11-Mavzu. Yuridik shaxslar metrologik xizmatlarini o’lchash vositalarining attestatlash huquqida akkreditlash
Reja:
1. Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash.
2. Metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarni akkreditlash
3.
Tayanch so’zlar. Akkreditlash attestati, konstruktorlik va ekspluatatsion, kalibrlash vositalari, registratsion kartochka, analitik materiallar.
Yuridik shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga akkreditlash – yuridik shaxslar metrologik xizmatlarining o‘rnatilgan doirada o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish huquqini rasmiy tan olish.
O‘lchash vositalarining davlat sinov markazlarini akkreditlash o‘lchash vositalarini sinash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘tkazishda rasmiy tan olingan vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Davlat sinov markazlarini va o‘lchash laboratoriyalarini akkreditlashda akkreditatsiya attestati beriladi, unga akkreditlash sohasini belgilovchi ilova beriladi.
Akkreditlash attestati besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.
Davlat sinov markazlari quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:
strukturasi (tuzilmasi);
xodimlar;
sinash uskunalari;
o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazishni ta’minlaydigan o‘lchash vositalari va shu kabi sharoitlar.
O‘lchash vositalarini sinash huquqiga davogar davlat sinov markazlari o‘lchash vositalarini sinash ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan, namunaviy sinov dasturlarini, sinov va qiyoslash metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirish ishlarini o‘tkazishga qobiliyatli, tajribali xodimlarga ega bo‘lishi kerak; o‘lchash vositalarining ratsional turkumlarini (nomlarini) belgilash bo‘yicha, shuningdek ishlab chiqarishni va ularning turini sinash natijalari bo‘yicha; ekspluatatsiyasi bo‘yicha; metrologik ta’minoti bo‘yicha takliflar berishi kerak. shuningdek xodim o‘lchash vositalarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish tartibi bo‘yicha kerakli bilim va salohiyatga ega bo‘lishi kerak.
Bulardan tashqari xodim:
- konstruktorlik va ekspluatatsion hujjatlarga talablarni;
- o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash davlat tizimi standartlariga talablarni va o‘lchashlarning turlari bo‘yicha metrologiyaning qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilotlari talablarini;
- o‘lchash vositalari va o‘lchashlarga, sinov vositalari, qiyoslash va kalibrlash vositalariga davlat va xalqaro standartlarida belgilangan texnik talablarni;
- sinov dasturlariga, qiyoslash metodlariga va sinovlarni o‘tkazish uchun kerakli hujjatlarga qo‘yiladigan talablarni bilishi kerak.
Davlat sinov markazlari akkreditlash sohasida kerakli sinov uskunalari va o‘lchash vositalariga ega bo‘lishi kerak. zarur bo‘lganda, tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa tashkilotlarning sinov uskunalari va o‘lchash vositalaridan foydalanishi mumkin.
Barcha sinov qurilmalari va o‘lchash vositalari muddatidan ilgari eskirishi, korroziyadan himoyalashni ta’minlovchi sharoitlarda saqlanishi kerak.
Yaroqsiz sinov uskunalari va o‘lchash vositalari, shuningdek attestatsiya muddati, qiyoslash va kalibrlash muddati o‘tib ketgan sinov uskunalari va o‘lchash vositalari ekspluatatsiyadan chiqarilishi kerak.
Sinov uskunalarining va o‘lchash vositalarining har biri registratsiya qilinishi kerak. Registratsion kartochka quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: nomi va belgisi; tayyorlovchining nomi; zavod va inventar nomeri; qabul qilingan va ekspluatatsiyaga qo‘yilgan sanasi; ta’mirlash va xizmati to‘g‘risida ma’lumotlar; oxirgi qiyoslash (kalibrlash) sanasi; qiyoslashlararo interval; qiyoslash to‘g‘risida guvohnoma yoki kalibrlash to‘g‘risida sertifikat; sinov uskunasini attestatlash to‘g‘risida guvohnoma.
Do'stlaringiz bilan baham: |