3.Ta’lim amaliyoti bilan bog‘liq yosh davrlarini differensiyasi.
Bolalar rivojlanishing umumiy qonuniyatlarini o‘rganish jarayonida shaxsning bilish jarayonlari: xotira, diqqat, tafakkur, hayol va boshqalarning rivojlanishini o‘rganishga yordam beruvchi ma’lumotlar to‘plangan. Alohida ahamiyat bolalar psixikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi nuqtining rivojlanishiga berildi. Eng zarur ma’lumotlar bolalarning fiziologik rivojlanishini o‘rganish natijasida yig‘ilgan (I.Starkov). O‘g‘il bolalar va qiz bolalarning psixologik xususiyatlari o‘rtasidagi tavofutlarni aniqlashga harakat qilingan (K.V. Yedniskiy). Bolalar psixikasini o‘rganish o‘zini o‘zi kuzatish metodini inkor etib, yangi metodlardan foydalanishni taqazo etdi va psixologiya sohasiga eksperiment metodini kirib kelishiga stimul bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot jarayonida eksperiment metodidan foydalanishni birinchi bo‘lib 1879 – yilda I.A.Sikorskiy boshladi. Lekin undan foydalanish ilm – fan dunyosida yaxshi qarshi olinmadi. 1880 – yillar o‘rtalariga kelib psixologik laboratoriyalar joriy etilganidan so‘ng, eksperiment metodi rus psixologiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Fanning rivojlanishida genetik yondashuvning ahamiyati katta. P.F.Kapterevning fikricha, “Hozirgi zamonda rivojlanish tushunchasi fan miqyosida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Har bir sohada u yoki bu hodisalar rivojlanishi o‘rganiladi, ularni kelib chiqishini o‘rganmay turib, ma’lum voqea – hodisani chuqur o‘rganib bo‘lmaydi. Bolalar tarbiyasiga nisbatan ham huddi shunday qarash mavjud. Bolalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatish, imkoniyatlarini mustahkamlash uchun avvalo ularning rivojlanish tarixini yaxshi bilish zarur”. Bolalar psixologiyasini bilish, uning kelib chiqishi va rivojlanishi shaxsni bilishda falsafiy savollarga javobini topdi. Bolalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’lumotlar va aniq dalillar to‘plangandan so‘ng, bolalar rivojlanishining me’yori, umumiy qonuniyatlarini o‘rganish savoli ilgari suriladi.
Bolalar rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida umumiy qoidalar shakllantirildi:
Rivojlanish bosqichma – bosqich va izchil davom etadi. Umuman olganda, u o‘z ichiga faqat olg‘a borishni nazarda tutadi. Ammo bir chiziqda ketmaydi, bu chiziqdan chetlanish va to‘xtab qolishlar ham kuzatiladi.
Jismoniy va ruhiy rivojlanish o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunday uzviy aloqadorlik aqliy, emotsional va irodaviy sifatlar o‘rtasida ham kuzatiladi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiya va ta’lim jarayonlari barkamol va har tomonlama rivojlanishga asos bo‘ladi.
Rivojlanish jarayonida muayyan tana a’zolari va psixologik faoliyatning ba’zi taraflari ishtirok etadi, ammo hammasi barobar emas va ishlash tezligi va tempi ham bir hil emas.
Rivojlanish o‘rta me’yorda kechadi, lekin turli sabablarga ko‘ra tezlashib ketishi yoki aksincha sekinlashishi mumkin.
Rivojlanish to‘xtab qolib, kasallikka ham aylanishi mumkin.
Bolalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida erta prognoz qilish mumkin emas. Maxsus qobiliyatlar umumiy rivojlanishga tayangan bo‘lishi lozim.
Bolalar rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarni sohtalashtirmaslik kerak, har bir yosh davriga o‘z rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tish imkonini yaratish zarur.
Bolalarning umumiy rivojlanishi, sog‘lom va kasal bolalarni parvarishlash uchun tavsiyalar, bolalarni oilada va maktabda tarbiyalash, jismoniy, aqliy, emotsional, irodaviy va ruhiy rivojlanish borasida haqida ma’lumotlar beruvchi qo‘llanmalar ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |