Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Reklama 

qilishda 

foydalaniladigan 

vositaga talablar

Oldindan  biror 

fikrga 

kelmaslik

Chuqur 

bilimga egalik

Tahririy 

materiallarga 

muvofiqlik

emossionallik

reyting

Muloqot 


doirasining 

qiziqish 

darajasi



 

169 


Institutga  qabul  haqidagi  e’lonlarni  avtobus  bekatiga  yoki  simyog’ochlarga 

yopishtirib ketmaslik kerak, chunki bunda samara deyarli nolga teng bo’ladi. 

Biz  tovar  markasini  reklama  qilishni  rejalashtiradigan  bo’lsak,  kutilayotgan 

emosional taassurot darajasini bashorat qilish kerak. So’ngra unga eng mos keladigan 

reklama  qilishda  foydalaniladigan  vositalar  tanlanadi.  Shu  sababli  pardoz-andoz  va 

attorlik  mollari  uchun  xira  yorug’likning  «shirin  hayoti»  ommalashtiriladigan 

jurnallar  eng  yaxshi  hisoblanadi.  Emosional  taassurotni  o’tkazish  samarasi  xabar 

bilan  manfaatdor  muloqot  doirasi  tanishgan  paytda  kuchayadi.  Idrok  qilish  paytida 

dastlabki  fikrlar  o’zgarishi,  reklama  qilinayotgan  tovarga  nisbatan  shubhalar 

kamayishi  mumkin.  Biroq  qator  tadqiqotchilarning  ta’kidlashicha,  reklama 

professionallar  tilida  «po’choq,  shulxa»  (pod)  deb  ataladigan  reklama  tanaffusining 

oxirida berilganda emosional idrok qilish keskin pasayadi. 

Muloqot  doirasining  manfaatdorlik  darajasi  reklama  qilishda  foydalaniladigan 

vosita  ifodalaydigan  asosiy  material  bilan  ta’minlanadi.  Tomoshabin  ko’rsatuvchi 

qanchalik  diqqat  bilan  kuzatadigan  bo’lsa,  unda  beriladigan  reklama  shunchalik 

samarali  bo’ladi.  Shu  sababli  ommaviy tomoshabinlarning eng  katta  qiziqishini  jalb 

qiladigan dasturlar bilan qo’shni bo’lish muhim ahamiyatga ega. Biroq agar ko’rsatuv 

juda  katta  qiziqish  uyg’otadigan  bo’lsa,  reklama  samaradorligi  pasayadi  va  hatto 

asabni qo’zg’atadi, bezovta qiladi. 

Reklama  vositalarini  ishga  tushirishda  muloqot  doirasini  qamrab  olish  muhim 

fursat  hisoblanadi.  Reklama  xabarini  shunday  joylashtirish  kerakki,  uni  maqsadli 

muloqot doirasi ko’rishi va eshitishi lozim. buning  uchun eng to’g’ri keladigan vaqt 

tanlanadi. Masalan, kech oqshom va erta tongda odamlar, qoidaga ko’ra, bo’shashgan 

holatda va axborotga ta’sirlanuvchanlik darajasi yuqori bo’ladi. 

E’tiborni  muloqot  doirasini  barqarorlik,  originallik,  dolzarblik  bilan 

«ilintiradigan» detal (trigger) bilan ushlab  qolish kerak. Tahlillarning ko’rsatishicha, 

reklama vositalari iste’molchiga bir xilda ta’sir etmaydi. 

Yakka  tartibdagi  (individual)  iste’molchi  tashqi  reklama  va  transport 

reklamasiga  ko’proq  e’tibor  qaratadi,  ayniqsa,  agar  tovarlar  nomenklaturasi  doimiy, 

ishlab  chiqaruvchining  nomi  esa  qisqa  bo’lsa  (VITA  korxonasi  pishloqlari). 




 

170 


Ko’rinarli  joyga  muvaffaqiyatli  joylashtirilgan  reklamani  har  kuni  bir  talay  odam 

ko’radi. Yaxshi matn, shrift va badiiy bezaklar bilan bu reklama oson yodda qoladi va 

tovar  tez  taniladigan  va  odatiy  tovarga  aylanadi.  Mutaxassislar,  aksincha,  asbob-

uskuna xarid qilish imkoniyati haqidagi asosiy axborotni maxsus nashrlardan oladi. 

Matbuotdan  yangi  markalar  uchun  reklama  kampaniyalarida  foydalanish 

samarali  bo’ladi.  Yangi  chiqqan  nashr  sonini  o’qishda  iste’molchi  yangi  sigareta 

qutisini  ko’chadagi  plakatlardan  ko’ra  detalliroq  ko’rib  chiqishi  va  eslab  qolishi, 

ushbu marka xususiyatlari haqida ma’lumot beradigan e’lon matnini yaxshilab o’qib 

chiqishi mumkin. 

Televizion  reklama  yaqqol  ko’zga  tashlanadi,  lekin  ancha  qimmat  ekanligi 

sababli  ko’pchilik  qayta  ishlash  korxonalari  undan  foydalana  olmaydi.  1  daqiqa 

reklama namoyish etish uchun narxlar kanalga va vaqtga (kunduz, oqshom, dam olish 

kuni) qarab korxona imkoniyatlaridan katta bo’lishi mumkin. 

Matbuot  nisbatan  arzon  va  amaliy  natija  beradigan  vosita  hisoblanadi,  buning 

ustiga, odamlar yangiliklarni gazetalardan bilib olishga ko’iqqan, demak, yangi tovar 

yoki  taklif  etilayotgan  xizmatlar  haqida  axborot  bu  yerda  darhol  ko’zga  tashlanadi. 

Bunda  gazeta  yoki  jurnalda  bitta  e’lon  qiymati,  uni  tuzish  xarajatlarini  hisobga 

olmagan holda, telereklamadan ancha arzonga tushadi.  

Hamma  narsa  muayyan  shart-sharoitlar  bilan  belgilanadi.  Har  bir  reklama 

qilishda foydalaniladigan vosita iste’molchiga ta’sir ko’rsatish noyob vositasi sifatida 

o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Demak,  raqobatchilar  strategiyasi,  talab  qilinadigan 

xarajatlar  va  ta’sir  ko’rsatish  nuqtai  nazaridan  reklama  kampaniyasi  optimal 

variantini tanlashni taqozo etuvchi ta’sir ko’rsatish dasturi zarur. 

Samarali  reklamaga  misol qilib Milk  Advisory  Board kompaniyasi tomonidan 

amalga  oshirilgan  sut  mahsulotlarini  ilgari  surish  bo’yicha  reklama  kampaniyasini 

ko’rsatish  mumkin.  Marketing  tadqiqoti  shuni  ko’rsatdiki,  odamlar  sut  ichmay 

qo’yishining  sababi  shunda  ediki,  odamlar  sutni  yuqori  kalroiyali  ovqatlarga 

qo’shimcha deb hisoblagan va yanglish ravishda moy tarkibi kam bo’lgan sutda oziq 

moddalari  oddiy  sutdagidan  kam  bo’ladi  deb  o’ylagan.  Oqibatda  kompaniya  o’z 

strategiyasini o’zgartirib, sut tarkibidagi bolalik va yoshlik davrida odam suyaklarini 




 

171 


shakllantirish  va  qarishni  sekinlashtirish  uchun  zarur  bo’lgan  kalsiy  moddasining 

rolini alohida ta’kidlay boshladi. 

Sutning  jalb  etuvchanligini  oshirish  uchun  mashhur  sportchilar  ishtirokida 

reklama roliklari ishlab chiqildi. Iste’molchilar  maqsadli segmenti sifatida haqiqatda 

sutga  va  kalsiyga  ehtiyoj  sezadigan  25-44  yoshdagi  ayollar  tanlab  olindi.  Sut 

pozisiyasini  o’zgartirish  bo’yicha  sa’y-harakatlar  amalga  oshirildi.  Reklamada  sut 

shubhasiz obro’-e’tiborga ega bo’lgan katta yoshdagilar bilan bog’liq bo’ldi. ular sut 

suyaklar  uchun  foyda  ekanligini,  yog’sizlashtirilgan  sut  esa  kam  kaloriyali  parhez 

uchun  to’g’ri  kelishini  aytdilar.  Sportchilar  sutning  kuchni  tezda  tiklash  qobiliyati 

haqida gapirdilar. 

Kampaniyani  qo’llab-quvvatlash  uchun  «Sut.  Mo’lovingiz  qani?»  konkursi 

elon  qilindi.  Konkurs  qatnashchilari  sut  xarid  qilinganini  tasdiqlaydigan  chek  va 

konkursda  ishtirok  etish  uchun  to’ldirilgan  (magazinda  olingan)  blank  bilan  birga 

biron kishining mo’ylov shaklidagi sut izi tushgan fotosuratini yuborgan. 

«Mo’ylovingiz  qani?»  shiorining  g’oyasi  juda  serunum  bo’lib  chiqdi.  U  sutni 

targ’ib  qilishga  rozilik  bildirgan  mashhur  kishilar  kabi  sut  ham  mashhur  ramzga 

aylanishiga  yo’naltirilgandi.  Kutilmaganda  mashhur  kishilar  paydo  bo’lishi:  "Sut. 

Mana  senga  kutilmagan  sovg’a!",  "To’g’ri  yo’l  tuting.  Kuniga  uch  stakan  sut  ", 

"Kalsiy? Bu mening xayolimdan ketmaydigan g’oya " va "Sut – ma’budalar ichimligi 

" kabi shiorlar bilan kuchaytirildi. 

Reklama  kampaniyasining  umumiy  byudjeti  100  mln  dollardan  ortiq  bo’di. 

Konkurs  uchun  ishlab  chiqilgan  posterda  mashhur  yulduzlar  fotosuratlaridan 

foydalanildi.  G’olib  uchun  mukofot  –  Avstraliyaga  sayohat  va  sut  izi  shaklidagi 

mo’ylov  bilan  rasmga  tushib,  Rolling  Stone  jurnal  jurnali  reklamasida  mashhur 

bo’lish imkoniyati bo’di. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish