mida) kremniy va marganets kabi oksidlantiruvchi eiementlami kiritish kerak. Tarkibida yetarli miqdorda oksidsizlantiruvchilar bo‘lgan legirlangan poMatlar so‘ndiradi. Shunday qilib, himoya gazlari muhitida payvandlashda uglerodning payvand chokida g‘ovaklar hosil qila oladigan oksidlari hosil boMishini so‘ndirish va payvand chokning azotlanishini bartaraf qilish uchun payvandlash vannasiga oksidlantiruvchi elementlarni kiritish zarur [3].
Karbonat angidrid gazining himoya muhitida payvandlashda, bu gaz payvandlash vannasining erigan metallini havo kislorodi va azotidan himoya qilish bilan birga, o‘zi yoy zaryadsizlanishida parchalanib, metallni oksidlovchi boMib qoladi:
C0
2=C0+l/20
2
Fe
suyuq+l/20
2=[Fe0]
C02+FeSUyuq=[Fe0]+C0
bunda FeO - temirning temirda eriydigan chala oksidi.
Shunday qilib, inert gazlari himoya muhitida payvandlashda- gidek, bu holda ham uglerod oksidi hosil boMadi, u payvandlash vannasi metallining kristallanish jarayonida metallda g‘ovaklar hosil qiladi. Is gazi (CO) hosil boMishini so‘ndirish uchun payvandlash vannasining suyuqlangan metalliga qo'shimcha sim orqali oksidsizlantiruvchi elementlar - kremniy va marganets kiritiladi.
Himoya gazlari muhitida payvandlash apparatlari va uskunalari
Himoya gazlarda yoyli payvandlash usuli bilan payvandlash ishlarini olib borish uchun texnologik jihozlar jamlanmasiga: yoy ta’minlash manbai, gaz apparaturalari, gazli magistrallari asboblari, payvandlash apparatlari (yarim avtomatlar, avtomatik payvandlash uchun osma kallaklar, payvandlash traktorlari) kiradi.
Gazli magistral jamlanmasiga: gaz balloni, qizdirgich va qurit- gich, (faqat CO2 gazi uchun), reduktor, sarf oMchagichlar va bu elementlarni payvandlash gorelkasiga ulovchi shlanglardan iborat boMadi.
Ballondan suyuq karbonat angidrid gazi chiqarilayotganda u bugManadi, gaz harorati tez pasayib ketadi. Reduktor kanallarida
namlik muzlab va muz bilan to‘ 1 ib qolmasligi uchun, reduktor va ballon ventili orasiga elektr qizdirgich o‘matiladi (1.4.6-rasm).
rasm. Gazni elektr qizdirgich chizmasi:
- korpus; 2 -g‘ilof; 3 - quvurli spiralsimon isitgich; 4 — issiqlikni saqlash izolatsiyasi; 5 - qizdiruvchi element; 6 - qisqichlar.
Gazni elektr qizdirgichi korpusdan (1), g‘ilofdan (2), quvurli spiralsimon isitgichdan (3), issiqlikni saqlash izolatsiyasidan (4) va qizdiruvchi elementdan (5). Qisqichlarga (6) o'zgarmas (20 V) yoki o‘zgaruvchan (36 V) kuchlanishlar uzatiladi. Gaz quvurli spiralsimon isitgichdan (3) o‘tib, 10...15°C haroratgacha qiziydi.
Do'stlaringiz bilan baham: