Etika va estetika


Noqulay vaziyatlardan chiqishda uzr so‘rash hamda xushomadning



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Noqulay vaziyatlardan chiqishda uzr so‘rash hamda xushomadning 
o‘rni 
Kimnidir bezovta qilsangiz, yonidan o‘tib ketayotib, 
“Iltimos, uzr”, 
“Kechirasiz”
deb uzr so‘rashingiz mumkin, ammo uning qisqa shakli 
“Uzr”
so‘zi 
bunday holatlarga unchalik mos emas. Odamlarni turtib o‘tish noqulay vaziyatga 
solib qo‘yishi mumkin. Ayniqsa, teatr yoki san’at saroylari qatorlaridagi 
o‘rindiqlardan o‘tayotganda oldin ruxsat so‘rab, sizga yo‘l berishga ulgurmay 
qolgan odamlarning oyoqlarini bosmasdan o‘tishga harakat qilmoq lozim. 
 
Xushomad
– insonning tashqi qiyofasi, chiroyli so‘zlari, xatti-harakatidan 
ta’sirlanib, ma’qullashni ifodalash, maqtovning maxsus shaklidir. Nafis shaklga 
o‘rangan xushomad hammamiz zavqlanamiz – har birimizda ozgina bo‘lsa ham 
o‘zimizga nisbatan muhabbat hamda g‘urur mavjud. Xushomadlar jamoatda 
yoqimli kayfiyat uyg‘otadigan hissiyotda asos bo‘lib xizmat qiladi. Xushomad 
yengil, sho‘x, oddiy, tabiiy va asosiysi, haqqoniy bo‘lishi lozim. Agar xushomadlar 
kam, ammo o‘tkir va nazokatli qilib aytilsa, unda ular suhbatga ajib bir tarovat 
qo‘shadi. Aksincha, agar xushomadlarda bir muncha tayyorgarlik, ta’ma, oshirib 
yuborishlik bo‘lsa, ular kulguli va yoqimsiz xususiyat kasb etadi. Qo‘pol 
xushomad doimo o‘rinsizdir. Uni qabul qilish ham odamni kamsitadi. 
Xushomadning o‘z vaqtida va joyida qo‘llanishi nur ustiga a’lo nurdir. Bunday 
nazokatga ko‘milgan xushomad hamisha odamga lazzat bag‘ishlaydi. U uyatchan 
odamga ishonch, odamovini ochiq bo‘lishiga, xomush odam kayfiyatining 
ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik xushomadlarni qanchalik joyida va mos 
kelishi haqida o‘ylamay mulozamat qilishga odatlanib qolishgan. Ayol kishiga 


49 
nisbatan tez-tez: 
“Bugun juda chiroylisiz?”
yoki 
“Bugun juda ochilib 
ketibsiz?”
degan xushomadni eshitamiz. Endi tasavvur qiling, xushomadga javoban 
takalluf qilishni o‘rniga ayol kishi: 
“Kecha mening ko‘rinishim yomonmidi?”
degan tabiiy savolni bersa

chi?! 
“Bugun juda chiroylisiz?”
degan xushomadni 
Aslida, xushomad qatoriga kiritmasa ham bo‘ladi. Chunki u yuqorida 
aytganimizdek, ikki xil ma’noga egadir. Ammo 
“Bugun juda yasanibsiz!”
degan 
so‘zlar ikki xil ma’noga ega emas. Xushomadda yorqin ko‘rinuvchi maqtov 
bo‘lmasligi lozim. Xushomad qilayotganingizda oshirib yuborishlar hamda 
ortiqcha hayratdan o‘zingizni tiying. Xushomadda aql o‘rgatadigan so‘zlardan 
saqlaning: 
“Bu ko‘ylak sizga yarashibdi, ko‘proq shuni kiying”.
Qanday qilib 
xushomadni ifodalash mumkin? Ishonchli ohangda, jilmayib, ko‘ngilochiqlik bilan 
izhor qiling. Imo va ishoralar so‘zlarga mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Xushomadda 
kinoyaga hatto ishora ham bo‘lmasligi lozim. Yo‘l – yo‘lakay va ish orasida 
xushomadni aytib ketmang. Xushomadga tayyorlanar ekansiz, unga bo‘lgan 
ta’sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‘lgan narsada aksil ta’sir holati 
bo‘lishi ham mumkinligini bilsangiz, o‘ylagan fikringizdan qayting. Bir ayolga 
xushomad qilar ekansiz, ikkinchisining eshitish imkoni borligini bilsangiz, ehtiyot 
bo‘lgan ma’qul. Ba’zi vaziyatlarda bu oxirgi ayolni, ayniqsa, u agar yolg‘iz yoki 
notanish davrada bo‘lsa kayfiyatini buzib qo‘yishi mumkin. Erkaklarga qilinadigan 
o‘zaro xushomad nafaqat qabul qilinmagan, hatto odobsizlik ham sanaladi, bunday 
xushomadgo‘y kulgiga uchraydi. Ayollar, shu bilan bir qatorda, yosh qizlar ham 
erkaklarga xushomad qilishdan tiyilganlari ma’qul. Aks holda, ular noqulay va 
kulguli vaziyatga tushib qolishlari mumkin va o‘zlari hamda maqtov egasining 
ham obro‘sini tushirib qo‘yishlari mumkin. Erkak kishidan latif xushomadni 
eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda sho‘ng‘ib ketmaganlari ma’qul. 
Barcha turdagi xushomadni yaxshi qabul qilishda ehtiyot bo‘lmoq lozim, chunki 
ba’zi mulozamatlarda ikkiyuzlamachilik va soxta muhabbat berkingan bo‘lishi 
mumkin. Tanimagan-bilmagan odamning xushomadiga qilingan juda “quyuq” 
javob, nafaqat noo‘rin baho, tasavvurni paydo qilishi mumkin, balki g‘aliz niyatli 
kishilar o‘yining qurboniga ham aylantirib qo‘yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy 
olamda yashamaylik, insonning ori, nomusi, izzat-nafsi hamda qadr-qimmati 
birinchi navbatda turmog‘i lozimligini kishi unutmasligi joiz. 
“Boshqa odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo‘linglar, shunda 
sizlarning xotinlaringizga nisbatan ham iffatli bo‘lurlar”
deyiladi sahih hadislarda. 
Iloji boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma’qul.
Qanday qilib samimiy maqtovga javob berish lozim? Tashakkurni odatiy 
 
“rahmat”
so‘zi bilan kifoyalanmay chin dildan bildirmoq darkor. Sizni maqtagan 
odamga 
“teginish”
dan o‘zini tiygan ma’qul. Muloyim minnatdorchilik bilan 
cheklanib, izoh va savollarni o‘zimizda saqlaganimiz yaxshiroq. Xushomadni 
eshitib, qarshilik bildirish qadr-qimmatni tushirishi yoki riyokorlikni ko‘rsatib 
qo‘yishi mumkin. Agar sizning tashqi ko‘rinishingiz yaxshi ekanligidan shavq 
bilan gapirsalar, o‘zingizni noqulay his qilishingizni aytish lozim.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish