A.Buzemanning rivojlanish nazariyasi. A.Buzeman rivojlanishni ta`riflab, bir necha turlarga ajratgan.
1) Ixtisoslashuv –harakati aniqlanmagandan aniq bo’lgungacha.
2) Differensiya –nomutanosiblikdan, mutanosiblikkacha harakat qilish.
3) Stabilizatsiya –o’zgaruvchan harakatdan oddiy harakatgacha.
4) Koordinatsiya – o’zboshimchalikdan doimiygacha harakat.
5) Ierarxik tashkilot sifatida shakllanish.
Psixologik rivojlanish nazariyasining eng qadrli qismi E. Gekkelning empiogenezga oid biogenetik qonuni (filogenezning qisqa va tezkor takrorlanishi) va S. Xoll uni ontogenezga o’tkazib bola insoniyat irqini o’z rivojlanishida qisqacha takrorlaydi. Ushbu konsepsiya nazariy kamchiliklarga ega bo’lgan. Buning uchun yangi g’oyalar ishlab chiqish zarur edi. Rekapitulyatsiya nazariyasi uzoq vaqt davomida tushuntirish prinsipi rolini o’ynadi.
4. Rivojlanishni tushuntirishning biogenetik yo‘nalishi (S.Xoll konsepsiyasi). Amerikalik psixolog Dj.Bruner shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvini jadallashtiradi, deb uqtiradi. Shuningdek, J.Piaje, E.Torndayk, Dj.Uotson, F.Galgton, A.Bine, A.Anastazi, T.Simonlar ham bola psixik taraqqiyotida ta’limning mavqeini, ularning aqliy xususiyatlarini, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyatini, mashklarning o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydilar. Bu ta’limotlar hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyatini saqlab kolmokda. Hozirgi kunda mamlakatimizda ham yosh davrlar psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim muammolariga doir qator ilmiy-amaliy tadqiqotlar psixolog olimlar tomonidan olib borilmoqda.
E.Xoll (1844-1924) bolalar psixik taraqqiyotining bir butun nazariyasini yaratdi. E.Xoll AQSHda ta’lim tarbiya tizimini va maktablarni qayta tashkil etish bo’yicha jamoatchilik talabiga ko’ra bolalar psixikasini o’rganishga kirishdi. Bunda u anketa, so’rovnoma metodlaridan foydalandi. Olimni bolalar atrof-muhitni qanday tasavvur qilishi, turli vaziyatlarda o’zlarini qanday his qilishlari, ularni dastlabki xotiralari qanday, ular boshqalarga qanday munosabatda bo’lishi qiziqtirdi. U bolalar o’yinlari, qo’rquvlari, nutqi, rasmlarini dastlabki odamlarniki bilan solishtirishga harakat qildi. Olingan materiallar asosida turli yoshdagi bolalarning psixik hayotini yuqorida ta’kidlangan rekapitulyatsiya tamoyiliga asosan “qayta tuzishga” urinib ko’rdi.
E.Xoll aniq bir bola va ilgari yashagan insoniyat rivojlanishida o’xshashlik borligini aniqladi. Masalan, bolalarning qum bilan o’ynashini dastlabki odamlarning g’orlarda yashab, ildizlarni to’plashlariga o’xshatdi. 5-12 yoshli bolalarlarning o’yinlarini dastlabki odamlarning ovchilik instinktlariga o’xshatdi; o’smirlarning o’yinlarini hind qabilalaridagi hayot tarziga o’xshatdi. Xollning ta’kidlashicha, psixik rivojlanish bosqichlarining ketma-ketligi genetik jihatdan ta’minlangan. Biologik omil, instinktlarning yetilishi xulq-atvor almashilinishida asosiy determinatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |