Eti sizniki, suyagi bizniki



Download 17,69 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi17,69 Kb.
#407872
Bog'liq
SHAHNOZA (1)


USTOZGA BOG`LIQ

Ilgari ustozning martabasi juda baland bo`lardi. Bolani muallimga topshirar chog`i ota-onalar: “eti sizniki, suyagi bizniki” degan gapni takror aytib, o`sha muallimning etagini tutib farzandini ilm-ma`rifatli bo`lishiga umid bo`glaganlar. Shu bilan bola-baqralarning ongu shuuriga ustoz degan nomning nechog`li mo`tabarligi, uning aytgan gapiyu, bergan bilimi shu qadar azizligi mustahlam o`rnashgan. Hozir-chi? Nazar soling, o`qituvchi bolaning burnidan baland kelolmaydi. Men ustozning bolani urishi, tutrkilashi kerak degan fikrni olg`a surmoqchimasman. Biroq, uning qadri jamiyatda avvalgidek yanada ko`tarilishini istayman.

Bugun zamonaviy o’qituvchi faqatgina o’qituvchi bo’libgina qolmay, psixolog, shifokor, aktyor va yana bir qator mahoratlarga ega bo’lishi kerak. Ayniqsa, hozirgi kunda bu juda dolzarb muammo hisoblanadi. Zamon rivojlanib borayotgan bir vaqtda, o’qituvchi ham zamon bilan teng barobar o’sishi kerak. Bugungi kundagi o’quvchilar zamonaviy texnologiyalar, rivojlanayotgan mobil qurilma va kompyuterlar bilan birga katta bo’lyabdi. Ular dunyoni turfa ranglar bilan ko’radi. Maktabga borishganda esa agar o’qituvchi pedagogik mahorat va zamonaviy texnologiyalar haqidagi bilimga ega bo’lsagina o’quvchini darsga qiziqtira olishi mumkin. Agar aksi bo’lsachi... “Doska va bo’r” texnikasidan o’quvchilar allaqachon zerikib bo’lishgan. Uni qiziqtira olmadingizmi, tamom! Bir soatlik dars havoga uchdi demak.

Bir sinfda 25-30ta o’quvchi o’qisa, bu degani har kuni 25-30ta fe`l atvorga va kayfiyatga ega bo’lgan o’quvchilar keladi. Kimdir xafaxon, kimdir uyquga to’ymagan, kimdir shoshgan, kimdir charchagan... bu o’quvchilarning barchasini diqqatini bir joyga yig’ish uchun, har bitta bola shug’ullanish uchun vaqt ajratsak darsga ajratilgan vaqt o’tib ketadi. Shunday paytda bizga interaktiv o’yinlar ya’ni “Warm-up activity” yoki “Energizer”lar yordam beradi. Bu o’yinlar dars boshlanishida foydalanilsa, samarasi yanayam yuqoriroq bo’ladi. Xo’sh, bular qanday o’yinlar? Keling bir nechtasi bilan tanishib chiqamiz:



  • O’qituvchi sinfga kirishi bilan o’quvchilar har doim o’rnilaridan turib salom beradilar, bu maktablardagi hurmatga loyiq an’ana. Salom berib bo’lishgach o’qituvchi “Bolalar iltimos joyingizga o’tirmang. Hozir sizlar bilan kichik o’yin o’ynaymiz” deb “Energizer”dan foydalanadi. Hozir hammaga bir xil savol beraman. Javobi esa “Ha yoki yo’q” deb javob beriladigan savollar bo’ladi. Kimning javobi “Ha” bo’lsa o’rnida turadi, “Yo’q” javobni bermoqchi bo’lganlar joyiga o’tiradi. Keyin yana boshqa savolga o’tiladi. Shunday qilib, o’yin 3-5 daqiqagacha davom etadi. “Uyingizda kuchukchangiz bormi?”, “Qovoqni yaxshi ko’rasizmi?”, “Matematika fanini yoqtirasizmi?”, “Uyga vazifani kim bajardi?” kabi savollardan foydalansa bo’ladi.

  • Bu “Warm-up” o’yinimiz uchun bizga tovush kuchaytirgich ya’ni kolonkalar kerak bo’ladi. Bolalar joyiga o’tirgach, o’qituvchi hozir sizlarga musiqa qo’yib beraman qaysi musiqaligini topishingiz kerak deb ketma ketlikda musiqalarni qo’yib boradi. “Happy birthday”, “Chip-chip jo’jalarim” yoki shunga o’xshash bolalarning yoshiga qarab turli musiqalardan foydalansa bo’ladi.

  • Bu o’yinimiz uchun bizga koptokcha kerak bo’ladi. Bolalar Salom berib bo’lishgach joyligiga o’tirishmaydi. O’qituvchi qo’lidagi koptokni bir o’quvchining ismini aytib unga uloqtiradi. Koptokni olgan o’quvchi o’zi xohlagan o’quvchining ismini aytib unga uloqtiradi va joyiga o’tiradi. Keyingi koptokni ilgan o’quvchi, yana boshqa o’quvchiga uloqtiradi va joyiga o’tiradi. Shu tarzda o’yin davom etib oxirgi o’quvchi joyiga o’tirgandan so’ng o’yinni tugatib darsni boshlasa bo’ladi.

Bolalar shunday tabiatli va zehni o`tkirki, bir hafta, deylik bir oydayoq kim qanday muallimligini ajratib oladi. Ular albatta, darsdan holi paytda o`qituvhilari haqida fikr almashishadi:

Senga bugun qaysi dars yoqdi?

Matematika.

Nimaga aynan matematika darsi yoqdi?

Chunki bugun ustoz zo`r o`yin o`tkazdilar, mazza qilib o`tirdim darslarida, mavzuniyam oppa-oson tushundim...

Shu tariqa bolalar o`zlari hurmat qiladigan, yaxshi ko`radigan, darslarini maroq bilan o`tkazadigan muallimni tanlab oladilar. Keyin shu ustoz o`quchilar orasida “talash” bo`lganda, boshqa fan o`qituvchilarining g`ashi kelib qoladi... Bu ayni haqiqat. Demak, sizda hali fursat bor, aziz muallim. O`quvchilar orasida qimmatingizni toping. Chunki hozirgi ota-onalar “eti sizniki, suyagi bizniki”, deb kelishmaydi.



Shahnoza ABDULLAYEVA

Falom pismadon maktabning ingliz tili fani o`qituvchisi
Download 17,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish