130
ko‘rgan kishilar hech qachon to‘g‘ri kelgan joyga taklif qilsa boravermaydilar.
Agar u yerda siz biron narsani sindirib yoki buzib qo‘ysangiz, uning qiymatida pul
taklif etmagan ma’qul. Undan ko‘ra shunga o‘xshash jihozni olib bergan yaxshi.
Buni biron tadbirlarda sovg‘a sifatida taqdim etish bilan amalga oshirish mumkin.
Buzilgan narsani o‘zi bilan tuzatgani olib ketish mumkin,
ammo yillab uyda
yotishi uchun emas.
Agar jamoat ikki guruhga bo‘linsa, er bir guruhga, ayol ikkinchi guruhga
qo‘shilgani yaxshi. Ammo davrani er yoki ayol orqali xursandchilik qilishga yo‘l
qo‘ymang. Ba’zi odamlar o‘zining
“yarimtasi”
bilan jamoatni xursand qilish
uchun maqtanishni xush ko‘radilar. Oxir-oqibat buning aksi bo‘lib chiqadi. Jamoa
zerikadi,
“garovga”
aylangan rafiqa o‘zini noqulay his qila boshlaydi.
“Ayolim
yoshlardek kiyinib olgan”
kabi hazillar yoki
“Karamni yema, bunday jigar
bilan
”
kabi tanbehlar farosatsizlik belgisidir. Er-xotinlardan birining ketish
niyati bo‘lsa, ikkinchisi ham so‘zsiz o‘rnidan turishi lozim.
Turli bu boradagi
munozaralar o‘rinsizdir va bunday turdagi bahslar guvohlarsiz amalga oshgani
ma’qul.
Mehmonda taomdan voz kechish yaramaydi, har qanday taomni so‘zsiz
qabul qiling. Diyeta saqlaydiganlarning umuman kechki ovqatga bo‘lgan taklifni
qabul qilmasliklarini maslahat beramiz. Ammo kelgan ekansiz, idishga ozgina olib,
uni emaslik ham mumkin, lekin buni hamma bilishi shart emas. O‘zingizni
muammolaringiz o‘zingizga havola.
Issiq taomdan voz kechish mumkin, ammo faqat aniqlik bilan –
“Rahmat,
hozir emas”
degan so‘zlarsiz, chunki uy bekasi aynan siz uchun taomni issiq
saqlab turishga yoki stolda qoldirishga majbur bo‘ladi. Bunday tarzda faqat sovuq
gazak yoki dissertdan voz kechish mumkin, bunda ular
stolda turishi mumkin va
uy bekasining maxsus diqqatini talab qilmaydi. Agar taomdan voz kechish imkoni
bo‘lmasa, spirtli ichimlikdan voz kechish mumkin. Mashinani o‘zingiz
haydashingizni bahona qilishingiz mumkin. Yoki jigarni sabab qilsangiz ham
bo‘ladi. Mehmon hech bo‘lmasa bitta taomni maqtashi lozim. Bu taomni qanday
tayyorlanishini so‘rash – uy bekasiga ma’lum ma’noda xushomaddir; ammo agar
buni aytishni istamasa, sirni saqlashida da’vo qilmang. Taomdan so‘ng darhol
tashakkur bildirilmaydi. Agar uy bekasi kechki
ovqat tugaganini bildirsa, hamma
turib boshqa xonaga kiradi yoki shunchaki dasturxondan turadilar. Kechki ovqat
tugagan zahoti ketish yaramaydi, ayniqsa, agar uy bekasi oshxona va mehmonxona
o‘rtasida xizmat bilan band bo‘lsa. Bunday holatlarda uy bekasi faqat kechki
ovqatdan so‘nggina mehmonlar davrasiga qo‘shilishiga imkoniyat topiladi – bu
uning huquqi. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ketishga to‘g‘ri kelib qoladi.
Unda mehmon mulozamat bilan mezbonga vaqtli ketish sababini tushuntirishi
lozim. Agar odam ko‘p bo‘lsa, uy egasidan boshqa hech kim bilan xayrlashmasa
ham bo‘ladi. Bu Angliyadan tashqari hamma yerda
“Inglizcha ketish”
deb,
Angliyaning o‘zida esa
“Fransuzcha ketish”
deb nomlanadi.
Avvalambor,
xayrlashish, so‘ng kiyinish lozim, aksini qilmang. Ketish
oldidan, mehmonlar mezbonga tashakkur aytadilar, ularga javoban mezbon
“Sizga
ham kelganingizga rahmat”,
deydi.
131
Mehmonda qancha vaqt bo‘lish mumkin? Aniq bir holat yo‘q. Lekin sizni
bir piyola choyga taklif qilishgan bo‘lsa, shu bilan cheklangan ma’qul. Kechga
borib uy egalarining boshqa rejalari bo‘lishi mumkin. Kechki ovqat umumiy
kayfiyatga qarab yarim kechagacha cho‘zilishi mumkin. Asosan, mezbonlarning
qanchalik charchashiga e’tibor berilishi lozim. Biz kirgan xonada o‘chirilgan
televizorni ko‘rsak ham, uni yoqishni mezbondan talab qilmasligimiz joiz. Bundan
mezbonlar biroz suhbat qurishni istaganlari uchun ham mehmon chaqirishganini
fahmlasa bo‘ladi. Ba’zida aynan shu payda juda qiziqarli ko‘rsatuv bo‘lishini gap
orasida aytib o‘tish mumkin, ammo bunga mezbonlar ro‘yxush bermasalar,
indamagan ma’qul. Agar televizor yoqilgan bo‘lsa, uning yomon ko‘rsatishi-yu,
xonandaning kiyinishi va boshqa narsalarni tanqid qilib ketish yaxshi emas, bunda
mezbonning aybi yo‘q. Ko‘rsatuv me’dangizga tekkan bo‘lsa-yu,
boshqalar uni
qiziqish bilan ko‘rayotgan bo‘lishsa, yoki aksincha,, hamma ketishga chog‘langan
bo‘lsa-yu, siz kinoni oxirigacha ko‘rib olay deb tursangiz, noqulaylik tug‘iladi.
Kechki tanovul paytida doim televizorga qarayverish yoki ekranga qadalib o‘tirish
yaramaydi. Ayniqsa, uy egalari ovqatlanib turgan paytda o‘rnidan turib ketib,
telvizorni oldiga o‘tirib olishdan yomoni yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: