Ertifikatlashtirish bo‘yicha



Download 128,5 Kb.
bet4/5
Sana11.01.2022
Hajmi128,5 Kb.
#344778
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5298799434811839809

Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatsiyalashtirish. Majburiy sertifikatsiyalashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, O‘zbekiston standartlashtirish agentligi tomonidan berilgan yoki e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.

Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning O‘zbekiston standartlashtirish agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona nazorati idoralariga yukka taalluqli bojxona deklaratsiyasi bilan birgalikda taqdim etiladi va ular mahsulotni respublika xududiga olib kirishga ruxsatnoma olish uchun zarur xujjatlar hisoblanadi.

Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi xujjati bo‘lmagan taqdirda bojxona nazorati idoralari bu xususda «O‘zbekiston standartlashtirish agentligi»ni xabardor etadilar, hamda mahsulotni sertifikatsiyalashtirishdan o‘tkazish yoki chet el sertifikatini e’tirof etish to‘g‘risidagi masala sertifikatsiyalashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni ta’qiqlab qo‘yadilar.

Sertifikatsiyalashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi belgilaydi.



Majburiy sertifikatsiyalashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta’minoti. Quyidagi ishlar:

- sertifikatsiyalashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, hamda uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;

- sertifikatsiyalashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;

- xalqaro (mintaqaviy) sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari ishida qatnashish, hamda chet el milliy sertifikatsiyalashtirish idoralari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish;

- sertifikatsiyalashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish, hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;

- sertifikatsiyalashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;

- sertifikatsiyalashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi nazorati olib boorish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.

Majburiy sertifikatsiyalashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va nazorat qilish. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning), sinov laboratoriyalarining (markazlarining), sertifikatsiyalashtirish idoralarining majburiy sertifikatsiyalashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini «O‘zbekiston standartlashtirish agentligi»ning davlat inspektorlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlarda amalga oshiradilar.

Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish. Har qanday mahsulot me’yoriy xujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirishdan o‘tkazilishi mumkin.

Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirishni amalga oshiruvchi sub’ektlar. Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirishni O‘zbekiston standartlashtirish agentligi belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.

Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish tizimlari. Sertifikatsiyalashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan idoralar O‘zbekiston standartlashtirish agentligi bilan kelishgan holda belgilaydilar.

Sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha ish faoliyatiga umumiy talablar. Sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha idora tomonidan belgilangan shartlarga mahsulotning mos kelishligini tasdiqlangan vaqtida muvofiqlik sertifikati beriladi, uning asosida ta’minlovchi bog‘liqlik belgisini qo‘llash huquqiga ega.

Muvofiqlik sertifikati namunalari, akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma, milliy bog‘liqlik belgisining o‘lchami va shakli sertifikatsiyalashtirish tizimida ishlatiladi, O‘zbekiston standartlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

Muvofiqlik sertifikati, bog‘liqlik belgisi, sertifikatsiyalashtirish va sinov laboratoriyasi bo‘yicha idorani akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma O‘zbekiston standartlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Davlat reestriga belgilangan tartibda qayd qilinishi majburiy va sinov laboratoriyasi bo‘yicha idorani akkreditlashtirish haqidagi guvohnoma Davlat reestrida belgilangan tartibda qayd etilmagan bo‘lsa, noqonuniy hisoblanadi.

Guvohnoma egasi muvofiqlik sertifikatini, bog‘liqlik belgisi va sertifikatsiyalashtirish va sinov laboratoriyasi bo‘yicha idorani akkreditlashtirish haqidagi guvohnomani boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ishlatish uchun berib yuborish qati’yan man etiladi.

Litsenziya shartnomalarini tuzish tartibini O‘zbekiston standartlashtirish agentligi belgilab turadi.


Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish