Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

13.3. Tijorat targ‘iboti 
Tijorat targ‘iboti, yoki pablisiti (ingl. publicity – ommaviylik, oshkoralik) ma’lum 
bir homiy tomonidan pul to‘lanmaydigan, radio, televidenie yoki sahnada taqimotlar 
yoki nashrlar vositasida tovar, xizmat yoki faoliyatga talabni shaxssiz 
rag‘batlantirishni ifodalaydi. 
O‘z maqsadlariga erishish uchun tijorat targ‘iboti ko‘p sonli va xilma-xil vosita 
va usullarni qo‘llaydi. Ularni bir necha yo‘nalish bo‘yicha tizimlatirish mumkin. 
1.Ommaviy axborot vositalari (matbuot, televidenie, radio) bilan aloqa: 
1.1.Firma tomonidan uning faoliyati muammolari muhokama qilinadigan 
matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil qilish. 
1.2.Ommaviy axborot vositalariga press-relizlar (yoki press-byulleten) tarqatish. 
1.3.Firma ishtirokida kino va telefilmlar, tele va radioreportajlar ishlab chiqarish; 
firmaning o‘zi haqida, uning xodimlari yoki faoliyat sohasi haqida maqolalar yozish. 
Maqola va filmlar notijorat, noreklama xarakteriga ega bo‘ladi. Ko‘pincha ilmiy-
ommabop, ocherk, voqea-hodisalarga oid va boshqa janrlar foydalaniladi. Muloqot 


250 
davomida auditoriya yoki firma nuqtai nazaridan zarur bo‘lgan axborot oladi, yoki
firma haqida uni yaxshi tavsiflaydigan, uning ijobi obrazini shakllantiradigan biron 
narsani bilib oladi. 
1.4.Rahbariyat va boshqa xodimlarning ommaviy axborot vositalariga 
intervyusini tashkil etish. 
1.5.Ommaviy axborot vositalari muharrirlari va boshqa xodimlari bilan
xayrixohlik, imkon bo‘lganda esa do‘stona munosabatlar o‘rnatish (jurnalistik lobbi 
shakllantirish). 
Yirik 
tashkilotlarda 
bu 
ishlarni 
muvofiqlashtirish 
bilan 
shug‘ullanadigan matbuot bilan aloqalar uchun javobgar shaxslar tayinlanadi. 
2. Bosma mahsulot vositasida pablisiti quyidagi shakllarga ega bo‘ldi: 
2.1.Firma faoliyati haqida yillik rasmiy hisobotlar chop etish. Ko‘plab 
mamlakatlarda ayrim korxona turlari (masalan, aksiyadorlik jamiyatlari) uchun 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari haqida ma’lumotlar chop etish majburiy bo‘lib, 
bu qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan. 
2.2.Firmaning targ‘ibot taqdimotini nashr etish. Odatda nufuzli prospektda firma 
tarixi, uning erishgan eng muhim yutuqlari aks ettiriladi. Ayrim holatlarda u o‘quvchini 
firmaning tashkiliy strukturasi, uning rahbarlari bilan tanishtiradi. SHunday qilib, 
prospekt firma va jamoatchilik o‘rtasida ishonch va ochiqlik muhiti shakllanishiga 
xizmat qiladi. Odatda ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, hukumat muassasalari, 
ishbilarmon hamkorlar, ta’lim muassasalari va h.k. jo‘natmalarni oluvchilar 
hisoblanadi. 
2.3.Firma jurnalini nashr etish (boshqa ommaviy axborot vositalari tashkil etish). 
Bu eng qimmatga tushadigan targ‘ibot vositalaridan biri hisoblanib, jurnalni 
rasmiylashtirish (bezash) nuqtai nazaridan ham, uning mazmuni nuqtai nazaridan ham 
yuqori darajani ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. SHu sababli firma jurnali nashr 
etilishining o‘zi firmaning ahamiyati yuqori ekanligi, uning moliyaviy holati 
barqarorligidan dalolat beradi. 
Irlandiya aviakompaniyasi tomonidan nashr etiladigan «Geytvey» («Gateway» - 
ingl. «darvoza») firma jurnali nomerlaridan birini varaqlab ko‘ramiz. 


251 
Birinchi navbatda poligrafiya sifatining yuqori ekanligi o‘ziga e’tibor qaratadi. 
Jurnal muqovasida kompaniyaning firma uslubi elementlari (tovar belgisi va logotipi) 
mavjud. Birinchi sahifa o‘quvchilar firma rahbariyati tomonidan uning yubileyi 
munosabati bilan tabriklashga bag‘ishlanadi. Kompaniya boshqaruvchisining rasmi 
ham shu erda joylashgan – savlatli, xayrixoh kishi kulib turibdi. YAna uch sahifa 
yubiley munosabati bilan bayram tantanalari haqidagi hisobotga ajratilgan. Rangli 
fotosuratlar ijrosining yuqori darajada ekanligini qayd etib o‘tish zarur. Jurnalning 
qolgan barcha qismi (80 sahifa atrofida) bevosita aviakompaniya bilan bog‘liq emas. 
Bu erda turli ocherklar, hikoyalar, reportajlar, tovar ishlab chiqaruvchi firmalar 
reklamasi keltirilgan. SHu tariqa jurnalning o‘quvchilar orasida ommaviyligiga 
erishiladi. 
3.Firma vakillarining kasbiy yoki jamoat tashkilotlari qurultoylari va 
anjumanlarida ishtirok etishi. Firma o‘zi ishlayotgan faoliyat sohasi muammolari bilan 
bog‘liq ilmiy simpozium yoki seminar o‘tkazish tashabbusi bilan o‘zi ham chiqishi 
mumkin. 
4.Firma tomonidan voqea-hodisalarga oid turli tadbirlar tashkil etilishi: tashkilot 
yubileyi yoki muayyan bozorda faoliyat boshlaganining yillik marosimlari. Bularning 
keyingisi firma ular bilan ishlayotgan mamlakat ishbilarmon doiralari va keng 
jamoatchilik bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yayotgan tashqi savdo firmasi pablisitisi 
uchun juda muhimdir. 
Targ‘ibot tadbirlari uchun firma tomonidan ishlab chiqarilgan milloninchi tovar, 
umumiy ovqatlanish tarmog‘iga tashrif bergan yuz millioninchi mijoz va h.k. ham 
bahona bo‘lishi mumkin. 
5.Firmalarning davlat boshqaruvi organlariga yo‘naltirilgan faoliyati: 
5.1.Firmaning davlat boshqaruv organlariga «o‘z» odamlarini ilgari surishi (lobbi 
shakllantirish). 
5.2.Oliy sifatibilan ajralib turadigan yangilik-tovarlarning davlat rahbarlariga 
taqdim etilishi. Masalan, 1993 yil Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B. Elsinga VAZ-
2110 avtomobili taqdim etilgan. 


252 
5.3.Davlatning birinchi shaxslarining tashkilot tomonidan tashkil qilinayotgan 
bayram marosimlarida ishtirok etishga jalb qilinishi. Masalan, 1994 yil AQSH 
Prezidenti B.Klintonning «Ford motor» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan, 
mashhur «Mustang» avtomobil markasi bozorga chiqarilganining 30 yilligiga 
bag‘ishlangan tadbilarda ishtirok etishi. 
6.Boshqa pablisiti vositalari. Masalan, fotoko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kunlari, 
ommaviy chiqishlar, firmaning badiiy asarlarda ijobiy nuqtai nazardan ifodalanishi va 
h.k. 
Marketing kommunikatsiyalari turi sifatida tijorat targ‘ibotining asosiy jihatlari 
quyidagilar hisoblanadi: 

iste’molchilar doirasining keng qamrab olinishi; 

ishonchlilik; 

qo‘llanayotgan shakllar xilma-xilligi; 

ta’sir samarasini o‘lchashda reklamadan ham ko‘ra ko‘proq noaniqlik; 

keng 
miqyosli 
vazifalarni 
bajarishga, 
uzoq 
muddatli 
istiqbolga 
yo‘naltirilganlik; 

ko‘zga yaqqib turish, firma yoki tovarni samarali taqdim etish imkoniyati; 

maqsadli doira bilan bitta muloqotning o‘rtacha qiymati nisbatan yuqori 
emasligi; 

ob’ektivlikka davogarlik qiladigan axborotni bayon qilishning hikoya shakli. 
Ayrim belgilangan xislatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Iste’molchilarning tijorat targ‘iboti vositalari bilan keng qamrab olinishi quyidagi 
sabablar bilan izohlanadi. Birinchidan, axborot xarakteridagi (masalan, press-
relizlarda ifodalangan) materiallar bir vaqtning o‘zida ko‘plab ommaviy axborot 
vositalari tomonidan foydalanilishi mumkin. Ikkinchidan, tijorat targ‘ibotiga murojaat 
yangilik, dalil, ob’ektiv axborot shakliga ega bo‘lib, bu o‘quvchilarga reklama bilan 
taqqoslaganda ishonchliroq va haqqoniyroq bo‘lib ko‘rinadi. Reklama bilan 
muloqotlardan qochadigan auditoriya xuddi shu axborot bilan ilmiy-ommabop maqola, 
videorolik va h.k. ko‘rinishida qiziqib qolishi mumkin. ko‘plab holatlarda tahririyat 


253 
maydoni uchun targ‘ibot materiali taqdim etayotgan firma tomonidan pul to‘lanishiga 
qaramay, muloqotning o‘rtacha qiymati nisbatan yuqori bo‘lmaydi. 
Bularning barchasi tiorat targ‘ibotini marketing kommunikatsiyalari etarli 
darajada samarali vositasiga aylantiradi. 
Maqsadlar va ularga erishish vositalarida ma’lum bir o‘xshashliklardan kelib 
chiqib, tijorat targ‘iboti tashkilotlar faoliyat sohasining «pablik rileyshnz» (ingl. public 
– jamoatchilik; relations – munosabatlar, aloqalar) nomini olgan tarkibiy qismi sifatida 
ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Pablik rileyshnzning asosiy vazifasi firma imidjini yaratish va saqlash 
hisoblanadi. 
Bu vazifani hal etish uchun quyidagilardan foydalaniladi: targ‘ibot, matubotdagi 
javob tariqasida chiqishlar, barcha axborot tarqatish vositalarida pullik emas, balki 
tahririyat o‘rni va (yoki) vaqti, homiylik, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish, 
firma uslubini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash. 
Hozirgi paytda «marketing to‘plami» elementi sifatida pablik rileyshnzning 
ko‘plab ta’riflari mavjud. Buyuk Britaniya jamoatchilik munosabatlari instituti 
quyidagicha ta’rif beradi: «Pablik rileyshnz bu – tashkilot va jamoatchilik o‘rtasida 
do‘stona munosabatlar va bir-birini tushunish, hamjihatlik yaratish va qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan rejalashtiriladigan uzoq muddatli harakatlardir». 
Pablik rileyshnz «tendensiyalarni tahlil qilish, ularning oqibatlarini oldindan 
aytish, tashkilotlar rahbariyatiga tavsiyalar berish hamda tashkilotlar va jamoatchilik 
manfaatlarida harakatlar dasturini amalga oshirish fani va san’ati» sifatida ham 
ta’riflanadi. 
Hozirgi paytda pablik rileyshnz shiddat bilan rivojlanmoqda va «marketing 
to‘plami»da yirik va nufuzli firmalarning murakkab, mustaqil, samarali va juda amaliy 
vositasi sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi firmalar va 
sanoat kompaniyalari tomonidan potensial xaridorlar doirasini kengaytirish, ularning 
tovar haqida keng axborotlar olishi maqsadida foydalanilmoqda. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish