Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
 


243 
13-BOB. REKLAMA-MARKETING KOMMUNIKATSIYASI TIZIMIDA 
13.1. Marketing kommunikatsiyalari tushunchasi va uning marketing 
majmuidagi roli 
Yigirmanchchi asrning elliginchi yillari iqtisodiy amaliyotga marketing 
konsepsiyasi – tadbirkorlikning yangi «falsafasi» keng va chuqur kirib borishi bilan 
tavsiflanadi. Uning shioriga ishlab chiqariladigan narsani sotish emas, balki sotiladigan 
narsani ishlab chiqarish aylandi. 
Marketing keng qo‘llanguniga qadar bozor faoliyatining asosiy maqsadi – 
maksimum foyda olish – turli yo‘llar bilan ta’minlangan. Ularning asosiylari 
quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning ekstensiv rivojlanishi, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmining oddiy o‘sishi (ishlab chiqarishni takomillashtirish 
konsepsiyasi); ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat tavsifnomalari yaxshilanishi 
(tovarni takomillashtirish konsepsiyasi); tovarni xaridorga majburlar o‘tkazish (tijorat 
harakatlarini qizg‘inlashtirish konsepsiyasi). 
Marketing esa butun bozor faoliyatida asosiy e’tiborni ehtiyojlarning samarali 
qondirilishiga qaratadi. marketing majmuining asosiy elementlaridan biri marketing 
kommunikatsiyalari tizimi hisoblanadi. 
Marketing kommunikatsiyalari tizimini (ingl. communication — aloqa, xabar) 
umumiy ko‘rinishda kommunikatsiya usullari, kanallari va qatnashchilarini 
birlashtiradigan umumiy kompleks sifatida tavsiflash mumkin. Bunda shuni ham 
ta’kidlash joizki, marketing kommunikatsiyalari tizimining roli muntazam o‘sib 
bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, to‘yingan bozor sharoitlarida ajoyib tovar yaratishning 
o‘zi kifoya qilmaydi. Masalan, o‘rtacha supermarketda tovar nomenklaturasi yigirma 
mingdan ortiq assortiment pozitsiyasini qamrab oladi. Deyarli barcha tovarlar yuqori 
sifatga ega bo‘lib, shu sababdan sotuvchi tovarga maqbul keladigan narx belgilashi, 
uning ochiqligi va xaridor uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi etarli emas. 
Muvaffaqiyatga faqat sotuvchi u bilan o‘zaro aloqalar, o‘zaro tushunishni o‘ringa 
qo‘yadigan, ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydigan hollardagina 


244 
erishishi mumkin. U o‘z hamkorlari va iste’molchilarning ehtiyojlari haqida to‘xtovsiz 
qayg‘urish taassurotini shakllantirishi lozim. 
Marketing kommunikatsiyalari o‘z faoliyati bilan tovarni iste’molchi tomon 
harakatlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan turli firmalarga va muayyan kishilarga 
yo‘naltiriladi. 
Marketing kompleksining eng muhim elementlaridan biri hisoblangan holda 
marketing kommunikatsiyalar tizimi pirovardida firmaning umumiy marketing 
maqsadlariga erishishga xizmat qiladi. 
Unga nisbatan bo‘ysunadigan, rivojlantiruvchi maqsadlar sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
-
iste’molchini motivatsiyalash; 
-
xaridorning ehtiyojlarini yuzaga keltirish, shakllantirish va dolzarblashtirish; 
-
tashkilot va jamoatchilik, marketing faoliyati bo‘yicha hamkorlar o‘rtasida 
xayrixoh munosabatlar va o‘zaro tushunishni qo‘llab-quvvatlash; 
-
tashkilotning ijobiy qiyofasini (imidjini) shakllantirish; 
-
jamoatchilikni tashkilot faoliyati haqida xabardor qilish; 
-
maqsadli doiralar e’tiborini tashkilot faoliyatiga jalb qilish; 
-
firma tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar haqida axborot taqdim etish; 
-
firma markasiga nisbatan xaridorda moyillik shakllantirish; 
-
nasihat qilish; 
-
xaridorda markani afzal ko‘rish va xaridni amalga oshirish zaruratiga ishonch 
shakllantirish; 
-
xarid holatini rag‘batlantirish; 
-
firma, uning tovarlari va h.k. haqida eslatish. 
O‘z navbitda, marketing kommunikatsiyalari maqsadlarini tanlash ko‘p jihatdan 
ularga erishish uchun foydalaniladigan vositalarni belgilab beradi. 
Marketing kommunikatsiyalarining asosiy vositalari reklama, tijorat targ‘iboti, 
sotuvni rag‘batlantirish, shaxsiy sotuvlar hisoblanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish