46
Izoh: Yana sharx berishni lozim deb topdim. Bizda yaqinlik deganda to`shak nazarda
tutilmayapti. Bizda nikohsiz aloqalar norma emas, ya`ni ko`pchilik bunday yashamaydi.
Shunday ekan, bizning erkaklar ham to`shakni xohlagani bilan ayoldan normaga mos
xatti-harakat kutishadi. Munosabаtlarda erkinligingiz sizni shunday zamonoviy qiz
degan tasavvur bermay, balki erkak nazdida yengiltak, kim duch kelsa bo`lib
ketaveradigan buzuq ayol degan taassurot qoldirishingiz mumkin. Yaxshi ayollarga,
nima desa ho`p deydigan sodda qizlarga kelsak, turmush qurgandan keyin halol
juftingiz nima desa ho`p desangiz, foydadan holi bo`lmas. Ammo ming sinashta bo`lsa-
da, hali er degan nomga sazovor bo`lmagan yigitga erlik huquqini berib qo`ymang.
Yo`q deyishni esa iltimos, o`rganing. Erkak kishiga bu borada ishonib bo`lmasligini
erkaklarning o`zlari ta`kidlashadi. Hali bokira qiz bo`lasizmi yoki to`rt marta erdan
ajrashgan ayolmi, baxt topaman desangiz, iltimos, munosabatlar hali rasmiylashtirilib
halol degan maqom berilib, ommaga ma`lum qilinmagunicha to`shakka shoshmang.
Har qanday holatda shirin so`zlarga aldanmay hushyor turing, shunda vaziyatni siz
nazorat qilasiz, munosabatning taqdiri ham sizning qo`lingizda bo`ladi.
Kamida bir oy munosabаtlarni qat`iy chegarada ushlang.
Bu taktika sizga erkakni
yaxshilab o`rganib olishingiz uchun kerakli vaqtni beradi. Romantik tundan so`ng uni
uylangani haqida xabar topishni istamaysiz-ku. Yoki eski mashinasi bor sobiq jazmani
borligi va u tez-tez ko`chada qolib ketgani uchun uyiga olib borib qo`yish kerak
bo`lishini.
Shirinlikni bitta-bittadan berish deganda men uy qizidek yovvoyi bolishni nazarda
tutmayapman. Gap sizning o`zingizni qanchalik qadrlashingiz va qo`ya
bilishingiz
haqida ketayapti. Bu taktika orqali erkak sizning ko`nglingizga yo`l topish uchun ancha
ter to`kishi kerakligini anglaydi, shundagina u sizga siz xohlagandek munosabatda
bo`ladi.
Intimdan o`zingizni tiyib erkakni masofada ushlaganingizda, qo`lingizdagi qartalarni
foydali va juda qiziqarli qilib ishlatish imkoniga ega bo`lasiz. Siz o`zingizga
yaqinlashtirmagan erkakning qo`liga ko`chada
nogohon tegib ketsangiz, hayajondan
etlari jimirlab ketadi. Yoki u sizning ovozingizni eshitish uchun xudoning bergan kuni
qo`ng`iroq qiladi. U sizni o`z hayotida uchratgan eng ajoyib ayol deb hisoblaydi. Ana
shunda aynan o`sha sehrli uchqun paydo bo`ladi. Erkak zoti esa faqat shuni deb
yashaydi-da.