Eritmalar. Eritmalarning kolligativ hossalari



Download 393,78 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi393,78 Kb.
#311037
Bog'liq
Presentation (2)

Eritmalar. Eritmalarning kolligativ hossalari

O’qituvchi : Normurodov abdulla safarovich

O’quvchi : xamidova sevara

Eritmalar nazariyasi

  • Eritmalar deb, ikki va undan ko’p tarkibiy qismlardan tashkil topgan, termodinamik jihatdan turgun, o’zgaruvcham tarkibli bir jinsli sistemalarga aytiladi. Erishda o’z agregat holatini saqlab qoladigan modda erituvchi deyiladi.
  • Eritmalar 3 agregat holatda – qattiq, suyuq va gazsimon (bug’simon) holatda bo’ladi. Zarrachalarning katta-kichikligiga qarab eritmalar chin (zarrachalari 1mmk dan kichik) va kolloid eritmalar (zareachalari 1 dan 100 mmk gacha ) ga bo’ladi. Chin eritmalar erigan modda ionlarga dissotsiatsiyalanishi yoki dissotsiyalanmasdan molekulalar xolida qolishiga qarab ionli yoki molekulyar bo’lishi mumkin. Zarrachalari 100 mmk dan katta bo’lgan aralashmalar osilmalar – dag’al dispers sistemalar deyiladi Ularga suspenziya, emulsiya, aerazollar, ko’piklar har xil kukunlar kiradi.

Ionli, kolloid eritmalar

  • Ionli eritmalar suvda yaxshi dissotsiatsiyalanadigan tuzlar, kislotalar, asoslar, masalan, NaCl, Na2SO4, HCl, NaOH va boshqalar eritilgamda olinadi. Glyukoza, mochevina, glitserin va disotsiatsiyalanish xususiyatiga ega bo’lmagan boshqa moddalar molekulyal eritmalar hosil qiladi. Chin eritmalarning hammasi tarkibining gomogenligi va erigan zarrachalar bilan erituvchi o’rtasida fizik sath bo’lmasligi bilan farq qiladi.
  • Kolloid eritmalarga maxsus usulda tayyorlangan temir (III) – gidroksid, mishyak (III) – sulfidi, bariy sulfat va inson a’zolaridagi barcha suyuqliklar kiradi. Ularning molekulalari ma’lum sharoitda kattaligi 1 dan 100mmk gacha yetadigan zarrachalar shaklida birikadi. Kolloid eritmalar xossalari jihatdan chin eritmalardan keskin farq qiladi. Ular geterogendir, chunki fazalari – erigan modda (dispers faza) va erituvchi (dispers muhit) orasida ajralish sathi mavjuddir.

Yuqori molekulyar birikmalar

  • Oqsillar, polisaxaridlar, kauchuk eritmalari chin eritmalar xossasiga ham, kolloid eritmalar xossasiga ham ega bo’lib, maxsus guruhga ajratiladi. Ko’pgina yuqori molakulyar birikmalar tegishli erituvchilarda kolloid eritmalarning xossalariga ega bo’lgan eritmalar hosil qiladi. Ular sekin-asta diffuziyalanadi dializatsion membranalardan o’tmaydi, zarrachalarnjnv katta kicbikligi kolloidlardagiga mos keladi.
  • Biroq kolloidlardan farqli o’laroq, yuqori molekulyar birikmalarning eritmalarida satx chegarasi bo’lmaydi, bundan tashqari, ular ma’lum suyuqliklarda stabilizator yoki tashqi energiyatalqb qilmasdan o’z-o'zidan erib ketish xususiyatiga ega. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari nihoyatda turg’un bo’ladi.

Eritmalar konsentratsiyasi va ularni ifodalash usullari

  • Eritmaning konsentratsiyasi deb, eritma yoki erituvchining aniq massa miqdorida yoki aniq hajmida erigan moddaning miqdoriga aytiladi
  • Massa ulushi bu erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga bo’lgan nisbatidir
  • Hajm ulushi bu erigan modda hajmini umumiy hajmga bo’lgan nisbatidir
  • Mol ulushi bu erigan modda mollar miqdorining eritma mollar miqdoriga nisbati bilan o’chanadigan kattalikdir
  • Molyar konsentratsiya bu bir litr eritmadagi erigan moddaning mollar miqdori bilan o’lchanadigan qiymatidir
  • Molyal konsentratsiya bu bir killogramm erituvchidagi erigan moddaning mollar miqdori bilan qiymati
  • Mikrogramm – foiz konsentratsiya (mkg%) 100 mg eritmada erigan moddaning mikrogrammdagi miqdorini ko'rsatadi

Eritmalarning kolligativ xossalari

  • Eritmalarning qator xususiyatlari undan erigan moddaning tabiatiga bog’liq bo’lmasdan, balki uning miqdoriga, jumladan molyar konsentratsiya wiymatiga bog’liq bo’ladi. Eritmalarning bunday xossalari – kolligativ (umumlashtirilgan) xossar deyiladi
  • Tabiati jihatidan ideal eritmalarga yaqin bo’lgan sistemalarning umumlashtirilgan xossalari deganda osmotik bosin, eritma satxidagi to’yingan bosmining kamayishi, qaynash haroratining ortishi va muzlash haroratining pasayishi holatlari tushuniladi

Osmos va osmotik bosim

  • Osmos – erituvchi molekulalarining yarim o’tkazuvchi membranalar orqali erituvchidan eritmaga (yoki kichik konsentratsiyali eritmadan katta konsentratsiyali eritmaga)o'tishidir
  • Masalan, shisha naychaning og’zini suv o’tadigan, lekin saxaroza molekulalari o’taol.maydigan sellofan yoki kollodiyan yasalgan membrana bilan yopib, naychaga saxsrozaning konsentrlangan eritmasidan quyib suv solingan idishga tushirilganda bir oz vaqt o’tgandan so’ng naychadagi suyuqlik ancha ko’tarilib qolganligi qayd qilinadi. Idishdagi suvning analizi suvda saxaroza yo’qligini ko’rsatadi. Bunda faqat erituvchi( suv) molekulalarigina membranadan o’tadi
  • Osmotik muvozanat yuzaga kelgan paytda o’lchab olingan bosim shu eritmaning osmotik bosimiga to’g’ri keladi

Download 393,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish