57
vaqtga suhbatdoshlarni tark etib, kerakli masalalarni muhokama qilishga imkon
beradi.
Xalqaro protokol amaliyotida kunduzgi qabullar kechki qabullarga
nisbatan katta tantanaga ega bo‘lmagan qabullar, deb hisoblanadi.
“Tushlik”
qabuli daraja jihatidan muhimroq hisoblanadi. Uning boshlanish
vaqti – soat 19.30, 20.00 yoki 20.30 larga borib taqaladi. Taomlar,
gazak va
sharoblar
“Nonushta”
qabuli kabidir.
“Tushlik”
2-3 soat yoki undan ziyod davom
etadi.
“Nonushta”
kabi
“Tushlik”
ham turli usulda o‘tkaziladi. Usullardan biri
mehmonlarni alohida o‘tkazishni nazarda tutadi. Ushbu holatda mehmonlar qabul
o‘tkaziladigan joyda xonalarning birida belgilangan vaqtda to‘planadilar. Ularga
yaxna ichimliklar, pivo, viski va sharbatlar tortiladi. Yengil gazaklar tavsiya
qilinishi mumkin. Shundan so‘ng mehmonlar
umumiy stolga taklif etilib, ularga
o‘rnatilgan tartibda taom va vinolar tortiladi. Desert vaqtida mezbon va asosiy
mehmon o‘rtasida “shampan” qadahi so‘zlari (tostlari) bilan fikr almashiladi.
So‘ngra mehmonlar alohida ajratilgan joyga o‘tadilar va ularga choy yoki kofe
hamda konyak va likyor taklif qilinadi.
“Nonushta”
kabi
“Tushlik”
qabuli ham muhim suhbat va tanishuvlar
uchun imkoniyat yaratadi.
“Nonushta” va “Tushlik”ning boshqa bir turi bu
“Tushlik”
– bufet "
bo‘lib, odatda u soat 18.00-20.00 larda boshlanadi. Qabul paytida taomlar alohida
stolda joylashgan bo‘ladi, mehmonlar o‘rta hajmdagi stollar
atroflarida joylarini
egallab, o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar. Mehmonlarga vinolar taklif etilishi
mumkin. Ba’zan vinolar alohida kichik stolchaga joylashtiriladi va mehmonlar
o‘zlari turib likopchalarga alohida stoldagi taomlardan solgani kabi vinolarni ham
olishlari mumkin. Choy va kofelar ham shu tarzda taklif qilinadi.
“Kokteyl” yoki “a-lya furshet” turidagi qabullar tayyorgarlik va tashkil
etilishi nuqtai nazaridan oddiy va keng tarqalgandir. Ular tik turgan holda
o‘tkaziladi. Asosan, ofitsiantlar mehmonlarga yengil sovuq gazaklar hamda yaxna
va mast qiluvchi ichimliklarini olib keladilar. Ba’zan ular stollarga joylashtirilishi
ham mumkin. Ushbu qabullar kechki vaqtda taxminan soat 18.00 - 19.00
larda
o‘tkaziladi. Ushbu qabul boshqalariga nisbatan har bir ishtirokchini boshqalar bilan
muloqot qilishiga qulay imkoniyat yaratadi, chunki stol atrofida o‘tirib, mehmonlar
faqat yaqin o‘tirganlar bilan muomala qilishlari mumkin.
Yuqorida ta’kidlangan qabullarga mehmonlar, odatda, rafiqalari bilan birga
taklif qilinadilar.
Qabullarning yana bir turi “Choy” bo‘lib, u, odatda, ayollar uchun soat
16.00-18.00 lar mobaynida o‘tkaziladi. Ba’zi bir hollarda ushbu qabul diplomatik
vakolatxonaning rahbari yoki diplomat rafiqasining ketishi munosabati bilan ham
o‘tkazilishi mumkin. Qabulga choy yoki kofe, konditer mahsulotlari,
konfetlar,
mevalar, ba’zida yengil gazaklar va vino ham tortilishi mumkii.
Kamdan-kam ayollar uchun o‘tkaziladigan
“jurfiks”,
deb nomlangan qabul
mamlakatning rasmiy yuqori mansabdor shaxsi yoki xorijiy vakolatxona
rahbarlarining rafiqalari tomonidan yil davomida aniq belgilangan kun va soatda
o‘tkaziladi. Ba’zi davlatlarda diplomatik korpus a’zolarining ayollari taklifi bilan
58
oyning belgilangan kuni diplomatlarning ayollari uchrashuvlar tashkil etib, ularda
hayriya faoliyati yoki umumiy qiziqish uyg‘otuvchi
boshqa muammolarning
muhokamasi amalga oshishi mumkin. Ba’zida bunday uchrashuvlarda ayollar tikuv
ishlari bilan shug‘ullanadilar, oshpazlik sohasida tajriba almashadilar va turli
davlatlarning milliy san’ati bilan tanishadilar.
Qabullarning hozirgi paytda keng tarqalgan turlaridan yana biri bu kino
ko‘rish bo‘lib, undan oldin yoki keyin kokteyl tashkil etiladi. “Shampan bokali”
bilan musiqiy kechalar o‘tkazilishi, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qabullar bilan
bog‘liq adabiy yoki raqs kechalari tashkil etilishi mumkin. Bugungi kunda asosan,
sport bayrami va musobaqalari tez-tez o‘tkazib kelinmoqda.
Protokol xizmatchilari, qabul tashkil etish bo‘yicha javobgar shaxslar
uchun taklif etilganlarni stol atrofida joylashtirish
rejasini tuzish nihoyatda
murakkab va muhim ish hisoblanadi.
Mehmonlarni stol atrofida joylashtirish paytida diplomatik etiket
shartlarini, mehmonlarning qiziqishlarini, ularning xorijiy tillarni bilishini nazarda
tutmoq lozimdir.
Stolga o‘tkazish tartibida quyidagi qoidalarga amal qilinadi, ya’ni: mezbon
va uning rafiqasiga yaqin o‘tiriladigan joylar juda faxriy joylar hisoblanadi. O‘ng
qo‘l tomonidagi joy (o‘ng tarafda) chap qo‘l tomonidagi joyga (chap tarafda)
nisbatan faxriy hisoblanadi. Birinchi bo‘lib mezbonning o‘ng tarafida ayol kishi,
uning rafiqasi yoniga esa erkak kishi o‘tkaziladi. So‘ngra joylar o‘zgartiriladi: ayol
kishinining yoniga erkak kishi o‘tkaziladi va shu holatda qaytariladi. Ayollar
yonma-yon, erkak kishi esa rafiqasi bilan birga o‘tkazilmaydi.
Ayollar stolning
oxirgi joyiga o‘tkazilmaydi. Turmushga chiqqan ayol erkak kishi bilan bir xil
imtiyozga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: