Etika va estetika


Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
Kiyim va mehmonning tashqi ko‘rinishi 
Rasmiy qabul marosimi taklif etilgan mehmonning tashqi ko‘rinishi 
muhim rol o‘ynaydigan tantanali marosimlar turiga kiradi. Qadim zamonlardan 
bugungi kungacha qabul marosimlarida kiyiladigan kiyimlarni tanlashning 
qoidalariga qat’i amal qilish urf-odati saqlanib kelmoqda. Ushbu qoidalarga rioya 
qilish zaruriyligi hamon zamon talabidir. 
Erkak kishilarning kiyimi konservativ ekanligi, qat’i cheklanganligi 
bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Rasmiy tadbirlar uchun erkak 
kishilarga smoking, frak yoki klassik kostyum kiyish tavsiya etiladi. 
Smoking va frak — bugungi kunda kechki kostyumlarning turi bo‘lib, 
dunyo protokol tajribasida yanada keng foydalanib kelinmoqda. 
Frak majburiy bo‘lgan hollarda, rasmiy taklifnomalarda “oq galstuk” deb 
belgilanadi. Oxirgi paytlarda bu libos kam kiyiladi (frakni erkaklar, asosan, Nobel 
mukofoti bilan taqdirlash tantanali marosimlarida, Qirol va Podshohlarning saroy 
qabullarida, La Skala premyera spektakllarida, ba’zi mamlakatlarda ishonch 
yorliqlarini topshirish marosimlarida kiyadilar). Klassik frak uchun oq kamzul va 
oq ‘kapalak-bo‘yinbog‘’ kerak bo‘ladi (qora ‘kapalak-bo‘yinbog‘’ va frak faqat 
ofitsiantlar yoki orkestr musiqachilari tomonidan kiyiladi). Frak kiyganda qo‘l 
soati taqilmaydi. Erkaklar paypoqlarining rangi kostyum rangidan to‘qroq bo‘lishi 
kerak va bu, o‘z navbatida, kostyum va oyoq kiyim rangining uyg‘unlashishini 
ta’minlaydi. 
Taklifnomada “qora bo‘yinbog‘” deb belgilansa, smoking kiyish majburiy 
hisoblanadi. Smoking pidjagi bir yoki ikki bortli bo‘lib, tik yoqali yoki keng yoqa, 
astari shoyi matodan tikilgan bo‘ladi. Shimlarning ikki chekkasiga shoyi kant 
tikiladi. Klassik smoking qora rangda bo‘ladi. 
Smoking ichidan oq kraxmallangan tik yoqali, old qismi “plisse”dan 
iborat, yengi “zaponka” taqiladigan ikki majetli ko‘ylak kiyiladi. 


55 
“Kapalak bo‘yinbog‘” qora yoki to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. Shim belbog‘i 
ham to‘q rangda bo‘lishi kerak. Ko‘krak cho‘ntagiga oq shoyi matodan tikilgan 
dastro‘molcha solib qo‘yiladi. 
Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‘lishi kerak. 
qora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi. 
Davlat rahbari va uning rafiqasi nomidan o‘tkaziladigan rasmiy qabul 
marosimlarida protokol tajribasiga ko‘ra klassik kostyum kiyiladi. 
Kostyumga bo‘lgan talablar oddiydir: kostyum yaxshi bichilgan va sifatli 
matodan tikilgan, odmi rangda bo‘lishi kerak. Rasmiy kostyum bir rangda bo‘lishi 
lozim. 
Kechki tadbirlar uchun to‘q ko‘k yoki to‘q kul rangdagi kostyum 
nihoyatda mos keladi (u bilinar-bilinmas yo‘l-yo‘l bo‘lishi ham mumkin). Qora 
rangdagi kostyum kiyish maqsadga muvofiq emas. Soat 20.00 dan ilgari 
boshlanadigan tadbirlarga och rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin. Ko‘ylak va 
galstuk kechki kiyimning ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha rasmiy tadbirlarga 
erkaklarga oq ko‘ylak va bosiq ranglardagi galstuk tavsiya etiladi. 
Germaniyada erkaklar odatda “dvoyka” – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi, 
ularning rangi to‘q ko‘k yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin.
Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tikilish turi va rangiga 
bo‘lgan talablarga ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib kelgan. Erkaklar kiyimidan 
farqli o‘laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda 
tutish lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashkil 
etishi kerak. 
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‘lishi darkor. 
Kunduzgi qabul marosimlariga (agar taklifnomada kiyim borasida maxsus 
yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmasa) ayollar oddiy uzunlikdagi ko‘ylak yoki ko‘ylak-
kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida 
maxsus yo‘riqnoma mavjud bo‘lmasa) kechki-bayramona, oddiy uzunlikdagi 
ko‘ylaklar yoki ko‘ylak-kostyumlar kiyish mumkin. Tushlik yoki kechki 
qabullarga berilgan taklifnomada “kechki libos” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu 
tavsiyaga rioya qilish maqsadga muvofiq. 
Ayollarning kechki liboslari ikki xil: o‘rtacha uzunlikda (yerdan 15-20sm 
balandlikda) va uzun (yergacha) bo‘ladi. Oxirgi paytlarda uzun ko‘ylaklar kam 
kiyilmoqda. Kunduzgi qabullar va “kokteyl” yoki “furshet” qabullariga qulay 
poshnali oddiy tufli kiyiladi. Kechki bayramona ko‘ylaklarga baland poshnali 
zamsh, parcha, oltin yoki kumush rangli charmdan qilingan tuflilar kiyiladi. 
Kechki ko‘ylakka mos qilib shoyi qo‘lqop kiyish mumkin. Agar ko‘ylak yenglari 
uzun bo‘lsa, qo‘lqop kiyilmaydi. 
Zeb-u ziynatlarga kelganda, ko‘p mamlakatlarda kunduzgi qabullarga 
bijuteriya, kechqurungilariga esa asl qimmatbaho zeb-u ziynatlarni taqish odat 
tusiga kirgan. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish