Erkin raqobat muhitini shakllantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat



Download 17,81 Kb.
Sana24.07.2021
Hajmi17,81 Kb.
#127836
Bog'liq
Raqobatning amal qilishi ma


Toshkent Davlat Iqtisodiyot

Universiteti magistratura bo’limi MMKB_10 guruhi talabasi Nizomov Ochilboy


Erkin raqobat muhitini shakllantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat.

Raqobatning amal qilishi ma'lum shart-sharoitlar mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo'lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Raqobatning qaror topishi uchun asosiy omillardan biri bu tashqi iqtisodiy faoliyatni to’g’ri yo’lga qo’yish.

Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog'lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy subyektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohoglarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. O'zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo'li, bu raqobatni inkor qiluvchi Davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo'jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o'tishdir. Bunda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo'lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas'uliyat asosida o'z manfaatiga ega bo'lgan va tadbirkorlik taxlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo'jalik subyektlariniggg mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir. Bizda mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab mahalliy ishlab chiqarishni ko’paytirish, import mahsulotlarini o’zimizda ishlab chiqarish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab quvvatlash maqsadida protektsionizm siyosati tanlandi va hozirgacha amal qilib kelmoqda. Proteksionizm siyosati ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashga qaratilgan iqtisodiy siyosatdir. Bu siyosatni ko’plab rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini yo’lga qo’yishda foydalangan va keyinchalik bekor qilgan. Bizda hali ham shu siyosatdan voz kechilgani yo’q bu degani hali ham bozor iqtisodiyotiga to’liqligicha o’tmaganimizni anglatadi. Proteksionizm siyosati yaxshi siyosat lekin agar uning ortida ma’lum bir guruh shaxslarning manfaati yotsa bu samarasiz siyosatdir. Natijada ichki bozor rivojlanmaydi, sifat ko’rsatkichlari talabga javob bermayi. Buni ortidan eksport hajmi o’smaydi va tashqi savdo balansi minusga ketaveradi. Raqobat bu rivojlanishning eng asosiy richagidir, shunday ekan proteksionizm raqobatning dushmanidir. Hozirgi sharoitda proteksionizmdan butunlay voz kecholmaymiz, chunki bizning mahalliy ishlab chiqaruvchilar hali bunga tayyor emas. Sekin-asta proteksionizmdan voz kechish kerak.

Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban Tovar turlarini tez o’zlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega bo’lish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar raqobat kurashidan g’olib chiqish sahrtiga aylanadi. Monopoliya raqobatga zid, chunki u Tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni ta’minlab, o’zaro bellashuv uchun sharoit sharoit qoldirmaydi. Raqobat kurash yo’lini tanlash jihatdan ham halol va g’irrom raqobatga bo’linadi.

Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyaga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo’yicha chora-tadbirlar ko’radi, monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiradi.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida hukumat tomonidan iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish masalasiga alohida e’tibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda bo’lgani kabi o’zbekistonda ham raqobat bo’yicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996 yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’matasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qo’yib yuborildi.

O’zbekistonda bank sektorining 83 foizi davlat ishtiroki bilan faoliyat yuritmoqda. Bu miqdor juda katta bank sektorida monopoliyaga yo’l qo’ymaslik uchun davlat ulushini keskin kamaytirish kerak.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, hozir O’zbekistonda 2019 yil oxirida tabiiy monopoliya sub’yektlari qo’shib hisoblaganda 236 ta monopolist-korxona mavjud va Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi ularning sonini keyingi 4 yilda 25 foizga qisqartishni taklif etgan. Shuningdek, shu muddat ichida hozir ishlab turgan 1414 ta davlat unitary korxonalari sonini 700 taga kamaytirish rejalashtirilgan.



Har yili davlat tomonidan katta katta dotatsiyalarni oladigan korxonalarni sekin astalik bilan xuxusiylashtirish kerak. “UZAUTOMOTORS” , “O’ZBEKISTON HAVO YO’LLARI” …. Shunga o’xshagan monopol korxonalarni davlat ulushini sotishni boshlash kerak. Energtika sohasi ham davlat ixtiyorida bo’lganligi uchun rivojlanmay kelyapti. Aslida energetika sohasi bu iqtisodiyotning qoni desa ham bo’ladi. Mavsumiy uzulishlar sababli bazi bir korxonalar o’z faoliyatini to’xtatib turishiga to’g’ri keladi va buni oqibatida narx navo ko’tarilishi, mahsulot tanqisligi va import hajmi oshishiga sabab bo’ladi. Importning hajmi oshishi bu tashqi savdo balansini minusga olib chiqadi.
Download 17,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish