Ertifikatlashtirish bo‘yicha


SERTIFIKATLAShTIRIShGA OID ATAMA VA TA’RIFLAR



Download 128,5 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2022
Hajmi128,5 Kb.
#344778
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5298799434811839809

SERTIFIKATLAShTIRIShGA OID ATAMA VA TA’RIFLAR

Standartlashtirish, metrologiya, sertifi-katsiyalashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Jahon amaliyotida qo‘llaniladigan, hamda yuqoridagi sohalar bo‘yicha tadqiqot va mutaxassislar tayyorlash institutlari, shuningdek vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va tashkilotlarning fikr va takliflari inobatga olinib O‘zDST5.5-93 «O‘zbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish milliy tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar» davlat standarti 1993 yilda ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Mazkur standartdagi atama va ta’riflar xalqaro tashkilotlar (ISO/MEK-2) tomonidan qabul qilingan atama va ta’riflarga, shuningdek GOST 16504-81, GOST 1886-73 va O‘zDST 5.0-92 standartlariga mos keladi.



Muvofiqlar-mahsulot, jaryon yoki xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilish.

Uchinchi tomon- ko‘riladigan maslahat qatnashayotgan tomonlarga nisbatan mustaqil bo‘lib hisoblangan shax syoki tashkilot.

Muvofiqlik bayonoti- ta’minlovchining mahsulot, jarayon yoki xizmatchini aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-to‘kis muvofiqligi, hamda butun mas’uliyatni olganligini bayon etish.

Muvofiqlikni tasdiqlash- aniq bir sinalgan namunaning muayyan standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishini isbotlovchi uchinchi tomon sinov laboratoriyasining faoliyati.

Muvofiqlikni sertifikatsiyalashtirish- belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishi yetarli darajada isbotlaydigan uchinchi tomonning faoliyati.

Sertifikatsiyalashtirish tizimi- muvofiqlikni sertifikatsiyalashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun o‘z ish tartibi va boshqarish qoidalariga ega bo‘lgan tizim.

Sertifikatsiyalashtirish tartibi- muvofiqlikni sertifikatsiyalash-tirishini o‘tkazishda uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi.

Sertifikatsiyalashtirish idorasi- muvofiqlikni sertifikatsiyalashtirish faoliyatini bajaruvchi idora.

Majburiy sertifikatsiyalashtirish- sertifikatsiyalash vakolatiga ega bo‘lgan idora tomonidan mahsulot (xizmat)ning standantlardagi majburiy talablariga muvofiqligini tasdiqlash.

Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbus bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan sertifikatsiyalashtirishdir.



Nazorat qiluvchi idora- sertifikatsiyalashtirish idorasining topshirig‘i bilan nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi idora.

Sertifikatsiyalashtirish soxasidagi guvoxnoma (litsenziya)-sertifikasiyalashtirish tizimi qoidalariga asosan nashr etilgan hujjat.

Bu hujjat vositasida shaxs yoki idoraga o‘z mahsuloti, jarayonlari yoki xizmatlari uchun sertifikat yoki muvofiqlik belgisidan tegishli sertifikatsiyalashtirish tizimiga muvofiq foydalanish huquqi beriladi.

Guvohnoma da’vogari- sertifikatsiyalashtirish idorasidan tegishli guvohnoma olishga intiluvchi shaxs yoki idora.

Muvofiqlik sertifikati- tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga moskelishiga ishontiradigan va sertifikatsiyalashtirish tizimi qoidalari asosida nashr etilgan.

Guvohnoma egasi (litsenziat)- sertifikatsiyalashtirish idorasi tomonidan shaxs yoki idoraga berilgan guvohnoma.

Muvofiqlik belgisi- ushbu mahsulot, jarayon yoki xizmat ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiruvchi sertifikatsiyalashtirish tizimi qoidalari asosida belgilangan yoki ishlatiladigan va ma’lum tartibda himoya qilinadigan belgi.

Sifat sertifikati- yetkazib berilayotgan molga ilova qilinadigan va uning sifatini tasdiqlaydigan hujjat.

Sertifikatsiyalashtirish tizimidan foydalanishga ruxsat-sertifikat-lashtirish tizimining qoidalaariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatsiyalashtirishdan foydalanish.

Sertifikatsiyalashtirish tizimi qatnashchisi- ushbu tizimning qoida-lariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatsiyalashtirish idorasi.

Sertifikatsiyalashtirish tizimi a’zosi- ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatsiyalashtirish idorasi.

So‘rovchi- sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha bir yoki bir necha ishlarni bajarib berish haqida sertifikatsiyalashtirish idorasiga murojaat etgan korxona, muassasa yoki xususiy shaxs.

Laboratoriyani akkreditlashtirish- sinov laboratoriyasining ma’lum sinovlar yoki sinovlarning ma’lum turlarini amalga oshirishni rasmiy jihatdan tan olish.

Laboratoriyani akkreditlashtirish tizimi- laboratoriyalarni akkredit-lashtirish tizimini boshqaruvchi akkreditlash ishlarini o‘tkazuvchi va o‘tkazish huquqi beruvchi idora.

Laboratoriyani akkreditlashtirish idorasi- laboratoriyalarni akkredit-lashtirish tizimini boshqaruvchi akkreditlash ishlarini o‘tkazuvchi va o‘tkazish huquqi beruvchi idora.

Laboratoriyalarni akkreditlash mezoni- sinov laboratoriyasini akkreditlashishi uchun qanoatlantirilishi lozim bo‘lgan akkreditlash idorasi tomonidan ishlatiladigan barcha talablar majmui.

Akkreditlangan laboratoriya- akkreditlashdan o‘tgan sinov laboratoriyasi.

Laboratoriyani attestatsiyalash- laboratoriyani akkreditlash uchung belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov laboratoriyasini tekshirish.

Akkreditlangan laboratoriya sinovining bayonnomasi- sinov bayonnomasi laboratoriyaning bayonotini o‘z ichiga olib, uni sinov o‘tkazish uchun akkreditlanganligini va akkreditlash idorasi tomonidan mazkur sinov shartlarga binoan o‘tkazilganligini bayon qiladi. Imzolash xuquqiga ega bo‘lgan shaxs- akkreditlash idorasi tomonidan layoqatliligini tan oladigan va akkreditlangan laboratoriyaning sinov bayonnomasini imzolaydigan shaxs.

Ishlab chiqarishni sertifikatsiyalashtirish- sertifikatsiyalashtirish idorasi yoki boshqa maxsus vakolatga ega bo‘lgan idora tomonidan ma’lum maxsulotni ishlab chiqarish uchun (ma’lum xizmatlarni bajarish uchun) zarur va yetarli sharoitlar mavjudligini, unga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarda berilgan talablarning va sertifikatsiyalashtirishda nazorat ostiga olinishini ta’minlashning rasmiy tasdig‘i.

Sifat tizimlarini sertifikatsiyalashtirish- sifat tizimlarini xalqaro yoki milliy standart talablariga muvofiq kelishini tekshirishni baxolash va sertifikat berish orqali tasdiqlash haqidagi faoliyat. Izoh-sifat tizimlarini sertifikatsiyalashtirish uchun standart 9000 seriyali ISO Xalqaro standartlari yoki shu asosda ishlab chiqarilgan milliy standartlarni qo‘llash mumkin.

Eksport-auditorlar- sertifikatsiyalashtirish soxasida muassasa va kor-xonalar faoliyatini baxolash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxs. Eksport-auditorlar faqat nazorat qilibgina qolmay, balki maslahatlar ham beradilar.

Tekshiruv nazorati- sertifikatsiyalashtirish uchun akkreditlangan idoralarning sinov laboratoriyalarining faoliyatini, shuningdek, mahsulotning sertifikatsiyalashtiril-ganligini, hamda ishlab chiqarilishini nazorat etish.

Sertifikatsiyalashtirish sinovlari- maxsulotning tavsiflari milliy va me’yoriy xalqaro-texnikaviy hujjatlarga mos kelishini aniqlash uchun o‘tkaziladigan nazoratli sinovlar.

Sertifikatsiyalashtirish sinovlari uchun namuna- belgilangan qoidalar asosida tanlangan va sertifikatsiyalashtirish sinovlari uchun mo‘ljallangan mahsulotning bir donasi, qismi yoki namunasi.

Tanlanma- maxsulotning bir guruhdan yoki oqimdan nazorat uchun tanlab olingan buyum majmui.

Muntazam tanlanma- mahsulotning o‘z tartib raqami bo‘yicha yoki oldindan tartiblangan va nazorat ostida bo‘lgan mahsulotlar to‘plamida turgan joyi bo‘yicha mos tushadigan tanlanma.

Tan olishlik kelishuvi- birinchi tomon tarafidan ikkinchi tomondan bir yoki bir nechta sertifikatsiyalashtirish tizimining belgilangan funksional elementlarini qo‘llashdan olingan natijalarni qabul qilish haqidagi kelishuv. Izox: -tan olish xaqidagi kelishuv, nazorat haqidagi kelishuv, sertifikatlashtirish haqidagi kelishuv misol bo‘la oladi. Undan tashqari, tan olish haqidagi kelishuv milliy, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosida qabul qilinishi mumkin.

Bir tomonlama kelishuv- birinchi tomon tarafidan ikkinchi tomonning ish natijalarining tan olish haqidagi kelishuv.

Ikki tomonlama kelishuv- ikki tomonning ish natijalarini qamrab oluvchi tan olish haqidagi kelishuv.

Ko‘p tomonlama kelishuv- ikkinchi ortiq tomonlarning ish natijalarini o‘zaro tan olish haqidagi kelishuv.

Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish