Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanidagi



Download 221,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana20.09.2021
Hajmi221,64 Kb.
#180180
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kudirova Nilufar



Ta’lim sifatini oshirishda innovatsion pedagogik texnologiya vositalari 

va ularni joriy etishning asosiy belgilari 

                                                     

                                                     Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanidagi 

                                                     27-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi  

                                                     Kudirova Nilufar Uktamovna 

 

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  innovatsion  pedagogik  texnologiyalarni 

amalga oshirish uchun qo’llaniladigan o‘ziga xos vositalar, verbal muloqot va uning 

shakllari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

Kalit so’zlar: Innovatsion pedagogik texnologiya, verbal, noverbal, vizual, 

audio, tabiiy, o‘quv anjomlarimaktab, jihozlari. 



          Innovatsion  pedagogik  texnologiyalarni  amalga  oshirish  uchun  o‘ziga  xos 

vositalar zarur bo‘ladi. Har bir pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan vositalar 

umuman  o‘xshash  bo‘lib,  ularning  turlari  ko‘p.  Ularni  shartli  ravishda  quyidagi 

turlarga  ajratish  mumkin:  verbal,  noverbal,  vizual,  audio,  tabiiy,  o‘quv  anjomlari 

hamda maktab jihozlari. 

Verbal  vositalarning  asosini  axborot  tashkil  etadi.  Bular  so‘zlar  bilan 

ifodalanadigan  axborotlar  bo‘lib,  ularni  so‘zlar  orqali  ifodalab  berish  uchun 

o‘qituvchi uni o‘zlashtirgan bo‘lishi, ya’ni shu axborot haqidagi bilimga ega bo‘lishi 

lozim.  Boshqacha  aytganda,  pedagogik  texnologiyalarning  verbal  vositalarini 

o‘qituvchining bilimlari darajasidagi axborotlar tashkil qiladi. Shu sababli hozirda 

ta’lim  jarayonida  faqat  o‘qituvchi  va  o‘quvchining  ishtirok  etishi  etarli  bo‘lmay 

qoldi.  


Zamonaviy ta’limni amalga oshirishning yana bir zarur sharti o‘quv fanlari 

bo‘yicha axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalarining tez va 

qulay foydalanish imkonini beruvchi turlaridan har bir o‘quvchi va o‘qituvchi erkin 

foydalana  oladigan  sharoit  yaratishdan  iborat.  Ya’ni,  sifatli  ta’lim  berish  uchun 

an’anaviy ikkita tomon – o‘quvchi-o‘qituvchiga zarur axborotlarni etkazib turuvchi 

xizmatdan iborat uchinchi tomon faoliyatini tashkil qilish zarur. 

Bu yo‘nalish axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy qilish 

yo‘nalishi deb nomlanadi. Shu axborotlarni o‘quvchilar tushuna oladigan mantiqiy 

shakllarda ifodalash o‘qituvchi bilan o‘quvchining verbal muloqotini tashkil etadi.  

Verbal  muloqot  shakllari  har  xil  bo‘lib,  ularning  asosiylari  nutq  so‘zlash, 

ma’ruza,  suhbatlashish,  savol  so‘rash,  savolga  javob  berish,  bahs,  munozara, 

muzokara,  xabar  berish,  kengash,  maslahat,  nasihat,  tanbeh,  tabrik,  salomlashish, 

xayrlashish kabilarni o‘z ichiga oladi. 

Ushbu  verbal  muloqot  shakllarida  qo‘llaniladigan  nutq  intonatsiyalari 

so‘zlovchining fikrlaridagi uning maqsadiga muvofiq bo‘lgan ma’no-mazmunlarni 



chuqurlashtirish,  yaqqollashtirish  imkonini  beradi.  O‘qituvchi  o‘quvchi  uchun 

ma’lum  bo‘lgan  tushunchalarga  asoslangan  holda  yangi  axborotlarni  tanishtirib, 

tushuntirib  boradi.  Bu  jarayonda  o‘quvchilar  diqqatni  jamlash,  tinglash,  eshitish, 

anglash,  tushunish,  idrok  qilish,  mantiqiy  fikrlash  (tahlil  qilish,  qiyoslash, 

umumlashtirish),  xotirada  saqlash,  qayta  eslash  faoliyatlari  bilan  band  bo‘ladilar. 

Bunda o‘quvchining qiziqishi, havasi, ehtiyoji, manfaatdorligi, qobiliyat, iste’dod, 

iqtidori uning muvaffaqiyati asosi bo‘ladi. 

Yuqoridagi fikrimizning dalili sifatida verbal muloqot shakllaridan ayrimlari 

haqida to‘xtalib o‘tamiz. 


Download 221,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish