chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning
mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar
28 O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy
tendensiya va ko‘rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan prognozlari: statistik to‘plam. –T.:
“O‘zbekiston”, 2011 yil. 101-108-betlar.
29 O‘sha asar, 134-135-betlar.
23
ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta'minlamasdan, ommaviy axborot
vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z
munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan
turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz”30,
deb ta'kidladilar. Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini ta'-
minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam
qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va
jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta'minlashga
qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko`rilgan chora tadbirlar
natijasida bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari 1243 tani
(01.12.2011y. holatiga) tashkil etdi. Ulardan 704 tasi gazeta, 254 tasi jurnal, 17 tasi
axborotnoma-byulleten, 4 tasi axborot agentligi, 63 tasi televideniye, 36 tasi radio,
165 tadan ziyodi esa veb-saytlardir.
Mavjud bosma davriy nashrlarning 43 foizi, telekanallarning qariyb 53 foizi,
radiokanallarning 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi.
Axborot va so`z erkinligining mamlakatimizda yuqori darajada ta`minlanishi
birinchidan, fuqarolarning konstitutsion shaxsiy huquqlarini kafolatlash bilan birga
o`sib kelayotgan yosh avlodning bilim olish jarayonida o`ziga kerakli axborotni
ishonchsiz va noxolis tashqi axborot manbalaridan emas, balki mamlakatda ro`yxatga
olingan va har bir berilgan axboroti uchun javob beradigan manbalardan olishiga
imkoniyat yaratadi.
2012 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni
o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarori qabul qilindi. Qarorda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li
bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha
oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning
negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan
keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari
uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida 2013-2014 o‘quv yilidan
boshlab, Respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish
umumta'lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki
nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani
o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanishi, oliy o‘quv yurtlarida ayrim maxsus
fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda
olib borilishi, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining
o‘quvchilari va o‘qituvchilarini chet tillar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-uslubiy
komplekslar bilan ta'minlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda
qayta nashr etish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika
maqsadli kitob jamg‘armasining aylanma mablag‘lari hisobidan bepul amalga
1 Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsyepsiyasi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi
ma'ruza.2010 yil 12 noyabr/ I.Karimov. –Toshkent : “O‘zbekiston”, 2010.-B-28
24
oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Yurtimizda maktab ta'limi 7 ta tilda – o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz,
turkman va tojik tillarida olib boriladi. Bu ham fuqarolarimizning jinsi, irqi, millati,
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar
qonun oldida tengligiga doir konstitutsiyaviy qoidaga og‘ishmay amal qilinayotgani,
shuningdek, davlat yoshlarimizning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan
huquqlari va erkinliklarini qat'iy ta'minlab kelayotganining yana bir isboti, desak,
ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
O`quvchi qizlar uchun “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, oily ta`lim
muassasalari talabalari uchun O`zbekistonRespublikasi Prezidenti, Beruniy, Ibn Sino,
Navoiy, Ulug`bek, Imom al-Buxoriy nomlaridagi Davlat stipendiyalari ta`sis etildi va
shu kungacha mingdan ortiq yoshlar ushbu tanlovlarda g`olib bo`lib, ko`plab imtiyoz
va rag`batlarni qo`lga kiritdilar.
Bundan tashqari mazkur davrda voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini
himoya qilish, ularni yanada kengroq qullab-quvvatlash maqsadida yosh iste'dodlar
uchun “Nihol” mukofoti (2006), “Kelajak ovozi” respublika tanlovi (2006) ta'sis
etildi, “Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish
(patronat) to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2007),
“Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha choratadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmon (2007) imzolandi, shuningdek O‘zbekistonda bolalar
farovonligini ta'minlash bo‘yicha Harakat dasturi (2007), Bolalar musiqa va san'at
maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada
yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi qabul qilindi.
Yurtboshimizning “O‘zbekistonda yashayotgan barcha-barcha yoshlar –
mening bolalarim, mening farzandlarim!” degan so‘zlari maktab va ta'lim sohadasi
yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarda o‘z ifodasini topmoqda. Shu jihatdan,
bugungi kunda mamlakatimizda 9779 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda.
Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish doirasida
2004-2009 yillarda respublika bo‘yicha 8500 dan ziyod maktab qurildi va kapital
ta'mirlandi. Ularning aksariyati qishloqlarda joylashgan. Ushbu maqsadlar uchun 1,4
trillion so‘m mablag` sarflandi.
Davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, “Kadrlar tayyorash dasturi deb nom
olgan Ta'lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning
bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy
islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas
tarkibiy qismidir”.
Dunyoda o‘xshashi kam bo‘lgan ushbu Dasturga muvofiq mamlakatimizda
“9+3” sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta'lim tizimi joriy etildi.
Dasturni hayotga tatbiq etish davomida uzluksiz xususiyat kasb etgan ta'lim
tizimining nafaqat shakli, balki mohiyati ham tubdan o‘zgartirildi.
Ushbu tizim bugun maktabgacha, 9 yillik umumiy o‘rta, 3 yillik o‘rta maxsus
va kasb-hunar, oliy, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va
qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni o‘z ichiga olgan.
Shu bilan birga, bu Dasturning uzviy, mantiqiy davomi bo‘lgan, 2004 yili
qabul qilingan Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi amalga
25
oshirildi. Xususan, maktab binolarini tubdan yangilash va rekonstruksiya qilish,
kapital va joriy ta'mirlash, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya anjomlari,
kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar bilan jihozlash borasida
ulkan ishlar qilindi.
Shuningdek, ta'lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish,
maktablarni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, o‘qituvchilarni tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, ular
mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish, maktablarning sport bazasini
mustahkamlash va ularda sportni rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar muvaffaqiyat
bilan bajarildi.
Istiqlol natijasi bo‘lgan mutlaqo yangi turdagi o‘quv yurtlari – 1406 ta kasbhunar
kolleji va 143 ta akademik litsey bunyod etildi. Dunyodagi hatto eng
rivojlangan davlatlarning faqat yirik shaharlaridagina tashkil qilingan bunday o‘quv
yurtlari mamlakatimizning chekka tumanlarida ham mavjud bo‘lib, ular uchun go‘zal
va zamonaviy binolar barpo etilgan.Yaratilgan imkoniyatlar natijasi o`laroq keyingi
o‘n yil mobaynida o‘quvchilarimiz mustaqil O‘zbekiston vakillari sifatida xalqaro fan
olimpiadalarida munosib ishtirok etib, 150 dan ziyod oltin, kumush va bronza
medallarni qo‘lga kiritgani, nufuzli san'at festivallari va tanlovlarida 670 dan ortiq
sovrinli o‘rinlarni egallagani, xalqaro sport musobaqalarida esa 1280 ta oltin, 1170 ta
kumush va 1590 ta bronza medal sohibi bo‘lgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin”31.
Eng ilg‘or rusumdagi uskuna va apparaturalar bilan jihozlangan o‘quv-ishlab
chiqarish xonalari hamda laboratoriyalarga ega mazkur o‘quv yurtlarida bugun qariyb
1,7 million nafardan ortiq o‘g‘il-qiz iqtisodiyotimizning turli jabhalarida talab katta
bo‘lgan 225 kasb va 578 mutaxassislikni puxta egallamoqda.
2012 yil fevral oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Yuksak bilimli va intellektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va
modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyada
Prezidentimiz anjuman qatnashchilari e'tiborini quyidagi muhim faktga qaratdi. Ya'ni,
o‘tgan davr mobaynida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni 2 million 300
mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar bitirib chiqqan. 2012 yilda yana 500 mingdan ortiq
yoshlarimiz o‘rta toifadagi mutaxassis diplomiga ega bo‘ldi.
Hozirgi paytda nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya
qilishning, ayni vaqtda mamlakatimiz kadrlar tarkibini sifat jihatidan yangilashning
qudratli omili bo‘lgan bu yoshlarni to‘liq va ular xohlagan sohalar bo‘yicha ishga
joylashtirish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jahonda har sakkiz nafar o‘smirdan bittasi ishsiz bo‘lgan (YUNESKO
ma'lumoti) hozirgi sharoitda 2012 yilning o‘tgan to‘qqiz oyida mamlakatimizda 773
mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgani va ularning katta qismi aynan yoshlarimiz
uchun yaratilgani O‘zbekistonda bu borada salmoqli va g‘oyat ahamiyatli natijalar
qo‘lga kiritilayotganidan dalolat beradi.
Mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, jumladan
31 Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil
davom ettirish yo‘lidir. T. 20. – T.: «O‘zbekiston”, 2012. – 20-21-betlar.
26
zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki bosqichli – bakalavriat va
magistratura tizimi joriy etildi. O‘zbekistonda 59 ta oliy ta'lim muassasasi mavjud
bo‘lib, ularda 230 mingdan ziyod talaba ta'lim olmoqda.
Har bir viloyatda hududiy rivojlanish vazifalarini hal etish uchun mutaxassislar
tayyorlanayotgan universitet va qator ixtisoslashtirilgan institutlar, shuningdek,
poytaxtimizdagi oliy o‘quv yurtlarining 11 ta hududiy filiali tashkil etilgan.Bundan
tashqari, Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin
politexnika universiteti,Plexanov nomidagi Rossiya neft va gaz
universiteti,Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot
universiteti kabi yuksak xalqaro obro‘-e'tiborga ega bo‘lgan etakchi xorijiy oliy o‘quv
yurtlarining filiallari ham samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Binobarin, konstitutsiyaning har bir moddasi yoshlarga tegishli, biroq shartli
ravishda masalaning tub mohiyatini oydinlashtirish maqsadida faqat mazmunan
emas, balki shaklan yoshlarning huquq va manfaatlarini ifodalaydigan normalar
Konstitutsiyamizda bir qanchadir. Asosiy qonunimizning 45-moddasida “voyaga
yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat
himoyasidadir32 deyilgan. Mazkur konstitutsiyaviy moddaning mohiyati ham
davlatning o‘z yoshlari haqida hamisha qayg‘urishini anglatadi.
Voyaga yetmaganlar – bu O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi o‘n
sakkiz yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar bo‘lib, ular yoshiga ko‘ra, muomalaga
layoqatsiz yoki qisman layoqatli bo‘lishi ham mumkin.
Voyaga etmaganlar huquqlarini ta'minlash maqsadida davlat hokimiyati
organlari tizimida maxsus tuzilmalar tashkil etilgan.
Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tarkibida “Yoshlar siyosati va sog‘lom
avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”lari tashkil etilgan. Ular
faoliyat yo‘nalishlari sifatida yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash
sohasidagi dasturlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqadi va ishlab chiqishda qatnashadi;
yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni ishga joylashtirish, yosh oilalarni uyjoy
bilan ta'minlash bo‘yicha muammolarni tahlil qiladi va bu boradagi choratadbirlarni
amalga oshirishga ko‘maklashadi;
yoshlarni estetik tarbiyalashdagi rolini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
yoshlar bilan ishlashning shakl va usullarini takomillashtirish bilan bog‘liq
masalalarni xalq deputatlari Kengashi tomonidan tayyorlashda va ko‘rib chiqishda
takliflar kiritadi;
bola huquqlarini himoya qilish, voyaga etmaganlar ustidan vasiylik va
homiylik, yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 26 maydagi
110-son qarori bilan tasdiqlangan “Vasiylik va homiylik organiga ota-onasining
qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risida”gi ma'lumotlarni taqdim etish tartibi haqidagi
nizom, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14
oktyabrdagi 280-sonli “Bolalarni tarbiyalashni takomillashtirishga, sog‘lom va
barkamol avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
32 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Adolat, 2012. – 18-bet.
27
qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 2010 yil 29 sentyabrda
qabul qilindi.
Qonunga binoan voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va
huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
- voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan
huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini
olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf
etish;
- voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya
qilinishini ta'minlash;
- voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;
- ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni
ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish;
- voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xattiharakatlarni
sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 26 noyabrdagi
qarori bilan “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy
yordam ko‘rsatish markazlari to‘g‘risida”gi nizomi qabul qilindi.
Konstitutsiyamizning 64-moddasiga binoan, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga
etgunariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat etim
bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish,
tarbiyalash va o‘qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni
rag‘batlantiradi.
Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar moddiy ta'minlash
va tarbiyalash majburiyati bu - ularning bolalar va jamiyat oldidagi majburiyatlaridir.
Voyaga etish yoshi mamlakatimizda 18 yosh qilib belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, voyaga yetish yoshi – bu shaxsning
muomala layoqati bilan bog‘liq bo‘lib, u fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik
huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini
vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati, ya'ni muomala layoqati fuqaro voyaga
yetgach, ya'ni 18 yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi33.
Ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan teng huquq va
majburyatlarga egadirlar.
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga, shuningdek voyaga yetgan bo‘lsa-da,
mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishga majburdirlar.
“Boqish” deyilganda, asosan yeb-ichish tushuniladi. “Moddiy ta'minot” esa o‘z
ichiga yeb-ichishdan tashqari bo‘ladigan xarajatlar: kiyim-kechak, yashash uchun uyjoy,
iqtisodiy ma'nodagi keng tushunchalarni qamrab oladi. Amaldagi qonunlar
bolalar bilan bo‘lgan huquqiy munosabatlarda ota yoki onaning ustunlik huquqini
belgilamaydi.
33 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.-T.:-Adolat.-Rasmiy nashr.-2011
28
Ota-onalar o‘z farzandlarini umuminsoniy qadriyatlar va an'analar asosida
tarbiyalashlari lozim.
O‘zbeklarda bolalar ota-onalarining ko‘z o‘ngida hamma vaqt tarbiyaga muhtoj
bo‘lib ko‘rinadilar. Shuning uchun ular bolalari to‘la muomala layoqatiga
yetganlaridan so‘ng ham ma'naviy tarbiyani davom ettiraveradilar.
Ma'lumki, ota va onalarning o‘z bolalariga nisbatan teng huquqli bo‘lishlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida nazarda tutilgan xotinqizlar
va erkaklarning teng huquqliligiga asoslanadi. Ko‘rinib turibdiki, bola haqida
g‘amxo‘rlik qilish, unga ta'lim-tarbiya berish ota-ona uchun faqat ahloqiy qoida
bo‘lib qolmay, balki konstitutsiyaviy huquq va burch hamdir.
Bizning jamiyatda yetim-yesirlarni boshpana, oziq-ovqat, ust-bosh bilan
ta'minlash, ularning tarbiyasini yo‘lga qo‘yish alohida ahamiyatga egadir. Bu ishlarni
davlat o‘z zimmasiga oladi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan va
butun jahonda taraqqiyotning “o‘zbek modeli” deb nomlangan besh tamoyilning biri
ham aynan – “kuchli ijtimoiy siyosat yuritish”dir. Shuning uchun ham yurtimizda bu
sohada qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi “Yosh oilalarni
moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakati, Savdo-sanota palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
vazirligi va Moliya vazirligining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida
yosh oilalarga ipoteka, iste'mol kreditlari va mikro kreditlar shaklida quyidagi
maqsadlar uchun 2007 yilda 50,0 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi taklif
ma'qullandi:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
- uy-joy qurish, ta'mirlash va sotib olish (ijaraga olish);
- uy-xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish;
- mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib
olish.
Farmon har biri 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta rasmiy nikohdan
o‘tayotgan yoshlarga taaluqlidir. Bu holat yurtimizda yosh oilalar davlat va jamiyat
e'tiborida ekanligini bildiradi.
Ota-onasiz qolgan bolalarning ijtimoiy himoyasi masalasiga davlat va
jamiyatning e'tibori yanada kuchaytirilgan. Respublikamizda 93 ta “Mehribonlik” va
maxsus maktab-internat uylari ishlab turibdi.
Ayrim obektiv sabablarga ko‘ra bolaning o‘z ota-onasidan tarbiya olish
imkoniyati bo‘lmasa, u holda unga oilaviy tarbiya bolani biron-bir oilaga tarbiyaga
(patronat) berish, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik belgilash yo‘llari bilan
berilishi mumkin. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishning
ushbu shakllari o‘z mazmun-mohiyati hamda tarbiya berish shakli bo‘yicha tubdan
farq qiladi.
Oila huquqida bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) deb yuritilib, u
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 12-apreldagi 171-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Voyaga
yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risida”gi Nizom
29
bilan belgilanadi. Ushbu nizomga ko‘ra, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
voyaga yetmagan bolalar, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek aholini
ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik
organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuziladigan maxsus
shartnoma asosida amalga oshiriladi. Oila kodeksining 195-moddasiga ko‘ra, ushbu
shartnomada bolalarni ta'minlash, tarbiyalash va ularga ta'lim berish, tarbiyaga olgan
tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining
bolalarni tarbiyaga olgan oilaga nisbatan majburiyatlari, shartnomani bekor qilish
asoslari va oqibatlari ko‘rsatilishi kerak.
Kelishuv tuzilishidan oldin bolani tarbiyaga olayotgan shaxsning turmush
shart-sharoitlari va oila a'zolarining sog‘lig‘i tekshiriladi.
Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir
yo‘la kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga esa,
oilaga tarbiyaga olingan bolaning ta'minoti uchun qonun hujjatlarida belgilangan
miqdorda har oyda nafaqa to‘lab turadi.
Oilaga bolani tarbiyaga olish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnoma
esa vasiylik va homiylik organlari hamda bolani oilaga olmoqchi bo‘lgan tutingan
ota-onalar (er-xotinlar, alohida fuqarolar bo‘lishi mumkin) bilan tuziladi.
Oilaga bolalarni tarbiyaga olish uchun shartnomada ko‘rsatilgan voyaga
yetmagan bolalar bo‘lishi lozim. Vasiy (homiy)lar tutingan ota-onalardan farq qilib,
vasiylik va homiylik organlari bilan shartnoma munosabatlarida bo‘ladilar.
Bolalarni oilaga tarbiyaga olayotgan tutingan ota-onalar albatta voyaga yetgan
va muomalaga layoqatli bo‘lishlari shart. Oilaga bola olayotgan ota-onalarga otaonalik
huquqi nikohda bo‘lgan hamda yolg`iz fuqarolarga beriladi. Shartnoma tuzish
vaqtida tutingan ota-onalarning ma'naviy-ahloqiy qiyofalari, moddiy-maishiy
sharoitlari, yoshi va boshqa sharoitlari hisobga olinadi. Yoshidan qat'iy nazar, bolalar
shartnoma tuzish vaqtida ishtirok etmaydilar. Tutingan oilalarga ota-onalik
homiyligidan mahrum etilgan bolalar qabul qilinadi.
Farzandlikka olish instituti ham bolani o‘z oilasidan tashqari tarbiyalashning
mustaqil shaklidir. Darhaqiqat, bugungi kishilik jamiyatiga hamjihatlik, jipslik,
oqillik, insof va adolat xosdir. Ushbu ma'naviy-axloqiy negizlar bilan inson boshqa
mavjudotlardan keskin farq qiladi. Shuningdek, unda aql-idrok, tafakkur bor. Shu
ma'noda olganda, farzandlikka olish haqida so‘z ketganda, albatta, davlat va jamiyat
erishgan yutuqlar va milliy manfaatlar, xususan, oila va bolalar manfaatlaridan kelib
chiqish lozim.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va etim bolalar, ayni vaqtda faqat
voyaga yetmagan bolalarnigina ularning manfaatlarini ko‘zlab farzandlikka olinadi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan
hamda vasiylik va homiylik organi (xalq ta'limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot
bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari – vasiylik va homiylik
organlaridir) tavsiyasiga ko‘ra tuman (shahar) hokimi qarori bilan rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12-apreldagi 171-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”da
belgilanishicha, Fuqarolik holati hujjatlarini yozish (FHDYo) organi qabul qilingan
30
hujjatlar asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartishlarni
kiritadi va tug‘ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi. Farzandlikka oluvchilar
bolaning tug‘ilishi qayd etilgan daftarga uning ota-onasi deb yozilishi kerak.
Bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi,
otasining ismigina emas, balki tug‘ilgan sanasi ham bir yildan ortiq bo‘lmagan farq
bilan o‘zgartirilishi mumkin. Agar bola o‘n yoshdan oshmagan bo‘lsa, tug‘ilgan joyi
ham O‘zbekiston Respublikasi doirasida o‘zgartirilishi mumkin.
Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi
mumkin. Quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchilar bo‘lmaydilar: ota-onalik
huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganlar;
asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro‘yxatda turuvchilar; farzandlikka
olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar; qasddan sodir qilingan
jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar.
Qonun o‘gay ota va o‘gay ona tomonidan farzandlikka olish hollaridan tashqari
holatlarda farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq o‘n besh
yoshdan kam bo‘lmasligini shart qilib qo‘yadi.
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka
oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi. Ayni vaqtda farzandlikka olinganlar va
ularning ota-onasi (shuningdek, qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va
mulkiy huquqlarni yo‘qotadilar hamda o‘zaro majburiyatlardan ozod bo‘ladilar.
Vasiylik va homiylik ham fuqarolarga ularni ta'minlash, tarbiyalash, ta'lim
berish maqsadida, shuningdek ularning shaxsiy va mulkiy huquqlari va manfaatlarini
himoya qilish uchun belgilanadi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |