II.BOB. O’zbekistonda rayonlashtirilgan kam tarqalgan ko’kat va dukkakli sabzavot ekinlari navlari tavsifi.
Fieoro - Ushbu nav kechpishar xisoblanib,kuchat ekilganidan 112 kunda yerkin binafsha rangli zich, chuzinchok boshcha shakillantiradi. Kuchatlari 35-35 da ekiladi.
Yupiter- TSilindr shaklda zich boshchalar xosil kiladi. Usimliklarni buyi 30-35 sm bulib, 30-30 sm oralikda joylashtiriladi.
Madaniy salat- Yevropa, Osiyo, O’rtaer dengizi va SHimoliy Amerikada tarqalgan salatni yovvoyi shakllaridan kelib chiqqan o’simlik. Uni qadimgi Misrliklar, Rimliklar va Greklar yetishtirishgan. Yevropa mamlakatlarida u XVI asr o’rtalaridan, Rossiyada esa bu ekin bu ekin to’g’risidagi ma’lumotlar XVII asrda tarqalgan.
Spanjali salat- (uysun) yo’g’on, bir metr balandlikdagi barg bilan qoplangan poya xosil qiladi. Bu barglar ozik-ovqatga ishlatiladi. Salatning bu turi asosan janubda keng tarqalgan. Uning navlari ichida uzunchoq, ovalsimon, qisqa chuzinchoqsimon hamda chetlarida kertik bo’lgan barglilari uchraydi.
Ismaloq. Ismaloq (shpinat)- sho’ra gullilar oilasiga kiradigan bir yillik o’simlikdir. U ildiz bo’g’zidan 8-10 ta barg, keyinroq esa poya chiqaradi. Ismaloq tez yetiladigan ekin. Ekilgandan keyin 30-40 kunda uziladi. Urug’i 90-100 kunda pishadi. Ismaloq issiqni talab qilmaydi, urug’i 3oS da unadi. Temperatura 15-20oS bo’lganda yaxshi o’sadi.Uning yosh o’simligi 6-8oS gacha sovuqqa chidaydi. Kun juda isib, xavodanalikkamayib ketsa, ismaloq mayda barg xosil qiladi va tezda gulpoya chiqaradi.
Ismaloqning quyidagi navlari ko’proq tarqalgan.
Rostovskiy- tez yetiladigan nav, ekilgandan keyin 25-30 kunda yetiladi. Tup bargi xovol joylashgan. Bargi uzun bandli, lantsetsimon och yashil tusda, tekis.
Gollandskiy-tez yetiladigan nav,ekilgandan keyin 35-40 kunda undan foydalansa bo’ladi, barglari g’ujroq joylashgan, ko’rinishda buklanganga o’xshaydi. SHakli tuxumsimon. Parnikda ham, dalada ham yetishtiriladi.
Viktoriya-kech yetiladigan nav. Bargi to’k yashil, kalta bandli,qavariqli, to’garak shaklda. To’p bargi kichik, g’uj bo’lib, ko’p poya chiqaradi.
Ismaloqqish kirish oldidan (noyabrda), erta baxor (marta) yoki kuzda (sentyabrda) marzalarga qo’sh qator qilib ekiladi. Bunda marzalar orasi 50-60 santimetrdan, qatorlar orasi 15-20 sm. dan olinadi. Urug’ tekis unib chiqishi uchun ekishdan oldin bir sutka ivitilib, so’ngra sabzavot seyalkasi bilan 2-3 sm. chuqurlikka ekiladi. Bunda gektariga 15-20 kg. urug’ ketadi. Parnik atrofidagi yerlarga urug’qo’lda sochib ekiladi. Bunda gektariga 40-60 kg. urug’ ketadi. Ismaloq 5-10 kunda ko’karib chiqadi. Ismaloq yagana qilinmaydi.
Ismaloq ko’karib chiqqach gektariga 1-1,5 ts. xisobidan ammiakli selitra beriladi, qator oralari kultivatsiya qilinadi. Aprelning birinchi yarmidan boshlab sug’oriladi. Suv xar 6-7 kunda beriladi. Hammasi bo’lib3-4 marta sug’oriladi.
Ismaloq 5-6 ta barg chiqarishi bilan uzib yoki qirqib olina boshlaydi. Uning bargini uzib olish dag’allashib, ko’plab poya chiqquncha davom etadi. U gektaridan 10-17 t. xosil beradi.
SHovul. SHovul toron gullilar oilasiga kiradigan ildizi ko’p yillik, poyasi bir yillik o’simlikdir. SHovul ekilgan yili to’p barg chiqaradi, keyingi yillarda esa gulpoya ham chiqaradi. SHovul guli ikki jinsli bo’lib, tup guli rovaksimondir, gullari chetdan changlanadi.
SHovulning bir necha navi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |