2C02=2C0+02
Yoyning harorati hamma joyda bir xil boMmaganligidan yoy zonasidagi gaz aralashmasining tarkibi ham bir xil boMmaydi. Yoyning harorati yuqori boMgan o‘rta qismida karbonat angidrid gazi toMa dissotsiatsiyalanadi. Payvandlash vannasiga yondosh muhitda karbonat angidrid gazining miqdori kislorod va is gazining jami miqdoridan ortiq boMadi.
Gaz aralashmasining har uchala komponenti metallni havo ta’siridan himoya qiladi, shu bilan bir vaqtda, uni, elektrod simi tomchilari vannaga o‘tganida ham, sirtiga o‘tganida ham oksidlaydi:
Fe+C02=Fe0+C0 Mn+C02=Mn0+C0
Si+2C02 = Si02+2C0 2С+2СОг = 2CO+2CO
2Fe+02=2Fe0 2Mn+02=2Mn0
Si+02=2Si0 2C+202-2C02
Elementlaming oksidlanish tartibi va intensivligi ulaming kis- lorodga nisbatan kimyoviy moyilligiga bog‘liq. Boshqa elementlar- ga qaraganda kislorodga juda moyil boMgan kremniy oldin oksidlanadi. Marganetsning oksidlanishi ham, shuningdek, temir va ugle- rodning oksidlanishiga qaraganda ancha intensivliroq sodir boMadi. Demak, karbonat angidrid gazining oksidlash potensialini qo‘shim- cha simga ortiqcha kremniy va marganets kiritish bilan neytrallash mumkin. Bu holda temiming oksidlanish reaksiyasi va uglerod oksidlari hosil boMadigan reaksiyalar so‘ndiriladi, ammo atmosfera havosiga nisbatan karbonat angidrid gazining himoya funksiyalari saqlanib qoladi.
Eritib yopishtirilgan metallning sifati payvandlash simidagi kremniy va marganetsning foiz hisobidagi miqdoriga bogMiq (karbonat angidrid gazining sifati talabga javob berganda). Eritib yopishtirilgan metallning yaxshi sifatli boMishi, uglerodli poMatlami payvandlashda, sim tarkibidagi Mn ning Si ga nisbati 1,5-2% ni tashkil etganda kafolatlanadi.
Kremniy va marganetsning hosil boMadigan oksidlari suyuq metallda erimaydi, balki o‘zaro ta’sirlashib, oson eruvchan birikmalar hosil qiladi, bu birikmalar esa shlak ko‘rinishida payvandlash vannasi sirtiga qalqib chiqadi.
Himoya gazlari muhitida payvandlash metallurgiyasi
Gazlar payvandlash vannasining erigan metallini havoning azoti va kislorodidan himoya qilish xossasiga qarab inert hamda faol gazlarga boMinadi.
Inert gazlarga argon va geliy kiradi, ular payvandlash vannasining erigan metalli bilan deyarli ta’sirlashmaydi.
Faol gazlarga karbonat angidrid, azot, vodorod va kislorod kiradi.
Faol gazlar payvandlash vannasining erigan metall bilan kimyoviy ta’sirlashishiga qarab neytral va ta’sirlanuvchi boMishi
106
mumkin. Masalan, azot misga nisbatan neytral gazdir, ya’ni mis bilan hech qanday kimyoviy birikma hosil qilmaydi. Faol gazlar yoki ularning parchalanish mahsulotlari yoyning zaryadsizlanish jarayonida, payvandlash vannasining erigan metalli bilan birikishi va unda erishi mumkin, buning natijasida payvand chokning mexanik xossalari keskin pasayadi, kimyoviy tarkibi esa belgilangan talab va standartlarga mos kelmaydi. Ammo shuni ham ta’qidlab o‘tish lozimki, metallda eriydigan ba’zi bir gazlar hamma vaqt zararli qo‘shilma bo‘lavermaydi. Masalan, azot uglerodli po‘latlarda zararli qo‘shilma hisoblanadi (nitridlar hosil qiladi), buning natijasida payvand chokning mexanik xossalari va eskirishga chidamligi keskin pasayib ketadi, vaholanki, austenit sinfidagi po‘latlarda azot foydali qo‘shilma hisoblanadi. Uglerodli poMatlami argon-yoy bilan payvandlashda puflash uchun faqat argon yoki karbonat angidriddan emas, balki azotdan ham foydalanish mumkin, lekin bunda payvandlash vannasiga kremniy va marganets kabi oksidlantiruvchi qo‘shimcha elementlar kiritilishi kerak. Shuning uchun tanlangan gaz va qo‘shimcha material payvand chokning belgilangan mexanik xossalarini, kimyoviy tarkibini va strukturasini ta’minlashi zarur. Inert gazlaming himoya muhitida payvandlashda payvandlash vannasining erigan metalli havo kislorodi va azotdan himoyalangan boMadi, shuning uchun metallurgik jarayonlar faqat payvandlash vannasining erigan metallida boMgan elementlar orasida sodir boMishi mumkin.
Masalan, agar payvandlash vannasida kislorodning temir chala oksidi FeO tarzidagi bir oz miqdori boMsa, u holda uglerodning yetarli miqdori mavjud boMganda metallda erimaydigan uglerod oksidi (is gazi) CO hosil boMadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |