Surunkali xolesistitda ovqatlanish tartibi. №5 parhez.
Parhez maqsadi: jigarni to‘liq ovqatlanish jarayonida kimyoviy himoyalash, jigar va o‘t yo‘llari faoliyatini normallashtrishga ko‘maklashish, o‘t ajralishini yaxshilash. Lipotrop moddalar, kletchatka, pektinga boy suyuq mahsulotlar tavsiya etiladi. Azotli ekstrafaol moddalar, purinlar, xolestirin, shovul kislotasiga boy va qovurish mahali yog‘larni qattiq dog‘lovchi mahsulotlar man etiladi. Taomni qaynatib, toblab, kamroq hollarda – dimlab pishirish tavsiya etiladi. Payli go‘sht va kletchatkaga boy sabzavotlarni qiymalash; un va sabzavotlarni qovurmasdan tayyorlash. O‘ta sovuq taomlar mumkin emas. Ovqatlanish tartibi: kuniga 5-6 marta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 86-136,171-187 betlar.
Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1991 yil 3-40 betlar.
Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.
www.avitsena.uz
www.ziyonet.uz
www.salimatlik.uz
www.mymedic.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |