4-rasm . Sulfat kislota konsentratomerining prinsipial sxemasi.
o‘lchash va taqqoslash yacheykalari joylashtirilgan. 0 ‘lchash yacheykasi ikkita o‘lchash elektrodidan iborat bo‘lib, ularning har qaysisi elektrod kavshar-langan ochiq shisha naychadan iborat. Taqqoslash yacheykasi haroratni avtomatik tarzda kompensatsiyalash uchun m oijallangan boiib, shisha naychaga kavsharlangan elektrodlardan iboratdir, naychalarga sulfat kislota toidirilgan boiadi, uning konsentratsiyasi esa asbob shkalasidagi o‘rta belgiga mos keladi.
Elektr o‘tkazuvchanlik muvozanatdagi ko‘prik sxemasi bo‘yicha oicha - nadi, oichaydigan Rx va taqqoslaydigan Rt elektrod yacheykalari ko‘prikning ikki yelkasi boiib xizmat qiladi. Ko‘prik sxemasining qolgan ikki yelkasini o‘zgarmas rezistorlar R4, Rs, R6, R7 va shuntlovchi rezistorlari R2 hamda R3 va reoxord R{ tashkil qiladi. Ko‘prik sanoat chastotasidagi o‘zgaruvchan tok bilan ta ’minlanadi. O ichash sxemasidagi tok kuchi o‘zgaruvchan tok manbayiga parallel qilib ko‘prikning ta’minlash diagonaliga ulangan rezistor R8 ni siljitish y oii bilan rostlanadi.
Datchik orqali oqib o‘tadigan eritmaning konsentratsiyasi o‘zgarganda oich ash yacheykasining qarshiligi o ‘zgaradi, buning natijasida oichash ko‘prigining m uvozanati buziladi. N om uvozanat kuchlanishi KSM Z ko‘prikning elektron kuchaytirgichi EK transformatori Tr ning birlamchi chulg‘amiga kelib, kuchaytiriladi va reversiv dvigatel RD ning rotorini aylantiradi, bu dvigatel reoxord Rx ning surilgichi va asbob strelkasi bilan kinematik bogiangan boiadi.
Konsentratomerning oichash chegaralari: 75—79; 93—96 va 95—99 % li sulfat kislota. Asosiy xatolik + 0,2 dan ± 0,5 % gacha.
rusumidagi konduktom etrlar suyuqlikli analizatorlarning keng tarqalgan turlariga kiradi, ularda ikki va to ‘rt elektrodli o‘zgartkichlar ham kontaktsiz o ‘zgartkichlar ham boiadi. Bu rusumdagi asboblar yordamida ish haroratlari diapazoni 25 ± 15 °C va chegaraviy asosiy xatolik ± 2,5 % boiganida 10—6 dan 1 Cm/sm gacha boigan elektr o ‘tkazuvchanlikni oich ash mumkin.
и
5-rasm. Kontaktsiz past chastotali konduktometr sxemasi.
Elektrodli konduktometrlarning eng katta kamchiligi elektrodlarning qutblanishi va elektrodlar sirtida sodir boiadigan elektr-kimyoviy reaksiyalarda hosil boiadigan moddalar bilan, shuningdek, eritmadagi mavjud mahsulot-lar bilan ifloslanishidir.
Kontaktsiz konduktometrlarda oichanayotgan muhit bilan bevosita kontaktga ega boim agan birlamchi o‘zgartkichlar boiadi, shu sababli ularda bunday kamchiliklar boimaydi. Ta’minlovchi kuchlanishning chastotasiga qarab kontaktsiz konduktometrlar past chastotali (1000 Hz gacha boigan sanoat va tovush chastotasidagi) va yuqori chastotali (1 kHz dan ortiq) turlarga boiinadi.
Past chastotali kontaktsiz konduktometrlarda tahlil qilinayotgan eritma berk halqa hosil qiluvchi naychada oqadi. Naycha dielektrik materialdan
tayyorlangan. Naychaga tashqi tomondan ikki transformator uyg‘otuvchi Trl va oichash transformatorlari Tr2 ning (5-rasm) chulg‘amlari o‘ralgan boiadi. Tri transformatorning birlamchi chulg‘ami o‘zgaruvchan tok manbayiga ulanadi. Elektrolit eritmasi naychada hosil qilgan berk suyuqlik o ‘rami transformator Trl ning ikkilamchi chulg‘ami vazifasini bajaradi. Suyuqlik o‘ramidagi elektromagnit ta’sirlashuv natijasida EYK induksiyalanadi:
bu yerda: — transformator Tr] ning birlamchi chulg‘amlaridagi o‘ramlar soni; (»2
— suyuqlik o'ramlari soni, odatda (t»2 =1); U — transformator Tp/ ning birlamchi chulg'amini ta’minlovchi kuchlanish.
EYK ta’sirida suyuqlikdan o‘tayotgan tok kuchi
Do'stlaringiz bilan baham: |