K.Byullerning 3 bosqichli nazariyasi
Tadqiqotning asosiy predmeti
|
Psixik rivojlanish qonuniyatlari, bola psixikasini rivojlanishini bosqichlarini ajratish (instinkt, dressirovka, intellekt)
|
Tadqiqot metodlari
|
Zoopsixologik eksperiment
|
Asosiy tushunchalar
|
Instinkt, o’rgatilgan bilish, intellekt funktsional qoniqish rohatlantiruvchi qoniqish
|
Asosiy g`oyalar
|
Hayvonlar psiikasini evolyutsiyasining qonuniyatlari bola psixik rivojlanishga o’tkazish, bola psixikasini hayvonlar psixikasi va katta yoshli madaniyatli odam psixikasi o’rtasidagi bog`lovchi evolyutsion jarayon sifatida ko’rish rivojlanishda emotsiyaning roli
|
Rivojlanish omillari
|
Preformizm, nasliyli
|
Qiymati
|
Eksperimentni bola rivojlanishini o’rganishda qo’llash, rivojlanish g`oyasi
|
Tadqiqotning yo’nalganligi
|
Biologik yondashuv odam rivojlanishining spetsifikasini rad etish ko’rmaslik, bola imkoniyatlarini pasaytirish
|
L.S.Vigotskiyning ta`kidlashicha Byullerning nazariy tuzilmalarida qadrli biologik rivojlanishni umumiy sohasida psixik rivojlanishni rivojlanish va tendentsiyalarini barcha g`oyalarini ko’rib chiqadi. Biroq ma`naviy hayotni butun to’liqligini biologik ildizlaridan psixik funktsiya va shakllarini yuzaga chiqarish katta miya o’zagi tuzilishi rivojlanishida normal bolani tipik omadlarini sabablarini topish. Byuller pozitsiyasini printsipial chegaralaydi antidialektikka aylantiradi. Psixikani filogenez va ontogenezi biologik evolyutsiya qonunlariga bir xil darajada bo’ysunadilar.
2.X.Vernerning ontogenetik konsepsiyasi vа A.Buzmanning rivojlanish nazariyasi.
Ontogenezni taxlil qilish organizmni rivojlanishining bir bosqichida yaxshi moslashganligi sababli yangi savollarga olib keldi. X.Verner ontogenetik prinsipni shakllantiradi. Ontogenez jonli tabiatning evolyutsiyasida qatiiy belgilangan yo’nalishda sodir bo’ladi. Rivojalanishda quyidagi muhim jihatlar o’rin tutadi.1) Defferensiya. 2) Xususiyatlar.3) Markazlashishi. 4) Ierarxik integratsiya.
Psixologiyada ontogenetik tushunchalar butun aqliy hayotni va uning rivojlanishini qamrab oladi. X.Verner filogenez, ontogenez, mikrogenez, etnogenez, patogenez evolyutsion yo’nalishlarni solishtiradi. Qayerda hayot bo’lsa u yerda o’sish va rivojlanish bo’ladi. Shuning uchun inson psixologiyasi, hayvon va bola psixologiyasi, mikrogenez, etnogenez, va patogenezning maxsus ongli vaziyatlari umumiydir. Tadqiqotning turli yo’nalishlarida olingan ma`lumotlarni taqqoslash umumiy olganda ruxiy hayot uchun qo’llaniladigan umumiy rivojlanish qonunlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Organizm inson hayotida yuz beradigan narsalar orqali atrof muxit xususiyatlarini faol qabul qiladi tekshiradi, shu tufayli fiziologik va psixologik rivojlanadi.
Psixologik tuzilmalar rivojlanayotgan organizmni o’zaro ta`siri va tajribasini belgilab beradi. Ushbu tajriba funksional tuzilmalarga bog’liq. Bunday muloxazalar bir bosqichdan ikkinchisiga sifatli o’tishga olib keladi. Bu taraqqiyotning ob`ektiv sababi bo’lib, avvalgi bosqichlarni tashkil etish mantiqiy ma`noga ega, lekin keyingi bosqichlarni taskil etmaydi. Verner genetik spiral tamoyilini taklif qildi, unga ko’ra xar bir yangi bosqichda jarayonlar bir tomondan ko’proq farqlanadi. Boshqa tomondan ko’proq integratsiyalashgan rivojlanish jarayonining kaliti bo’lib, o’zaro ta`sir g’oyasi xizmat qiladi. Verner (akter- stena), ”akter- saxna” metofarasini ishlatgan. Atrof –muxit bu saxna, yoki organizmning ishlashi va rivojlanishi uchun ob`ekt, organizm – bu sahnaga aktyor yoki mavzudir. Rivojlanish jarayoniga aktyorga nisbatan o’zaro munosabatlarga o’zgarishlar yuz beradi. Kursatilgan nazariyalar bilan bir vaqtda, qarshi yo’nalish shakllandi va bu mavzu atrof- muxitning sub`ekt ustidan ustivorligini ko’rsatib berdi. Sub`ekt bunda tabula rasa – ”toza doska” deb ta`riflandi. Bu atrof –muxit unga o’z barmoq izlarini qoldiradi. Atrof muxit sub`ektning faol elementi, shaxsiyat, organizmni o’yini tashqaridan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ochadigan ”Sahna ” bo’lib chiqadi. Xuddi shunday nazariyalar ham uzoq tarixga ega, lekin ular faqat XX asrda rivojlanish psixologiyasiga kira boshladilar. Bu nazariya bioxeviorizm bilan umumiy ildizga ega bo’lib, unga ko’ra insonning atrof – muxiti qanday bo’lsa ham inson ham shunday bo’ladi. Bularga I. Pavlovning klassik va instrumental kondensatsiyalanish nazariyasi va E. Torndaykning operativ kondensatsiya nazariyasini olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |