo’nalishlari
3. O’zbek xalq pedagogikasida ilm-fanning turli
sohalari — mumtoz adabiyot, san’at, musiqa, og’zaki
ijodi
Tarixdan ma’lumki, XX asrning 20-yillarida Turkiston
parchalanishi oqibatida milliy madaniyat, milliy tarbiya yo’li
to’sila boshlandi.
Maktablarda dunyo fanini rivojlantirishga munosib hissa
qo’shgan o’zbek fani va madaniyatining, pedagogikasining
asoschilari, musulmon olamining ulug’ zotlari faoliyati emas,
balki o’zbek xalqi kamolotiga, taraqqiyotiga aloqasi bo’lmagan
shaxslar faoliyati o’rgatildi.
Musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni karim,
Muhammad
alayhissalom
hadislari
ta’qib ostiga olindi,
yo’qotishga urinildi. Natijada o’zbek xalki milliy axloq-odob va
tarbiya an’analaridan maxrum .bo’la boshladi. Bu o’z navbatida
o’zbek madaniyati, shu jumladan, pedagogika fani rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko’rsatdi.
1991 yilga kelib, O’zbekiston xalqi mustaqillikka erishib, o’z
Qomusiga ega bo’lgach, pedagogika faniga ham yangicha
yondashish imkoniyati tug’ildi.
Xalqimizning uzoq o’tmishda yaratgan noyob durdonalari —
miflar, afsonalar, ertak, dostonlar, maqol va topishmokdar,
qo’shiqlar, diniy aqidalar, tosh bitiklar, buyuk adiblar, allomalarning
ijodiy
merosi,
xalqimizning
milliy
an’analari, udumlari,
marosimlarida saqlanib qolgan. Bularni o’rganish pedagogika
fanining rivojlanishiga, milliy xarakterga ega bo’lishiga imkon
beradi.
Pedagogika fani Etnik pedagogikaan’analariga suyangan holda
turli
pedagogik
nazariyalarni,
ta’lim-tarbiyaning mazmuni,
metodlarini o’rgatadi. O’tmishdagi ta’lim-tarbiya tizimidagi ilg’or
va ijobiy fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Pedagogika ijtimoiy fan. U ta’lim-tarbiyaning barcha
masalalariga va muammolariga davr talabi asosida yondashadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida xalqimizning tarbiya
nazariyasi va amaliyoti bo’yicha to’plagan tajribalarini, go’zal
namunalarini, hayotiy saboqlarini amalda tatbiq etadi.
Pedagogika fani o’tmish ta’lim-tarbiya sohasidagi eng yaxshi
tajribalarni o’rgatadi, bu esa bo’lg’usi pedagoglarni bevosita
amaliy faoliyatga tayyorlaydi, ta’lim-tarbiya tizimini milliy ruh
bilan sug’orishga yordam beradi.
Chunki xalqimizning o’tmishda tarbiyalash va o’qitish
nazariyasi qanday bo’lganligini, har bir davrda qanday taraqqiy
etganini bilmay turib, yoshlarni har tomonlama komil inson etib
tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo’lmaydi.
O’zbek xalqi ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xOs
dorilfunun yaratgan. Hatto hozirgi o’zbek xalqi yashab
turgan zaminda zardushtiylik dini keng yoyilgan davrda
ham ilg’or pedagogik mafkura hukm surgan. Bu
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham
o’z ifodasini topgan. Biroq islomgacha bo’lga»
tarbiyashunoslik, ilm-fan, adabiyot, madaniyat bizgacha
yetib kelmagan. Chunki arab istilochilari tomonidan barcha
manbalar, asarlar yoqib yuborilgan. Islomgacha va
islomdan keyingi pedagogik qarashlarni, milliy ta’limga
oid an’analarni, qadriyatlarni — xalq pedagogikasini
o’rganish, uni hayotga tatbiq etish, ta’lim-tarbiya
jarayonida qo’llash — bugunning muhim, dolzarb
vazifasidir.
Maorif tizimining, biz pedagoglarning hozirgi
kundagi vazifamiz — milliy qadriyatlar, Etnik
pedagogikaan’analarini
zamon
talablari
bilan
uyg’unlashtirgan holda ta’lim-tarbiya sohasiga tatbiq
etish, eng yaxshi tomonlaridan unumli foydalanishdir.
Birinchi
navbatda
o’z pedagogikamizni —
o’zbekona, lekin zamon bilan hamnafas, hamohang
ta’lim-tarbiya usullarini yaratmog’imiz kerak. Buning
uchun o’tmishda unutilgan ulkan sarchashmalar —
xalq pedagogikasini puxta, atroflicha o’rganmog’imiz
va uni bugungi kun pedagogikasiga asos qilib
olmog’imiz lozim. O’zbek xalqi nafaqat ilmu fan,
madaniyat sohasida, balki axloq-odobga oid qarashlari,
pedagogika fanlari bo’yicha o’rnak bo’larli sermazmun
xazina — manbaga ega.
Zotan, xalqni ezgulikka chorlovchi, uni jipelashtiruvchi,
uyushtiruvchi bunday asosiy g’oyalar va tuyg’ularning
ildizi milliy an’analarimiz, milliy qadriyatlarimizga borib
taqaladi. Masalan, milliy mafkuramiz ham xuddi ana shu
qadriyatlar, odatlar, ya’ni Etnik pedagogikazaminida
shakllanadi.
Nafaqat
milliy
mafkuramiz,
balki
O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasi ham milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanadi, ulug’ bobolarimizning o’lmas
merosidan ozikdanadi. Shuning uchun ham Qomusimizda
har bir fuqaro O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va
madaniy merosini avaylab-asrashga majbur ekanligi
alohida ta’kidlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini puxta o’rganish
asosan
ta’lim-tarbiya
muassasalaridan
boshlanadi,
ya’ni
o’quvchilarda fuqarolik tarbiyasi shakllantiriladi. Buning uchun
ularga o’tmish merosimiz va xalqimizning ming yillik qadriyatlari
asosida ma’lumotlar beriladi.
Fuqarolik tarbiyasining asosini millat, xalq, ularning hayot
mazmunini o’rganish orqali milliy o’zlikni anglashni qaror toptirish
tashkil etadi. Milliy mafkuraning asosiy maqsadi aynan ana shu
o’zlikni anglashdan iboratdir.
O’tmish mutafakkirlarining qarashlari, boy ma’naviy merosi,
g’oyalari bugungi avlod uchun dasturilamal vazifasini o’taydi.
Allomalar, xalq qahramonlari hayotini o’rganish shaxsning inson
sifatida kim ekanligini anglab yetishiga yordam beradi.
Fuqarolik tarbiyasi negizida xalq o’gmishi, tarixini
o’rganish, milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga
yo’naltirilgan faoliyatga o’quvchilarni jalb etish maqsadi
yotadi.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi — yoshlarni
jamiyat talablariga, davlatning qonun-qoidalariga, milliy
urf-odatlarimiz va qadriyatyaarimizga chuqur hurmat-
ehtiromli bo’lishga o’rgatish.
Huquqiy tarbiyaning vazifasi esae huquq asoslarini,
Konstitusiya va qonunlarimizning mazmun-mohiyatini,
yangi
qonuniy
hujjatlar,
huquqiy
me’yorlarni
kishilarning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi, kalbiga
singdirishdan iboratdir.
Xalqimiz ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyatga ega.
O’tmishda barcha huquqiy muammolar Qur’oni karim va Hadisi
sharif asosida hal etilgan. Islom huquqshunosligi asosan Qur’oni
karim va Hadisi sharif negizida shakllangan va yoshlarga shu asosda
huquqiy tarbiya berilgan.
Mustaqil Respublikamizning ta’lim-tarbiya sohasida tub burilish
yasagan «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ning mazmuni ham milliy turmush tarzimiz va ma’naviy-
axloqiy an’analarimiz bilan hamnafasdir. Ma’rifat xalqimiz,
millatimizning qonida bor. An’anaviy sharqona qarashlarga ko’ra,
ma’rifatlilik faqat bilim va malakagina emas, balki ma’naviyat va
go’zal axloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, komil inson deganda
ana shunday odamlarni ko’z oldiga keltiradi.
«
Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»ning ham asosiy
maqsadi har tomonlama yetuk komil
insonni tarbiyalashdir. Shuning uchun har
ikkala me’yoriy hujjatning mohiyati milliy
tariximiz va hayotimiz bilan bog’lanib
ketgan.
Xullas, O’zbekistonda o’zimizga xos,
o’zimizga moye bo’lgan, takrorlanmas,
buyuk
tariximiz
va
an’analarimizga
asoslangan,
Yuqoridagi misollarning hammasidan kelib chiqadigan asosiy
xulosa shuki, bugungi kundagi milliy mafkuramiz, milliy
g’oyalarimiz,
barcha
yo’riqnomalarimizning
zamirida
«O’tmishsiz kelajak yo’q» shiori yotadi.
Ulug’ bobolarimiz yaratgan barcha moddiy va ma’naviy
boyliklar, barcha ezgu insoniy fazilatlar, o’zimizga xos urf-
odatlarimiz va kadriyatlarimizni e’zozlash davlatimiz tomonidan
qabul qilinayotgan qonun va me’yoriy hujjatlarimizning asosini
tashkil etadi. Bunday go’zal insoniy fazilatlar, odatlar va
kadriyatlarimizning xazinasi, manbai xalq pedagogikasi, ya’ni
xalqimizning o’z tarixiga ega tarbiya tajribasidir.
Ta’lim-tarbiya sohasida qabul qilinayotgan barcha davlat
hujjatlarida ana shu munosabatlar yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
Sharq mutafakkirlarining odob-axloqka oid fikrlari
O’zbek Etnik pedagogikag’oyat serqirra va serjilo bo’lib, uning
kamrovi nihoyatda keng, ya’ni shu xalq paydo bo’lgan butun bir
davrni o’z ichiga oladi.
ta’limot
Hadis
Qur’on
Marosimshunoslik
Udumshunoslik
Qadimiy bitik toshlar
Qadrshunoslik
Odatnoma Odobnoma
Etnik pedagogikaxalq og’zaki ijodi, qadriyatshunosligi,
udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini,
diniy-axloqiy ta’limotni, ya’ni. ijtimoiy va maishiy-axloqiy
hayotning barcha tomonlarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi
Etnik pedagogikaningyana bir ibratli tomoni shundaki, qayot,
tabiat, jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko’rinishdan
mukammal foydalaniladi.
Xalq an’anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta’sir, ibrat
namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o’rin tutadi. Buni
ayniqsa, dov-daraxt, tog’-tosh, parrandalarga bag’ishlangan xalq
og’zaki ijodi namunalarida ko’rish mumkin. Xalqning bunday
qarashlari zamirida to’rt unsurni asrab-avaylash, ya’ni ekologik
tarbiya yotadi.
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so’zlar — duo, olqishlar ham
katta tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega. O’zbek Etnik pedagogikaayrim
shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni xalqimiz
asrlar davomida o’zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti
borasida tutgan tutumlari, sa’y-harakatlari, yo’l-yo’riqlari, akl-
zakovatlari bilan yaratgan.
Shu bilan birga o’zbek Etnik pedagogikailm-
fanning turli sohalari — mumtoz adabiyot, san’at,
musiqa, og’zaki ijod, qadrshunoslik, odatshunoslik,
ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib,
ularning eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib
olgan.
Insonparvarlik,
baynalminallik,
hushyorlik,
zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlilikni o’ziga
e’tiqod qilib olgan o’zbek Etnik pedagogikaayni
chog’da sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy
ravishda baxramand bo’lgan, sharqona Etnik
pedagogikaboyliklaridan ozikdangan va uning eng
go’zal namunalarini o’ziga qabul kilib olgan.
Yoki Alpomish zindonda yotganda Qorajon ham, Tovka
oyim g`lm uni chiqarib olmoqchi bo’ladi. Lekin u rozi
bo’lmaydi. Bir kupi ulardan ta’na eshitib, insoniy g’ururi
poymol bo’lishini xoqlamaydi. Demak, biz eng avvalo,
insoniy g’ururni garbiyalamog’imiz kerak ekan. Chunki
g’urursiz kishidan hamma qabixlikni kutsa bo’ladi.
Sotqinlikni ham, yolg’onchilik va1 tuhmatni ham. g`urur
insonning imonini pok saqlaydi, yomonliklardan asraydi.
Mardlik, sadoqat, fidoyilik sari etaklaydi.
Demak, yoshlarda millim mafkurani shakllantirishni
ularda Vatanga muhabbat, fidoyilik, g’urur va hamiyat, or,
nomus, milliy g’urur va milliy iftixorni tarbiyalashdan
boshlashimiz kerak ekan. Bu fazilatlarni tarbiyalashda
dostonlar’eng qudratli va ta’sirchan tarbiya vositasi
vazifasini bajaradi
.
Xulosa qilib aytganda, xalq og’zaki ijodi milliy
mafkuraning
negizini
tashkil
etadi
va
Etnik
pedagogikaningmanbai hisoblanadi.
Er yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham
qadim zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan
bolalarining sog’lom, baquvvat, mehnatsevar, katta-
kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir,
jamoani, Vatanni himoya qila oladigan kishilar bo’lib
ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan
tajribalarini,
orzu-istaklarini
umumlashtirib,
maqol,
topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston, milliy, oilaviy
urf-odatlar, an’analar shaklida ifodalab yoshlarga, oila
a’zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek
Etnik pedagogika vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |