Sparjasimon vigna -baland bo’lib o’sadigan o’simlikdir. Uning tupi baquvvat va siyrak poyali, barglari uchtadan joylashgan, gullari oq yoki qizg’ish-gunafsha ranglidir, dukkagining uzunligi 30-40 sm. keladi. Donlari maydaroq, buyraksimon, rangi xar xil, lekin xiraroqbo’ladi.
O’zbekistonda vigna loviyaga qaraganda ikki xissa ko’pxosil beradi. Lekin doni va ko’k dukkagining mazasi jixatidan loviyadan keyin turadi. SHunday bo’lsada O’rta Osiyoda va boshqa janubiy rayonlarda sparjasimon vignani ko’k dukkagi uchun ekish ma’qulko’riladi, chunki vigna loviyaga qaragandako’pda yer tanlamaydi, o’g’itni hamkamroq talab etadi. Uning agrotexnikasi loviyanikidan farq qilmaydi.

Sabzavot soyasi. Qishloq xo’jaligida sabzavot soyasini axamiyati va imkoniyatlari juda katta. SHunga ko’ra madaniy soyaga oziq-ovqat, texnik, moyli, chorva hamda sidirat ekini sifatida qaraladi. Unga ko’p ishlatilishi bo’yicha teng ekinlar yo’q. Soya o’simligi ko’p ishlatilishi bilan birga qoldig’i qolmaydigan ekin hamdir. Soya urug’idan yuzdan ortiq turli tuman maxsulotlar tayyorlanadi. Xozirgi vaqtda axolini oziqasi tarkibida oqsilga boy bo’lgan maxsulotlar tanqisligi mavjud. Ushbu masalani xaletishni bir yo’li hayvon oqsilini o’simlikoqsiliga almashtirishdir. Go’sht maxsulotlarida oqsil 15-20 % tashkil etadi. Dukkakli sabzavot ekinlari orasida (fasol, no’xot) tarkibida oqsilga (44-45%) va yog’ (20-22%) bo’lgan sabzavot soyasiga teng keladigani yo’q.
Soya urug’ining kimyoviy tarkibi faqat proteindan iborat bo’lib qolmasdan, ular boshqa biologik faol moddalarni ham mujassam etgan manba hisoblanadi. Ularda fosfotidlar (2-5%) ko’plab yengil o’zlashtiriladigan tuzli vitaminlar (Sa, K, Mg, R, Fe) 20-32% uglevodlar bor. Uning urug’lari tarkibida quruq sutga nisbatan 3 marta V vitamini ko’p.
Soya urug’lari tuproq xarorat +6+7 daraja bo’lgandauna boshlaydi, lekin maysalarni qiyg’os unushi uchun 20-25oS eng qulay hisoblanadi.
Soya o’simligi xarorat pasayishiga qisqa muddatli suv juda ta’sirchan. SHonalash-gullash va dukkaklari shakllanish davrida (20-25; 18-20) xaroratga talabi yuqori bo’ladi. Erta pishar navlar uchun 10oS dan ortiq bo’lgan xaroratlar yig’indisi ularni to’liq o’sish va rivojlanish davrida 600-2000 oS ni tashkil etadi. Soya o’simligi turli tuproqlarda (nordon, sho’rxok va botqoqli tuproqlardan tashqari) yaxshi o’sadi. Tuproqda xavo almashinuvchi hamda ildiz tizimini yaxshi rivojlanishi uchun tuproq zichligi-1,10-1,25 sm.
O’zbekistonda soyaning o’nta navi tumanlashtirilgan bo’lib, ular O’zbekiston respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jaligi ekinlarining Davlat reestiriga kiritilgan. Xozirda soyaning “Ilxom”, “Universal” va “Sulton” navlari ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |