285
9.5. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati va rivoji bilan bog„liq
muammolar
Bugungi kunda Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan
4 tasi mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg„oqlarida joylashgandir:
- Shantou EIH
Shantou erkin iqtisodiy zonasi
Guandun shahrining Shantou
shahrida joylashgan. U ikki qismdan iborat: Birinchi qism Shantou shaxrining sharqiy
qismini o„z ichiga olib 22,6 km
2
maydonni egallaydi va ikkinchi qism Shantouning
janubiy qismida joylashgan Guanjou yarim oroli bo„lib, 30 km
2
maydonni egallaydi.
Unda neft-kimyo,
port infratuzilmasi, kiyim-kechak, oyoq-kiyim,
elektronika
mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq
loyihalar amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning
95 %i Gonkong, Tayvan va Singapurga tegishlidir.
- Shenjen EIH
Xitoydagi eng yirik iqtisodiy hudud hisoblanadi va u Guandun
provinsiyaning janubida joylashgandir. Hudud 327,5 km
2
maydonni egallaydi. Unda
umumiy hajmi 22,4 mlrd. AQSH doll.hajmidagi 17,5 mingta korxona faoliyat
ko„rsatmoqda va ularning 85% i Gonkong kapitaliga asoslangandir.
Ulardagi
sarmoya kiritilgan asosiy sohalar yadro energetikasi, elektronika,
mashinasozlik,
xizmat ko„rsatish, moliya, yuqori texnologiyalar sohasi hisoblanadi.
- Chjuxay EIH
ham Guandun provinsiyasining janubida joylashgan. U G„arb
tomonidan Marvarid daryosi bilan, Janubda Makao (Aomen) bilan chegaradosh. EIH
15,16 km
2
maydonni egallaydi. Unda
xorijiy kapital ishtirokidagi 4980 tadan ortiq
korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy investitsiyalar xizmat ko„rsatish, og„ir sanoat,
elektronika, port va yo„l qurilishi
sohalariga jalb qilinib, ularning 80 %i Gonkong,
Makao, Tayvan va Singapur hissasiga to„g„ri keladi.
- Syamen EIHda
Futszyan provinsiyasining Syamen shahrida joylashgan. U o„z
ichiga Syamen orolini va Gulan orolchasini oladi, umumiy maydoni 131 km
2
ni
tashkil etadi. Unga 15 mlrd. AQSh doll.hajmida xorijiy sarmoya asosan, Tayvandan
elektronika, tekstil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlariga (80%) kiritilib, unda 4150ta
korxona faoliyat ko„rsatmoqda.
- Xaynan EIH
alohida orol hududi bo„lib, uning maydoni 34
ming kv.km.dan iboratdir. Unda 7320 tadan ortiq korxonalar faoliyat olib borib,
horijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 22,3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: