Akkreditlangan Davlat sinov markazi va o‘lchash vositalarining laboratoriyalari quyidagi huquqlarga ega:
o‘lchash vositalari turini akkreditlash sohasiga muvofiq sinashda ishtirok etish;
o‘lchash vositalari turini sinash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni davlat sinov markazi raxbarligida o‘tkazish;
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash bo‘yicha qaror qabul qilishda “O‘zstandart” agentligining metrologiya va o‘lchash texnikasi bo‘yicha ilmiy-uslubiy komissiyasi majlislarida qatnashish;
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sinovini o‘tkazish;
akkreditlash sohasida o‘lchash vositalarini kalibrlashni o‘tkazish;
o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyasi dasturini ishlab chiqish va sinov va kalibrlash metodikasini ishlab chiqish;
o‘lchash vositalarini qiyoslash metodikasini ishlab chiqish;
o‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyasi haqida guvohnoma berish;
o‘lchash vositalarini sinash masalalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda boshqa mamlakatlarning va xalqaro tashkilotlarning vakolatli organlari bilan munozaralarda qatnashish;
konkret (muayyan) turdagi o‘lchash vositalarini sinashda o‘rnatilgan tartibda qatnashish uchun shartnoma asosida boshqa sinov markazlarini,agar ular shu sohada akkreditlangan bo‘lsa jalb etish.
Davlat sinov markazlarining burchlari quyidagilardan iborat:
o‘lchash vositalarini sinash va ularni akkreditlash Davlat markazlariga qo‘yiladigan talablarga rioya qilishi kerak;
akkreditlash sohasiga kiruvchi o‘lchash vositalari turini akkreditlash to‘g‘risida ariza berish;
o‘lchash natijalarini sinash natijalari bo‘yicha barcha e’tirozlarni hisobga olish;
sinov usullari va vositalarini takomillashtirishda hamda sinash bo‘yicha mutaxassislarni malakasini oshirishda korxona va tashkilotlarning sinov bo‘linmalariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
akt nusxalarini,bayonnomalarni,guvohnoma va sinovlarni tuzish va saqlash,hamda ekspertiza natijalari haqida xulosa tayyorlash,berilgan hujjatlarni qayd etish;
qo‘llash muddati o‘tgandan keyin akkreditlash attestatini qo‘llamaslik;
akkreditlashni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
buyurtmachiga o‘lchash vositalarini sinovdan o‘tkazish jarayonini kuzatish imkonini yaratish;
sinovni o‘tkazish muddatiga belgilangan va kelishilgan tartibda rioya qilish;
buyurtmachiga o‘lchash vositalarini sinov bayonnomasi va sinov aktlarini taqdim etish;
“O‘zstandart”agentligining topshirig‘i bo‘yicha sinov o‘tkaziladigan xonalarni akkreditlash talablariga muvofiqligini tekshirish uchun yoki sinov bo‘yicha ishlarni o‘tkazishni kuzatish uchun ruxsat bilan ta’minlash.