Inert gazlar muhitida elektrodning erishi natijasida hosil bo‘lgan payvandlash yoyi konus shaklida bo‘lib, uning ustuni ichki va tashqi zonalardan iborat. Ichki zona ravshan yorug‘likka va katta haroratga ega boMadi.
Ichki zonada metallning ko‘chirilishi sodir boMadi va uning atmosferasi metallning shu’lalanuvchi bug
1 lari bilan toMgan boMadi. Tashqi hudud yorugMigining ravshanligi kamroq va ionlashgan gazdan iborat boMadi.
Inert gazlar muhitida payvandlash
Argon va geliy muhitida payvandlash suyuqlanadigan va erimaydigan (volfram) elektrodlar bilan olib boriladi
Argon-yoy bilan payvandlash legirlangan poMatlami, rangli metallar va ulaming qotishmalarini biriktirishda qoMlaniladi, u o'zgarmas va o‘zgaruvchan tokda eriydigan va erimaydigan elektrodlar bilan bajariladi (1.4.5-rasm).
QoMda argon-yoy bilan payvandlashda volfram elektrodning uchi konus shaklida o‘tkirlanadi. 0‘tkirlangan uchining uzunligi, odatda, elektrod diametrining ikki-uch qismiga teng boMishi kerak.
Yoy maxsus ko‘mir plastinada yondiriladi. Yoyni asosiy metallda yondirish tavsiya etilmaydi, chunki bunda elektrodning uchi ifloslanishi va suyuqlanib isrof boMishi mumkin [2].
Yoyni yondirish uchun salt yurish kuchlanishi oshirilgan ta’minlash manbaidan yoki kuchlanishi yuqori qo'shimcha ta’minlash manbaidan (ossillyatordan) foydalanish mumkin, chunki yoyni yondirish potensiali va inert gazlarining ionizatsiyalanishi kislorod, azot yoki metall bugMariga qaraganda ancha yuqori. Inert gazlar yoyining razryadlanishi yuqori turg‘unligi bilan farq qiladi.
Erimaydigan volfram elektrodi bilan o‘zgaruvchan tokda payvandlashning o‘ziga xos xususiyati - payvandlash zanjirida o‘z- garmas tok tashkil etuvchisining hosil boMishidir. Bu tashkil etuvchi tokning kattaligi payvandlash zanjiridagi o‘zgaruvchan tok effektiv qiymatining 50% igacha yetishi mumkin. Tokning to‘g‘rilanishi, ya’ni o'zgarmas tok tashkil etuvchisining hosil boMishi - volfram elektrodning oMchamlari va shakliga, buyumning materialiga hamda payvandlash rejimi (tokning kattaligi, payvandlash tezligi va yoy- ning uzunligi) ga bog‘liq. Payvandlash zanjirida o‘zgarmas tok tashkil etuvchisining paydo bo‘lishi, ayniqsa, aluminiy va uning qotishmalarini payvandlash jarayonida salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
rasm. Himoya gazlarda payvandlash chizmasi: a - to ‘g'ri qutbli о ‘zgarmas tokda erimaydigan elektrod bilan; b — o ‘zgarmas tokda erimaydigan elektrod bilan; d — teskari qutbli