Ideal eritmalar.
Ideal eritmalar deb bir turdagi va har xil turdagi molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvchi kuchlar bir xil bo‘lgan komponentlardan tashkil topgan eritmalarga aytiladi. Masalan, A va B komponentlardan tashkil topgan eritmada A-A, A-B va B-B molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari bir xil.ideal eritmalarda alohida moddalarning xossalari ularning toza holdagi xossalaridan farq qilmaydi, shuning uchun ideal eritmalarning tabiati ancha sodda. Ularning tabiatini ideal eritmalar qonunlari deb ataladigan Vant-Goff va Raul qonunlari aniq ifodalaydi.
Vant-Goff qonuni. YUqorida ta’kidlanganidek, eritma hosil bo‘lishining molekulyar-kinetik sharti erigan modda zarrachalarining diffuziyasidir. Osmos hodisasi diffuziya jarayoni bilan bog‘liq.
Erituvchini yarimo‘tkazgich parda orqali erigan modda konsentratsiyasi kam tomondan konsentratsiya yuqori bo‘lgan tomonga bir tomonlama diffuziyasi osmos deyiladi.
Osmos jarayonida eritmaning me’yorini toza erituvchi me’yoriga kelitirsh uchun zarur bo‘lgan bosim osmotik bosim deyiladi.
Osmotik bosim membrana va modda tabiatiga bog‘liq emas, balki, konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lib, katta bo‘lishi mumkin. Masalan, 293 K da 6 konsetratsiyasi 6 m/u ga teng bo‘lgan shakar eritmasining osmotik bosimi 4,36105 Pa, dengiz suvining osmotik bosimi 2,83106 Pa ga teng. Hayvonot hujayralarida osmotik bosim 300 kPa ga etadi. Tabiatda osmotik bosim juda katta ahamiyatga ega. Hujayralarga ozuqa moddalarining kirishi va hujayralardan modda almashinuvi mahsulotlarining chiqarilishi bevosita osmos hodisasi bilan bog‘liq. Ko‘plab dori moddalarning ta’sir etishi ham osmosga bog‘liq. Misol uchun, bo‘shashtiruvchi vositalarning ta’siri ichaklarda tuzlar konsentratsiyasini orttirishga asoslangan bo‘lib, buning natijasida ichaklarga suvning so‘rilishi kuchayadi. Jarohatlarni yuvish uchun osh tuzining 0,9 m/u konsentratsiyali izotonik eritmasidan foydalaniladi. CHunki bu eritma hujayra eritmalari bilan bir xil osmotik bosimga ega, shuning uchun hujayralar yuvish jarayonida parchalanib ketmaydi.
Osmotik bosimni o‘rganish natijasida 1887 yilda Vant-Goff quyidagi xulosaga keldi: juda suyultirilgan eritmalarda erigan moddaning tabiati ayni moddani xuddi shunday sharoitlarda gaz holatdagi tabiati bilan bir xil bo‘ladi. Demak, suyultirilgan eritmalarga ideal gazlarning holat tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Bunda tenglama quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
(6)
Bu erda -osmotik bosim, V-suyultirilgan eritmaning hajmi, n-erigan moddaning mollar soni.
Tenglamadagi n/V nisbat c ga almashtirilsa Vant-Goff qonunining ifodasi kelib chiqadi:
(7)
c-erigan moddaning konsentratsiyasi mol/l. Molyar konsentratsiya molyal konsentratsiyaga almashtirilshi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |