Ёшларнинг Ўзбекистон Республикаси Конститутциясида белгиланган ҳуқуқ ва мажбуриятлари


partiyalar va ommaviy axborot vositalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish



Download 129,06 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2017
Hajmi129,06 Kb.
#10786
1   2   3   4   5   6   7
partiyalar va ommaviy axborot vositalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish,

ularning real va barqaror rivojlanishini ta'minlashdan iborat.

To‘rtinchi bo‘lim – davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishga bag‘ishlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi haqida alohida bob ko‘zda tutilgan.

Beshinchi bo‘limda hokimiyat vakolatlari bo‘linishi tamoyili asosida davlat

hokimiyati organlarining tizimi mustahkamlanib qo‘yilgan, oliy va mahalliy

organlarning tuzilishi ochib berilgan.

Oltinchi bo‘lim – Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibini belgilagan.

Inson huquqlari – tabiat tomonidan berilgan, tabiiy, davlat tomonidan

mustahkamlangan huquqlardir. Shuning uchun ham, inson huquqlari xalqaro

57

huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi.

Insoniyat o‘z tarixiy rivojlanishi jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik

tizimini yaratgan. Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik - bu inson va fuqaro

huquqlari va erkinliklari haqidagi qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson

huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi.

Zotan, konstitutsiyaning muqaddimasidayoq hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi

yuksak mas'ullikni nazarda tutuvchi norma belgilab qo‘yilg34. Mazkur

konstitutsiyaviy norma bugungi va ertangi avlod vakillarining huquq va

manfaatlarining ifodlanganligini anglatadi. Davlat o‘z yoshlarining kelajagi uchun

mas'ullikni zimmasiga olmoqda. Sababi davlatimiz huquqiy demokratik davlat va

fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun munosib vorislik

masalasiga e'tibor qaratmoqda.Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining shu va shu kabi normalari Konstitutsiya normalari asosida qabul

qilingan qator qonun hujjatlarida, ularning muayyan tarkibiy qismlarida o‘zining to‘la

ifodasini topgan

Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan



kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining ushbu 41-moddasi ijrosi yuzasidan ham faxrlansa arziydigan

islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 yil) va

Maktab ta'limi rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi (2004 yil) doirasida 1539 ta

akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 7800 tadan ziyod umumta'lim maktablari

yangitdan qurilib, to‘liq zamonaviy vositalar bilan jihozlandi. Oliy ta'lim

muassasalarining soni 1,8 barobar (37 tadan 66 taga, shundan 59 tasi milliy, 7 tasi

xorijiy) ko‘paydi. 5980 ta bolalar sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo

etildi35.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e'lon qilingan

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi



Farmoyishi ham mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda uni

hayotga tatbiq etish bo`yicha dasturulamal vazifasini o`tamoqda. Mana shu

maqsadda davlatimiz rahbari O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan

boshlab o`rgatish, maktablarda darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv

yurtlarida esa maxsus dars sifatida o`rganishni vazifa qilib qo`ydi.

Burch ” jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o‘z



aksini topgan talablarni bajarish zaruriyatidir. Bundan tashqari burchning o‘ziga xos

jihatlari bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Burch, asosan qoidalardan,

axloqiy normalardan kelib chiqadi, “majburiyat” esa aksariyat hollarda shartnoma

va bitimlardan kelib chiqadi; burch shaxs tug‘ilgandan to umrining oxiriga qadar

davom etadi, majburiyat esa shartnomaning amal qilish davrigacha bo‘ladi;

shuningdek, burch davlat va jamiyat tomonidan belgilanib, uning bajarilishi talab

etiladi. Burch va majburiyat bajarilmagan taqdirda ko‘riladigan chora-tadbirlar

34 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Adolat, 2012. – 3-bet.

35 O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy

tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. –T.:

O‘zbekiston”, 2011 yil. 101-108-betlar.



58

turlichadir. Burch bajarilmaganda huquqiy ta'sir choralari qo‘llaniladi.

Konstitutsiyamizning 48-moddasiga ko‘ra, fuqarolar Konstitutsiya va

qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadrqimmatini

xurmat qilishga majburdirlar

49-moddaga ko‘ra, fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va

madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat

muhofazasidadir.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mazkur burchga nisbatan

mas'uliyatni oshirish muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklarini, madaniy

yodgorliklarini ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir. Tarixiy,

ma'naviy va madaniy merosimiz obektlari sirasiga muzeylar va muzey boyliklari,

boshqa badiiy qadriyatlar (tarix va madaniyat yodgorliklari, davlat fondlari, shu

jumladan, kitob, kino, foto va fonohujjatlarning davlat fondlari), arxivlar va ilmiy

tadqiqot muassasalarining fondlari kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 50-moddasi asosida tabiiy muhitni

muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik

xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilindi, mamlakatimiz xalqaro

konvensiya, shartnoma va bitimlarga qo‘shildi

Tadbirkorlik, mehnat va boshqa daromad keltiruvchi faoliyat bilan

shug‘ullanayotgan fuqarolarning, xususan, yoshlarning muhim majburiyatlaridan biri

Konstitutsiyamizning 51-moddasida shunday ifodalanadi: Fuqarolar qonun bilan

belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.

Soliqlar deganda, muayyan miqdorda undiriladigan, muntazam, qaytarib

berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga yo‘naltirilgan

majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.

Konstitutsiyamizning 52-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasini himoya

qilish – O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda

belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Har bir fuqaro O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini har tomonlama himoya

qilish, uning qudratini va obro‘-e'tiborini mustahkamlash uchun barcha choralarni

ko‘rishi lozim. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - davlat mustaqilligini, uning

hududiy yaxlitligini, aholini tinch hayot kechirishini ta'minlashga qaratilgan

tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

59

4-ilova

Insert” metodini qo‘llashga doir ko‘rsatmalar



1. O‘quvchilardan matn bilan ishlash jarayonida o‘z qog‘ozlarida quyidagi

belgilarni qo‘yib borishlari so‘raladi:

+” – men uchun yangi;

!” – mening tasavvurimga zid;

v” – men uchun tushunarsiz;

?” – men bu tushunchaning ma'nosini bilmayman.

2. O‘qituvchi sinf taxtasiga yuqoridagi to‘rt belgini yozib qo‘yadi va

o‘quvchilarning fikrlarini mos ustunga yozib chiqadi.

3. So‘ngra o‘quvchilar bilan birgalikda yozilgan fikrlarni muhokama qilishadi.

O‘quvchilar uchun noma'lum bo‘lgan jihatlarini tushuntirib bera-di.

5-ilova

Kichik guruhlarda ishlash qoidalari

1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

2. Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas'uliyat

bilan yondashing.

3. Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.

4. Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.

5. Guruhiy taqdimotga o‘z hissangizni qo‘shing.

Guruh taqdimotida hamma ishtirok etishi shart.

Aniq tushunmog‘imiz lozim:

boshqalarga o‘rgatish orqali o‘zimiz o‘rganamiz;



biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho‘kib

ketamiz.

6-ilova

Kichik guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar

1-guruh uchun topshiriq

Topshiriq: “Konstitutsiya ” va “Yoshlar huquqlari” tushunchalarini izohlang.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

2-guruh uchun topshiriq

Topshiriq: “Inson huquqlari oliy qadriyat” tamoyiliining mohiyatini

tushuntirib bering.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

60

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

3-guruh uchun topshiriq

Topshiriq:O‘zbekistonda yoshlarning bilim olish huquqini sharhlang.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

4-guruh uchun topshiriq

Topshiriq: “O‘zbekistonda ijod erkinligi” haqida tushuncha bering.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

5-guruh uchun topshiriq

Topshiriq: “Yoshlarning burch va majburiyatlari” tushunchalariga sharh

bering.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

6-guruh uchun topshiriq

Topshiriq: Yoshlar tashkilotlari haqida ma'lumot bering.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

7-guruh uchun topshiriq

Topshiriq: “Qonun ustunligi tamoyilini”ni tushuntirib bering.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1) savolni kichik guruhda muhokama qiling;

2) umumlashgan javob variantlarini hosil qiling;

61

3) vatman qog‘oziga taqdimot uchun materiallarni joylang.

Topshiriqni bajarishga ajratilgan vaqt: 5 daqiqa

7-ilova

Besh minutlik esseni yozishga doir ko‘rsatmalar

Esse – bu muallifning individual nuqtai nazarini ifoda etish shakli bo‘lib, biror

narsa-hodisa yoki jarayon haqidagi umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga

oladi.

Besh minutlik esseni yozish qoidalari:

1. Taklif etilgan mavzuga doir so‘zlar hajmi 200 tadan 300 tagacha bo‘lishi

mumkin.

2. “Konstitutsiya deganda …. tushunaman”, “Inson huquqlari va erkinliklari

ta'minlash huquqiy demokratik davlat qurishda asosiy mezon hisoblanadi”,

Yoshlarning huquqlari va majburiyatlari … haqida kabi jumlalardan foydalaning.

3. O‘z tasavvuringizdagi O‘zbekistonda yoshlar huquqi rivojlashtirishga

qaratilgan islohotlarni keltiring.

62

II. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uchun

Yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va



majburiyatlari” mavzusidagi o‘quv seminarining texnologik modeli

Mashg‘ulotga ajratilgan vaqt – 2 s O‘quvchilar soni – 20-40 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli O‘quv seminari

Mashg‘ulot rejasi 1.Konstitutsiya – hayotimizning,

taraqqiyotimizning huquqiy asosi

2.Inson huquq va erkinliklari eng oily qadriyat

3.Yoshlarning huquq va erkinliklarining

konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari

4.Yoshlarning konstitutsiyaviy burch va

majburiyatlari

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi O‘quvchilarning O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasida belgilangan huquq va

majburiyatlariga doir bilimlarini chuqurlashtirish

hamda huquqiy tafakkurini rivojlantirish

Pedagogik vazifalar:

Konstitutsiya to‘g‘risidagi talimotlar,



Konstitutsiyaning mohiyati va

belgilari haqidagi bilimlarni mustahkamlash;

Konstitutsiyaning Asosiy qonun



sifatida tutgan o‘rni, uning funksiyalari

va shakllari, turlari to‘g‘risidagi

tasavvurlarni kengaytirish;

Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari



va ularning mohiyati haqidagi

bilimlarni mustahkamlash;

Inson va fuqaro huquqlari hamda



erkinliklarining kafolatlari tizimi,

inson huquq va erkinliklarini

ta'minlashda milliy huquq tizimining

o‘rni haqidagi bilimlarni

mustahkamlash;

Burch tushunchasi, fuqarolarning



asosiy burchlari, konstitutsiya va

qonunlarga rioya etish haqidagi

bilimlarni mustahkamlash

O‘quv faoliyati natijalari:

Konstitutsiya to‘g‘risidagi talimotlar,



Konstitutsiyaning mohiyati va belgilari haqida

tushuntirishlar beriladi;

Konstitutsiyaning Asosiy qonun sifatida tutgan



o‘rni, uning funksiyalari va shakllari, turlari

to‘g‘risida tushuncha beriladi;

Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari va ularning



mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar beriladi;

Inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarining



kafolatlari tizimi, inson huquq va erkinliklarini

ta'minlashda milliy huquq tizimining o‘rni haqida

aytib beriladi

Burch tushunchasi, fuqarolarning asosiy burchlari



tushuntirishlar beriladi.

Ta'lim metodi Klaster, tushuntirish, suhbat, matn ustida ishlash,

insert, besh minutlik esse

O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini

tashkil etish shakli

Ommaviy, guruhli, individual

Didaktik vositalar Slayd-prezentatsiya, tarqatma materiallar

Ta'limni tashkil etish sharoiti Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona

Nazorat O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya

63

Yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan huquq va



majburiyatlari” mavzusidagi o‘quv seminarining texnologik kartasi

Ish bosqichlari va

vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi Talabalar

Motivatsion

bosqich

(10 minut)

1.1. O‘quvchilarlarni mashg‘ulotga jalb etish

maqsadida “Nima uchun?” chizmasini

taqdim etadi (1-ilova).

O‘qituvchi tomonidan taqdim

etilgan qoidalarga muvofiq klaster

tuzishadi

1.3. Mavzuning nomlanishi, rejadagi

masalalar va mustaqil o‘qish uchun

adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi (2-

ilova).

Tinglashadi, yozib borishadi.

Asosiy bosqich

(50 minut)

2.1. Inson huquqlari doir qonunchiliklarni

aniqlashtirish maqsadida “Taqqoslash

jadvali”ni taklif etadi va talabalarning

jadvallarini umumlayshtiradi hamda

xulosalaydi (3-ilova).

Individual va juftliklarda

Toifalash jadvali” ustida



ishlaydilar hamda jadvalni

umumlashtirishda ishtirok etadilar

2.2. Yoshlar huquqiga oid islohotlar

bosqichlarini aniqlashga doir aqliy hujumni

tashkil etadi, o‘quvchilar bilan birgalikda

muqobil javob variantlarini tahlil etadi va

umumlashtiradi (4-ilova)

Savolga javob beradilar,

muhokamada ishtirok etadilar

2.3. Konstitutsiya mening taqdirimda

mavzusida esse yozishni taklif etadi,

o‘quvchilarning fikrlarini tinglaydi va

xulosalaydi (5-ilova)

Individual ravishda esse yozishadi

va o‘z fikrlarini asoslashga doir

dalillarni izlab topishadi.

2.4. O‘quvchilarni kichik guruhlarga

taqsimlaydi, kichik guruhlarda ishlash

qoidalari bilan tanishtiradi (6-ilova) hamda

O‘zbekistonda yoshlar huquqi va

erkinligining ta'minlanishini hayotiy

misollarni taqdimot qilishni so‘raydi (7-

ilova).

Kichik guruhlarda ishlashadi,

O‘zbekistonda yoshlar huquqi va

erkinligining ta'minlanishiga doir

amaliy ishlar hayotiy misollar

asosida taqdimotini o‘tkazishadi.

Refleksiya

bosqichi

(20 minut)

3.1. Yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasida belgilangan huquq va

majburiyatlari” doir blits-so‘rov o‘tkazadi

(8-ilova).

Individual ravishda topshiriqni

bajarishadi

3.3. O‘quvchilarga mustaqil ish topshirig‘i

sifatida “ O‘zbekistonda demokratik

islohotlarda yoshlar omili” mavzusida o‘quv

loyihasini ishlab chiqish topshirig‘ini beradi.

Topshiriqni bajarishga doir

ko‘rsatma olishadi, o‘zlarini

qiziqtirgan savollarga javob

olishadi.

64

1-ilova

Nima uchun?” chizmasi ustida ishlash qoidalari



Quyidagi chizmaga e'tibor qarating. Muammo yuzasidan fikr yuriting.

Nima uchun

Konstitutsiyasi

o‘rganish talab

etiladi?

Nima uchun? Nima uchun?

Nima uchun? Nima uchun?

65

2-ilova

Mavzu: “Yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

belgilangan huquq va majburiyatlari”

Reja:

1.Konstitutsiya – hayotimizning, taraqqiyotimizning huquqiy asosi

2.Inson huquq va erkinliklari eng oily qadriyat

3.Yoshlar huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari

4.Yoshlarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari

.

MUSTAQIL O‘QISH UCHUN ADABIYOTLAR

I. O’zbekiston Respublikasi Prezidemti Islom Abdug`aniyevich Karimov

asarlari

1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.:

«O‘zbekiston», 1996.

2. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida: Asarlar, 6-jild. –T.:

O‘zbekiston”, 1998.



3. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10-jild. –T.:

O‘zbekiston”, 2002.



4. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. –T.:

O‘zbekiston, 2009.

5. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma'naviyat”, 2009.

6. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining

qo‘shma majlisidagi ma'ruza. 2010 yil 12 noyabr. –T.: «O‘zbekiston», 2010.

7. Karimov I.A. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT

Bosh Assambleyasining Ming yillik rivojlanish majlisidagi nutqi, (2010 yil 20

sent.); Xorijiy ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillarining munosabatlari va

sharhlari/I.A.Karimov. – T.: “O‘zbekiston”, 2010.

8. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini

yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 yilda

mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga

mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. –T.:

O‘zbekiston”, 2011.



9. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: O‘zbekiston,

Download 129,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish