SERTIFIKATLASHTIRISH BO‘YICHA ASOSIY TUSHUNCHA
REJA:
Sertifikatlashtirishning ahamiyati
Sertifikatlashtirishga oid atama va ta’riflar
Sertifikatlashtirish haqida ma’lumot
Tayanch so’zlar: standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish, mahsulotning talabgorligi, eksport, import, muvofiqlik sertifikati, akkreditlashtirish, majburiy, uch tomonlama kelishuv, ekspert-auditorlar, sertifikatsiyalashtirish, majburiy sertifikatlashtirish, moliyaviy ta’minoti, nazorat, umumiy talab.
SERTIFIKATLAShTIRIShNING AHAMIYaTI
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish davrida sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash muhim ob’ektiv qonuniyatga aylandi, chunki «sifat» mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan asosiy omillardan biridir, albatta bundan mahsulotning ko‘pga chidamliligi, kafolatli muddatda xizmat qilib berish bundan mustasnodir.
Demak, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uni jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash uchun barcha sanoat korxonalaridagi eski asbob-uskunalar o‘rniga zamonaviy bo‘lgan xorijiy davlatlarning asbob-uskunalari bilan jihozlash, ishlab chiqarishda, idishlarga joylashtirish, saqlash va tashishda, hamda ulardan samarali foydalanganda qo‘yilgan talablarga rioya qilish, mahsulot sifatini barqarorligini ta’minlash lozimdir. Bu talablar turli darajadagi me’yoriy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgandir.
Davlatlar orasida iqtisodiy, texnikaviy, madaniy aloqalarning rivojlanishi xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan standartlar jahon bozorida raqobatbarbosh mahsulotlar yetkazib berish bilan uyg‘unlashadi. Davlatlararo savdo-sotiq munosabatlarining samarali bo‘lishida mahsulot sertifikatsiyasi katta ahamiyatga ega. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishda qanday mamlakat bo‘lishidan qat’iy nazar shu mahsulot sifatiga kafolat beruvchi sertifikatsiyadan foydalanadi.
Mahsulotni sertifikatsiyalashtirish tovar ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatli kurashda o‘zlarining savdo-sotiqdagi mavqeini mustahkamlashda asosiy vositalardan hisoblanadi. Muvofiqlikni sertifikatsiyalashtirish-bu belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatning ma’lum standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga mos kelishini yetarli darajada isbotlaydigan uchinchi tomon faoliyatidir. Mahsulot ishlab chiqarishda sertifikatsiyani qo‘llash orqali uning sotuv bozorida raqobatbardoshligi ta’minlansa, iste’molchi olgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining barqarorligi va ularning me’yoriy hujjatlarga mos kelishi to‘g‘risida kafolatlanadi.
Amalda o‘z-o‘zini sertifikatsiyalashtirish faoliyati ham ayrim hollarda qo‘llaniladi. Muvofiqlikni sertifikatsiyalash-tirishning asosiy maqsadi iste’molchi istaklarini, mahsulotni ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, inson salomatligi, atrof-muhit muhofazasi masalalari bo‘yicha himoya qilish, mahsulotning raqobatchiligini ta’minlashda uchraydigan turli texnikaviy to‘siqlarni bartaraf qilishdan iborat.
Standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha huquqiy savdo va qonuniy bog‘lanishlar quyidagi xalqaro tashkilotlar orqali amalga oshiriladi:
-BMT qoshidagi Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeEK);
- standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO);
- sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha ISO qo‘mitasi (ISO/SERTIKO);
- muvofiqlikni baholash ISO qo‘mitasi (ISO/KASKO);
- savdo va ta’riflar bo‘yicha bosh assambleya (GATT);
- o‘lchov va birliklar xalqaro tashkiloti (MOMV);
- qonuniy metrologiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MOZM);
- sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YeOK);
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni sertifikatsiyalashtirishda mahsulot, jarayon yoki xizmat:
-MDH davlatlari standartlari; -O‘zbekiston Respublikasi milliy standartlari;
- O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan xalqaro standartlarning talablari bilan taqqoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi «Mahsulot va xizmat sertifikatsiyasi to‘g‘risidagi» qonunida xizmat ob’ektlari sertifikatsiyasining iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy tomonlarini rasmiylashtirishdagi qonun bo‘lib, sertifikatsiya qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va ularning nimaga javob berishligini anglatadi.
Bu qonun to‘rtta bo‘lim va 23 ta moddan tashkil topgan.
I-bo‘lim. Umumiy tushunchalar.
1-modda. Asosiy tushunchalar.
2-modda. Sertifikatsiyalashtirishning maqsadi va vazifalari.
3-modda. Sertifikatsiyalashtirishni qonunlashtirish.
4-modda. Xalqaro shartnoma va kelishuvlar.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari.
6-modda. Sertifikatsiya ob’ektlari va sub’ektlari.
II-bo‘lim. Umumiy talablar.
7-modda. Sertifikatsiya belgisi.
8-modda. Sertifikatsiyalashtirish qonuni va ruxsatnomasi.
9-modda. Sertifikatsiyalashtirish ma’lumoti.
1II-bo‘lim. Majburiy talablar.
10-modda. Sertifikatsiyani joriy qilish.
11-modda. Majburiy sertifikatsiya o‘tkazishning shartlari.
12-modda. Majburiy sertifikatsiya o‘tkaziladigan mahsulotga qo‘yiladigan talablar.
13-modda. Mahsulotni majburiy sertifikatsiyalashtirishda tadbirkorning majburiyatlari.
14-modda. Xorijdan keltiriladigan va chiqariladigan mahsulot sertifikatsiyasi.
15-modda. Mahsulotning majburiy sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha ishlarini davlat ta’minoti.
16-modda. Majburiy sertifikatsiyalashtirish qoidalarining bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish va tekshirish.
17-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiyalashtirish.
18-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiyani amalga oshiruvchi sub’ektlar.
19-modda. Ixtiyoriy sertifikatsiya tizimlari.
IV-bo‘lim. Kelishmovchiliklarni hal etish.
20-modda. Sertifikatsiyalashtirish qonunlarining buzilishidagi javob-garlik.
21-modda. Norozilik varaqalarini ko‘rib chiqish.
22-modda. Sertifikatsiyalashtirish tashkilotlari va sinov laboratoriyalari markazlarining javobgarligi.
23-modda. Majburiy sertifikatsiya qoidalarini buzganligi to‘g‘risida korxonalar va tadbirkorlarning javobgarligi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish huquqiy davlat qaror topishining xarakterli xususiyati va majburiy shartidir. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini amal qilishi uchun huquqiy negiz yaratuvchi qonunlar qabul qilingan. Bu qonunlarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |