282
mumkin.
Xitoyda EIHlarda investorlar uchun taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari
va boshqa qulay shart-sharoitlar EIHlarga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi asosida
mamlakatda investitsiya faoliyatining rivojlanishiga erishilmoqda. Bugungi kunga
kelib, Xitoy davlati mamlakatga, xususan, EIHlarga xorijiy investitsiyalarni jalb
etishda iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik xavfsizlikni birinchi o„ringa qo„ygan holda,
shuningdek,
iqtisodiyotning
investitsiyalarga
birmuncha
to„yinganligi
va
jamg„armalari
hajmi
birmuncha
ortishiga
erishilganligi
sababli
xorijiy
investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlarni, jumladan, soliq stavkalarini ma‟lum
darajada ko„tarishi evaziga qisqartirdi.
Shunga ko„ra, aytish mumkinki, bugungi kunda EIH rezidentlari uchun talablar
va imtiyozlar quyidagilardan iborat:
1. EIHlarga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar miqdori kamida 50 mln. AQSh
doll. bo„lishi kerak, oldin bu ko„rsatkich 30 mln. AQSh doll. bo„lgan.
Xorijiy
rezidentning ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim.
2. EIH rezidentlari uchun 5 yil davomida alohida soliq imtiyozlari tizimi yo„lga
qo„yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular umuman daromad solig„ini to„lashmaydi va
keyingi 3 yil davomida soliqning faqatgina 50 %ini to„lashadi, xolos. 2008-yilgacha
foyda solig„i maxsus zonada joylashmagan korxonalar uchun 33 %, MIH rezidentlari
uchun esa 15 % etib belgilangan. XXR Davlat kengashining 2007-yil 26-dekabrdagi
“Korxonalarga daromad solig„i bilan bog„liq imtiyozlar berishning o„tish siyosati
to„g„risidagi” qaroriga ko„ra foyda solig„i 2008 yilda 18 %, 2009-yilda 20 %, 2010
yilda 22 %, 2011-yilda 24 % va 2012-yildan 25 %ga ko„tarildi.
3. 2012-yildan boshlab qat‟iy 25 % qilib o„rnatildi. Savdo, qayta ishlash va
import-eksport faoliyati bilan shug„ullanuvchi EIH rezidentlari uchun QQS 17 % deb
belgilangan.
4. Kamida 5 yil muddatda o„z foydasini Xitoyga qayta investitsiyaga aylantirgan
xorijiy investorlarga reinvestitsiya qilingan ulushga mos ravishda to„langan daromad
solig„ining 40% qaytarib beriladi.
5. Past rentabelli yoki iqtisodiy chekka va qoloq tumanlariga o„z kapitalini
kiritgan tadbirkorlar 11 yildan boshlab, (10 yil imtiyoz davridan keyin) daromad
solig„ini 15-30 foizi mukofot tarzida chegiriladi.
6. 5 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiya
kiritgan yoki zamonaviy
texnologiyani taqdim etgan yohud aylanma kapitali sekin aylanadigan korxona foyda
solig„idan qisman yoki to„liqligigacha ozod qilinishi mumkin.
7. Quyidagilardan boj olinmaydi:
- ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish
materiallari, detallar va uskunalardan;
- xorijiy kapital ishtirokidagi korxona eksportidan;
- ofis jihozlari va transport vositalaridan.
8. Bojxona zonalariga bojxona - sanoat solig„i hamda bojxona to„lovlarini
to„lamasdan, xohlagan mahsulotni kiritish mumkin. Bu tovarlarni ichki bozorda olib
kiritilayotganda esa soliq va to„lovlar to„liq holda olinadi.
9. Ammo, EIH hududiga olib kirilayotgan texnologiya va xomashyo uchun QQS
283
va boj undirilmaydi. Lekin, aksiz, shaxsiy daromad solig„i va boshqa soliq turlari
imtiyozlardan holi. Bundan tashqari, EIH rezidentlari uchun soliq bilan bog„liq
bo„lmagan imtiyozlar ham joriy etilgan, ular yer, suv, elektr energiyasi, gaz, internet,
bino ijarasi kabi to„lovlardan to„liq yoki qisman ozod etiladi.
10. Xitoy tajribasidagi yana bir jihat, bu erkin iqtisodiy zonalardagi mahalliy
hukumatlarning qo„shma korxonalar uchun mahalliy budjetga aloqador bo„lgan
soliqlar bo„yicha qo„shimcha imtiyozlar beriladi. Masalan,
subsidiyalar past narxlar
tizimi orqali kommunal xizmati uchun, uchastkalardan va ishlab chiqarish
xonalaridan foydalanish uchun ijara to„lovini arzonlashtirishga, shuningdek, budjet
dotatsiyalari va davlat kreditlari beriladi. Ma‟muriy
imtiyozlar investorlarni
infratuzilma vositalarini ta‟minlashga, qayd qilish va bojxona muolajalarini
soddalashtirishga tegishli, shuningdek, biznesga ko„maklashayotgan turli xil
xizmatlarni ko„rsatishga tegishlidir.
Dengizbo„yi ochiq shaharlar (DOSh) EIHlarga qaraganda boshqacha funksiyani
bajarib, ular bevosita mamlakatning ichki mintaqalarini rivojlanishiga ta‟sir
ko„rsatadi. Biroq, ularning ilg„or texnologiyalar asosida ish yuritayotgan korxonalari
shu tumanlarning bozorlarini mahsulot bilan to„ldiradi. Shu sababli davlat DOShlarni
rivojlanishida tanlanma (selektiv) siyosatni amalga oshirib kelmoqda. Birinchi
navbatda, mablag„lar qulay investitsiya muhitidagi DOShlarga yo„naltirilmoqda.
Boshqa hududlar esa davlat yordamini olish uchun ichki
resurslarni ishga solgan
holda xorijiy investitsiyalar uchun qulay muxit yaratishi kerak bo„ladi. Bunda
“ko„rinmas” muhitga (boshqaruv tizimini mukammallligi, qonunchilik tizimi, viza
tartibi va boshqalarga) e‟tibor berish kerak. Bunday vositalar katta qo„yilmalar talab
etmasa-da, yaxshi samara beradi. DOShlar uchun mamlakatda quyidagi iqtisodiy
imtiyozlar yaratilgan:
-
foydadan olinadigan soliq miqdori kamaytirilgan;
-
20 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy kapital qo„yilgan obyektlar, ko„p
mehnat talab qiladigan va texnik ilm talab etiladigan ishlab
chiqarish uchun foyda
solig„i 15, 5 %ni tashkil etadi;
-
70 % mahsulot eksportga ketadigan va ilg„or texnologiyali korxonalar uchun
10-12 %;
-
xorijiy ishbilarmonlar dividendi va % daromadiga 10 % soliq solinadi.
DOShlarda quyidagi bojxona to„lovlari olinmaydi:
-
ishlab chiqarish va boshqaruv uchun investitsiya qilingan qurilish materiallari
va uskunalardan;
-
xorijiy kapital ishtirokidagi korxonaning eksportidan;
-
ofis jihozlari va transport vositalaridan (DOShlardagi xorijiy korxona va
tashkilotlarda foydalanish uchun).
Bundan tashqari, DOShlarning hukumat rahbariyati mustaqil ravishda qo„shma
korxona loyihalarini tasdiqlash, yer va inshootlar uchun ijara xaqi institutlari va foyda
solig„ini cheklash kabi xorijiy kapitalning kirib kelishini tartibga solib turuvchi
qonunlarni ham chiqarishi mumkin. Shanxay va Tyantszin 30 mln.
dollargacha
bo„lgan qiymatdagi, Dalyan va Gunchjou 10 mln. dollargacha bo„lgan qiymatdagi,
Tsinxuandao, Tsindao, Fuchjou va boshqa DOShlar esa 5 mln. dollargacha bo„lgan
284
qiymatdagi qo„shma korxona loyihalarini mustaqil tasdiqlashi mumkin.
Xitoyda EIHlarda taqdim etilgan imtiyoz va qulayliklar ularga dunyoning 100
dan ortiq davlatlaridan investitsiyalar jalb etish imkonini yaratdi. Xitoyga 1979-2014
yillarda jami 2,5 trln. dollardann ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etilgan bo„lsa,
shundan 75-80 foizi Xitoy EIHlariga jalb etilgan. Xorijiy investitsiyalar, asosan,
maxsus tashkil etilgan kompleks iqtisodiy hududlar orqali kirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: