1.2 ТАСОДИФИЙ ҲОДИСАЛАР
1. Tehnik nazorat bo‘limi buyumlarning yaroqliligini tekshiradi. Buyumning yaroqli bo‘lish ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshirilgan ikkita buyumdan faqat bittasi yaroqli bo‘lishi ehtimolini toping.
2. Talabaga kerakli formulani uchta ma’lumotnomada bo‘lishi ehtimoli mos ravishda 0,6; 0,7; 0,8 ga teng. Formula: a) faqat bitta ma’lumotnomada; b) faqat ikkita ma’lumotnomada; c) uchchala ma’lumotnomada bo‘lishi ehtimolini toping.
3. Talaba fan bo‘yicha 25 ta savoldan 20 tasini biladi. Talabaning o‘qituvchi taklif etgan uchta savolni bilishi ehtimolini toping.
4. Yashikda 1 dan 10 gacha raqamlangan 10 ta bir hil kubik bor. Tavakkaliga bittadan 3 ta kubik olinadi. Birin ketin 1, 2, 3 raqamli kubiklar chiqishi ehtimolini quyidagi hollarda toping:
kubik olingach, yashikka qaytarib solinmaydi;
olingan kubik yashikka qaytarib solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |