Vijdon erkinligi – bu har bir inson o‘zi xohlagan diniga e'tiqod qilishi yoki
hech qaysi dinga e'tiqod qilmasligi va dinga nisbatan betaraf bo‘lishligi bilan
ifodalanadi.
Vijdon erkinligini tartibga soluvchi normalar muhim ahamiyatga ega. Vijdon
erkinligi insonning dinga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatadi. Vijdon erkinligining
mazmuni insonning dinga e'tiqodi bor yoki yo‘qligi, betaraf bo‘lishi huquqidan
iborat. Shu bilan bir qatorda insonlarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat'iy nazar,
huquq va erkinliklarda tengligi vijdon erkinligining asosiy yuridik kafolatlaridan biri
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi bunday
huquqni har bir fuqaro uchun kafolatlaydi. O‘zbekistonda hamma uchun vijdon
14 O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi. 1997. –№2, –50-modda.; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2009 –№39. – 423-
modda.
15 O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi. 1997. –№2. –48-modda.;
14
erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e'tiqod qilish yoki hech
qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasi mazmunining amalga
oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi Qonunida16 aks etadi. Ushbu hujjat tegishli soha bo‘yicha
O‘zbekiston tarixidagi birinchi qonun akti bo‘lib, u vijdon erkinligi borasida vujudga
keladigan munosabatlarining yangicha tartibini belgilab berdi.
Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning
ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda
dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dinga e'tiqod qilish yoki o‘zga e'tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat
tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini
ta'minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, fuqarolarning diniy e'tiqodga bo‘lgan erkinliklarini
ta'minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy normalar ijtimoiy voqelikda o‘zining
ifodasini topib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida o‘zining ilmiy jasorati, buyuk kashfiyotlari bilan islom
dunyosida ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom
Moturudiy, Maxmud Zamaxshariy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Burxoniddin
Marg‘inoniy, Baxovuddin Naqshbandiy, Xoja Axror Valiy kabi siymolarning
nomlari qayta tiklandi hamda Shohi Zinda, Registon, Bibixonim majmualari qayta
ta'mirlanib har tomonlama obod etildi. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand,
Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qarshi kabi qadimiy shaharlarimizda joylashgan
me'moriy obidalarimiz qayta tiklandi. Shu bilan birga, asrlar davomida muqaddas
diniy qadriyatlarimiz sifatida nishonlanib kelinadigan Ramazon va Qurbon
Hayitining birinchi kunlari bayram deb e'lon qilindi. Fuqarolarimiz xaj
ziyoratlariga borishlari uchun davlatimiz tomonidan har tomonlama shart-sharoitlar
yaratilgan. Bugungi kunda har yili 3000 dan ortiq fuqarolarimiz muqaddas xaj
ziyoratiga safar qilmoqdalar. Xolbuki Sobiq Sho‘ro tuzumi davrida sanoqli
odamlargina bunday imkoniyatga ega edilar.
1996 yil 19 mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan Toshketda Halqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Islom
diniga oid boy ma'naviy-madaniy merosni asrash, diyorimizda etishib chiqqan buyuk
allomalarning ilmiy g‘oyalari va asarlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish
maqsadida 1999 yil 7 aprelda Toshkent Islom Universiteti, uning qoshida
Islomshunoslik ilmiy-tadqiqod markazi va akademik litsey tashkil etildi.
O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, yahudiylar, baptistlar,
adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, xristian-presvitorianlari
singari bir qancha din va mazhablar faoliyat yuritmoqda. Bu borada, respublikamizda
15 ta noislomiy konfessiyaga mansub 186 ta tashkilot faoliyat olib borayotgani
16O‘zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonuni// O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1998. –№5-6. –99-modda
15
buning amaliy ifodasidir17. Shuningdek, “1990 yilda respublikamizda 119 ta diniy
tashkilot, 2 ta diniy o‘quv yurti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2186 ta diniy
tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng yirigi O‘zbekiston musulmonlari
idorasi, Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va o‘rta Osiyo eparxiyasi, evangel
xristian-baptistlar cherkovi, Rim-katolik cherkovi, to‘liq Injil xristianlari cherkovi,
O‘zbekiston Bibliya jamiyati. Shuningdek, 1987 ta masjid, 163 ta xristian cherkovi, 8
ta yaxudiy sinagogalari, 6 ta Bahoiylar jamiyati, 1 ta Krishnani anglash jamiyati, 1 ta
Budda ibodatxonasida fuqarolar emin-erkin ibodat qilishlari uchun barcha sharoitlar
yaratilgan”18.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VIII bobi siyosiy huquqlarga
bag‘ishlangan. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida uning siyosiy
huquqlari alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va
jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liqdir. Siyosiy huquq va
erkinliklar siyosiy manfaatlarga tegishli bo‘lgan hamda shaxsning siyosiy jarayon va
davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida “O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda
o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi
boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil
etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”19deyiladi. Fuqarolarning davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim
prinsiplaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi
demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biridir. Konstitutsiyada
xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari
ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan
o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.
Fuqarolarning saylov huquqlarini o‘z navbatida aktiv va passiv saylov
huquqlariga bo‘lish mumkin.
Aktiv saylov huquqi ya'ni saylash huquqi bevosita demokratiyaning bir
ko‘rinishi bo‘lib, u har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini saylash
bilan ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bu xuquqqa qonunda belgilangan ma'lum yoshga
etgan, muomalaga layoqatli mamlakat fuqarolari ega bo‘ladilar.
Passiv saylov huquqi, ya'ni saylanish huquqiga ham ma'lum yoshga etgan,
muomalaga layoqatli fuqarolar ega bo‘ladilar. Turli davlatlarda ma'lum davlat
organlariga saylanish uchun belgilangan yosh chegarasi turlicha bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasida ko‘rsatilishicha:
“Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar.
17 Tojiboeva D. Dinshunoslik / Mas`ul muharrir t.f.n. I.Haydarov. –Toshkent: TDYI, 2010. –B.86.
18 O‘sha manba. –B.79.
19 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012.8-b
16
Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar
o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega”20.
Fuqarolarning o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar
yo‘li bilan amalga oshirish huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi tan oladi va
kafolatlaydi.
Miting bu - siyosiy masalalar muhokamasi uchun yig‘ilgan jamoa yig‘ilishidir.
Yig‘ilish bu - yopiq imoratda yoki biror xonada o‘tkaziladigan, ma'lum bir
masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun yig‘ilgan shaxslarning
majlisidir. Majlis shaklidagi yig‘ilishlar majlis tashkilotchilari tomonidan
ishtirokchilar sonini chegaralash uchun tanlanishi mumkin, lekin bu yig‘ilishlarning
asosiy mohiyatini belgilamaydi.
Namoyish - bu ijtimoiy siyosiy norozilikning ochiq ko‘rinishi bo‘lib,
namoyishchilarning u yoki bu masalalar bo‘yicha ommaviy tarzdagi ochiq
munosabatlardir. Namoyish asosan miting bilan boshlanadi va tamom bo‘ladi21.
Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarning ishtirok etish huquqlariga bevosita
aloqador bo‘lgan muhim huquqlardan biri, bu fuqarolarning o‘z manfaatlarini himoya
qilish maqsadida kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqidir
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasi).
Bu huquq fuqarolarga yuqorida aytib o‘tilgan maqsadlarda ijtimoiy uyushgan
faoliyat olib borishning turli shakllariga birlashish, u yoki bu vazifalarni bajarish
uchun kuchlarini umumlashtirish imkonini beradi.
“Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan IX bobda fuqarolarning
huquq va erkinliklarini iqtisodiy kafolatlash davlatda amal qilib turgan iqtisodiy tizim
orqali namoyon bo‘ladi. Har bir mamlakatda shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
erkinliklari uning jamiyatda erkin yashashini ta'minlash maqsadida mustahkamlanadi.
Bu bevosita shaxslarning moddiy manfaatlarini himoyalash va ularni ta'minlash bilan
bog‘liqdir. Davlat ularni amalga oshirishga ko‘maklashadi, sharoit yaratadi.
“Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari” deb nomlangan X bobda inson
huquqlari va erkinliklarining kafolatlariga tushuncha, ularning turlari va
kafolatlarning huquqiy asoslari ko‘rsatilgan. Kafolatning asosiy vazifasi sifatida
fuqarolarni huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
to‘siqlarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarning bajarilishi
ta'kidlanadi.
Konstitutsiyamizning XI bobi 47-52 moddalarida fuqarolarning burchlari o‘z
aksini topgan. Shu jumladan O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari,
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning burchlari Konstitutsiyamizning 23-moddasiga
muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi xududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari halqaro huquq normalariga muvofiq
ta'minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va
halqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. Barcha fuqarolar
20 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent, “O‘zbekiston”, 2012 8-b.
21 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi. Mas'ul muharrir A.X.Saidov TDYuI, –T.: “Moliya”, 2002 y
271-272- betlar.
17
Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradi”22deb Konstitutsiyamizning
47-moddasida mustaxkamlangan.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning
huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga, O‘zbekiston
xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, qonun bilan
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlarini
ado etishga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, “Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlarning prinsipial
qoidalarini o‘zida mujassam etgan holda, Konstitutsiyamiz inson huquq va
manfaatlari, uning erkinliklari davlat manfaatlaridan ustunligini mustahkamladi,
odamlarimiz uchun munosib hayot sharoiti yaratishni o‘zining tub maqsadi etib
belgiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini e'lon qildi”23.
Konstitutsiyaning to‘la amalga oshishi – ko‘p jihatdan, har birimizning
faolligimizga, har birimizning munosib hayotga bo‘lgan qat'iy intilishimizga
bog‘liq.
22O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O‘zbekiston”, 2012. –B.10.
23Prezident I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi “Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom
ettirish yo‘lidir”mavzusidagi ma'ruzasi // Xalq so‘zi, 2011 yil, 8 dekabr.
18
3.Yoshlar huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy asoslari
Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish va ular bo‘yicha faoliyat yuritish har
bir shaxs uchun jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va yana boshqa senzlardan
qat'iy nazar majburiydir.Biroq e'tiborga molik tomoni shundaki, umumiy aholisining
yarimidan ko‘pi yoshlardan iborat bo‘lgan bizning mamlakatimiz uchun bu masala
bevosita tegishli. “Agarki O‘zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha
bo‘lgan bolalar, 60 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini
hisobga oladigan bo‘lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan tushunarli
va ravshan bo‘ladi”24.
Mustaqillik sharofati bilan qabul qilingan konstitutsiyamizda aynan
yoshlarning huquq va erkinliklari tegishli konstitutsiyaviy normalar asosida o‘z
ifodasini topgan.
Zotan, konstitutsiyaning muqaddimasidayoq hozirgi va kelajak avlodlar
oldidagi yuksak mas'ullikni nazarda tutuvchi norma belgilab qo‘yilgan25. Mazkur
konstitutsiyaviy norma bugungi va ertangi avlod vakillarining huquq va
manfaatlarining ifodlanganligini anglatadi. Davlat o‘z yoshlarining kelajagi uchun
mas'ullikni zimmasiga olmoqda. Sababi davlatimiz huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini qurishda yoshlarimizning ertangi kun uchun munosib vorislik
masalasiga e'tibor qaratmoqda.Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining shu va shu kabi normalari Konstitutsiya normalari asosida qabul
qilingan qator qonun hujjatlarida, ularning muayyan tarkibiy qismlarida o‘zining to‘la
ifodasini topgan. Mazkur qonun hujjatlarini shartli ravishda 2 guruhga ajratish
mumkin.
Birinchi guruh – 1991-2000 yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari. Mazkur
davrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari
to‘g‘risida”gi (1991yil 20 noyabr), “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
(1992), “Ta'lim to‘g‘risida”gi (1992 yil, 1997 yil 29 avgust yangi tahrirda)
qonunlar, qator kodekslar, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 yil 29 avgust),
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi (1997) qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasiga, 1992 yilda esa, Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro
Konvensiyaga qo‘shildi.
Shuningdek ushbu yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Respublika yosh ijodkorlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choratadbirlari
to‘g‘risida” (1992), “Mudofaa to`g`risida” (1992 yil 2001 yil 11 mayda
yangi tahrirda qabul qilingan), “O‘zbekistonda ta'lim olayotgan yoshlarni
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (1993 yil 5 fevral), “O‘zbekiston
Respublikasining yosh mualliflariga eng yaxshi asarlari va ilmiy ishlari uchun
Davlat mukofotini topshirish to‘g‘risida” (1993 yil 3 sentabr), “Mehnatni
24 Karimov I.A. Bizning yo‘limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil
davom ettirish yo‘lidir. T. 20. – T.: «O‘zbekiston”, 2012. – 180-bet.
25 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Adolat, 2012. – 3-bet.
19
muhofaza qilish to`g`risida” (1993 yil 2 sentabr), “O‘zbekiston Respublikasi
yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi to‘g‘risida” (1996 yil 17 aprel), “Huquqiy
tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish,
huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik
fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” (1997), “Respublika Ma'naviyat va
ma'rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi (1999) farmonlari e'lon
qilindi.
Mazkur bosqichda qabul qilingan qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi bilan birgalikda yoshlarni yagona mafkura asosida tarbiyalashga
xizmat qiluvchi eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning huquqiy asoslarini
tugatib, ularni tarbiyalash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning
demokratik asoslarini belgilab berdi.
Ikkinchi guruh- ushbu guruhga 2001 yildan hozirga qadar qabul qilingan
qonun hujjatlarini kiritish mumkin. Mazkur bosqichda voyaga yetmaganlar o‘rtasida
tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, buning uchun mas'ul davlat idoralari, jamoat
tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini
takomillashtirishga, shuningdek, jamiyatimizning ijtimoiy-ma'naviy va iqtisodiy
yangilanish jarayonida yoshlarning o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, birinchi
navbatda, qishloq joylardagi yigit-qizlarni ish bilan ta'minlash, jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratish, farzandlarimizning huquqiy ongi
va madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ushbu davrda
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga doir bolalar savdosi,bolalar
fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taaluqli Fakultativ protokol”ga
qo`shilish haqida va “Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga doir,
bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taaluqli Fakultativ protokol”ga
qo`shilish haqidagi qonunlar (2008 yil 12 dekabr), “Qimor va tavakkalchilikka
asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni tartibga solish
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi (2007), “Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida”gi (2008yil 7 yanvar), “Voyaga yetmagan shaxslarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik
to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2009), “Voyaga
yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi
to‘g‘risida”gi (2010 yil 29 sentabr), “Alkogol va tamaki mahsulotlarining
tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi (2011) qonunlar
qabul qilindi. Shuningdek, 2008 yil 8 aprelda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik
yosh to‘g‘risida”gi hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va
yo‘q qilishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyalar ratifikatsiya
qilindi. 2001 yil 4 yanvardagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi Farmoyishi
ham jamiyatda,ayniqsa yoshlar orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun
dasturul amal bo`lib xizmat qildi.
Umuman, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi
qonun hujjatlarining doirasi juda ham keng. Bu borada “Yoshlar yili” Davlat dasturi
20
doirasida amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tashkil etilgan
ishchi guruh tomonidan mustaqillik yillarida qabul qilingan amaldagi qonun hujjatlari
atroflicha tahlil qilinib, yoshlar huquqlari, manfaatlari va erkinliklari belgilangan
qonun hujjatlari tizimi shakllantirilganligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ishchi
guruh tomonidan amaldagi normativ-huquqiy bazani, uning yoshlar manfaatlari va
huquqlarini himoya qilishga oid qismini takomillashtirish maqsadida
inventarizatsiyadan o‘tkazish jarayoni Konstitutsiya va kodekslardan tashqari, bu
sohada 22 qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15 ta farmoni va 11 ta
qarori, Vazirlar Mahkamasining 41 ta qarori, 32 ta idoraviy-me'yoriy hujjat mavjud
ekanligini ko‘rsatdi26. Shundan keyin ham yana o‘nlab yangi qonun hujjatlari qabul
qilinganligi hisobga olinsa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalariga
asoslangan, yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi
normativ-huquqiy hujjatlar tizimi 150 dan ortiq qonun hujjatlaridan tashkil topganligi
ma'lum bo‘ladi.
Yoshlarga doir qonun hujjatlarining birinchi guruhidan joy olgan,1991 yil 20
noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning davlat mustaqilligi e'lon qilinganligiga
endigina sakson kun to‘lgan mamalakatda qabul qilinishi, o‘z-o‘zidan o‘sha
paytdayoq O‘zbekistonda yoshlarga oid siyosat davlat siyosatining muhim
yo‘nalishlaridan biriga aylanishidan dalolat berar edi.
Shu sababli ham yoshlarning ijtimoiy hamda ma'naviy kamol topishi uchun
shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan mazkur siyosatning asosiy mohiyati qariyb
ikki yarim yil mobaynida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
rahnamoligida ishlab chiqilib, 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan va xalqimizning
tom ma'nodagi xohish-irodasini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi.
Albatta, Konstitutsiya – keng qamrovli, ijtimoiy hayotning barcha sohalari
uchun bosh huquqiy me'zon, oliy yuridik kuchga ega hujjat. Shu bilan bir qatorda,
unda belgilangan huquq va erkinliklar uning 18-moddasiga muvofiq, barchaga jinsi,
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan
qat'iy nazar, birdek taalluqlidir. Lekin Konstitutsiyaning qator normalarida bevosita
yoki bilvosita yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilanganligi
ko‘rish mumkin. Masalan, 37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda
ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”, deb belgilangan. O‘z-o‘zidan ma'lumki,
mehnat bozorida hamma bir xil imkoniyatga ega emas, xususan, yoshlar. Qolaversa,
barcha bir xil mehnat sharoitida ishlash imkoniyatiga ega emas. Lekin ushbu norma
shunday ifodalanganki, u mehnat qilish huquqi va adolatli mehnat sharoiti
tushunchalari hamma uchun bir xil tushuncha emasligini ko‘rsatib turadi. Shuning
uchun ham 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat
kodeksida (2-§, 239-247-moddalar), 2008 yilning 7 yanvarida qabul qilingan “Bola
huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonunning 20-moddasida yoshlar uchun
26 Sh. Fayziev. Yosh avlod huquq va manfaatlarining muhim kafolati. “Huquq va burch”., 2008 yil 8-9-son.
21
qo‘shimcha kafolatlar belgilab qo‘yilgan. Kodeksning 77-moddasiga binoan,
yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta'lim maktablari, hunar-texnika
bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini o‘n besh yoshga
to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning
roziligi bilan bolalarning sog`lig`iga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va
ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida
bajarish uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.Bundan tashqari, yoshlarni 18
yoshga to‘lmagan shaxslar uchun ishga qabul qilishdagi kafolatlar, yoshlarning
mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda
bo‘lishlari hamda qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanishlari, ularning mehnatidan
foydalanish taqiqlanadigan ishlar ro‘yxati mavjudligi, ular uchun qisqartirilgan ish
vaqti belgilanishi (haftasiga 36, 16 yoshgacha 24 soatdan oshmagan), kundalik ish
vaqti qisqartirilgan hollardagi mehnatga haq to‘lash, yillik mehnat ta'tili berishda
imtiyozlar mavjudligi, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish
kunlardagi ishlarga jalb etishning taqiqlanishi hamda mehnat shartnomasini bekor
qilishdagi qo‘shimcha kafolatlar shular jumlasidandir.
Yoshlarga oid davlat siyosatining yana bir muhim yo‘nalishi har tomonlama
etuk barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Bu borada xalqaro hamjamiyat
tomonidan har qanday davlatda amalga oshirilayotgan ishlarning natijasiga baho
beruvchi ikki mezon tan olingan. Bu o‘sha mamlakatdagi sog‘liqni saqlash va ta'lim
tizimlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida har bir inson
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilangan. Mazkur
konstitutsiyaviy normaning hayotiyligini ta'minlash maqsadida sog‘liqni saqlash
tizimiga har yili Davlat byudjeti xarajatlarining 12-15 foizdan ortiq qismi
yo‘naltirilmoqda. Qisqa davr ichida tibbiyot muassasalari faoliyati to‘la
takomillashtirildi, 3200 dan ortiq qishloq vrachlik punktlari barpo etildi,
ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazlar tashkil etildi, 14 yoshgacha bo‘lgan
bolalarning deyarli 100 foizi yiliga ikki marta, tug‘ish yoshidagi ayollar esa har yili
chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. Islohotlarning natijasi sifatida,
o‘tgan 20 yil davomida onalar va go‘daklar o‘limi uch barobardan ko‘proq kamaydi.
O‘zbekiston 2011 yilda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan
161 mamlakatdan iborat jahon reytingida o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligi
haqida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan davlatlar orasida 9-o‘rinni egalladi27.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen o‘zining 2011
yil 25-26 noyabr kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro anjumandagi
nutqida e'tirof etganidek: “O‘zbekistonda hatto global inqirozlar davrida ham
aholining salomatlik ko‘rsatkichlari muttasil oshib, umr ko‘rish davomiyligi
yuksalmoqda. O‘zbekiston bu bilan haqli ravishda faxrlansa arziydi”.
Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov “O‘zbekistonda ona va bola
salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “sog‘lom ona – sog‘lom bola”
mavzusidagi ushbu xalqaro simpoziumning ochilishidagi nutqida bu
27 Karimov I.A. “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona - sog‘lom
bola” mavzusidagi xalqaro simpozium ochilishidagi nutq. T.20/. –T.: O‘zbekiston, 2012. 26-36 betlar.
22
muvaffaqiyatlarimizning omillari haqida atroflicha to‘xtalib, mustaqil rivojlanish
yillarida mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishni davom ettirish va
yangilash imkonini berayotgan mustahkam poydevor yaratilganiga anjuman
ishtirokchilari e'tiborini qaratdi.
“Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim olish davlat tomonidan
kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ushbu 41-moddasi ijrosi yuzasidan ham faxrlansa arziydigan
islohotlar amalga oshirildi. Birgina Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 yil) va
Maktab ta'limi rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi (2004 yil) doirasida 1539 ta
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 7800 tadan ziyod umumta'lim maktablari
yangitdan qurilib, to‘liq zamonaviy vositalar bilan jihozlandi. Oliy ta'lim
muassasalarining soni 1,8 barobar (37 tadan 66 taga, shundan 59 tasi milliy, 7 tasi
xorijiy) ko‘paydi. 5980 ta bolalar sport maskanlari, 6151 ta yopiq sport zallari barpo
etildi28.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvarda e'lon qilingan
“O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rganishni tashkil etish to`g`risida”gi
Farmoyishi ham mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o`rganish hamda
uni hayotga tatbiq etish bo`yicha dasturulamal vazifasini o`tamoqda. Mana shu
maqsadda davlatimiz rahbari O`zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog`chasidan
boshlab o`rgatish, maktablarda darslik tariqasida o`qitish hamda oliy o`quv
yurtlarida esa maxsus dars sifatida o`rganishni vazifa qilib qo`ydi.
Sog‘liqni saqlash va ta'lim sohasidagi islohotlar shular bilan cheklanib qolmay,
hozir ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2011-2015 yillarda 700 dan ortiq
tibbiyot muassasasi, 400 ta bolalar sporti, 221 ta bolalar musiqa va san'at maktabi
qurib, foydalanishga topshirish, sport bilan muntazam shug‘ullanadigan bolalar
sonini 2 barobar ko‘paytirish, zamonaviy “elektron ta'lim” loyihasini joriy etish kabi
ko‘plab ishla rejalashtirilgan bo‘lib, bu vazifalar bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda29. Bu borada erishilayotgan natijalar 2011-2012 yillarda poytaxtimizda
o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjumanlarda nufuzli xalqaro tashkilotlar, dunyoning
barcha qit'alaridan kelgan xorijlik ekspertlar tomonidan e'tirof etildi.
O`zbekston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida fuqarolarning so`z
va fikrlash erkinligi mustahkamlanganbo`lib, “har kimning o‘z fikrini erkin ifoda
qilish huquqi o‘z ichiga izlanish erkinligi, har qanday axborotni olish, tarqatish,
yozma yoki nashr shaklida yoxud badiiy shaklda ifodalash erkinligini amalga oshirish
imkonini beradi”. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 2010 yil 12 noyabrda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma
majlisidagi ma'ruzasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini
ta'minlash masalalariga to‘xtalib o‘tib: “Bugun biz demokratik jarayonlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |