Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
9.2. Mediarejalashtirish
Kommunikasion ta’sir vositalarini tanlash menejerlardan mediarejalashtirish 
ko’ikmalarini, kommunikatsiya vositalari va vaqtini kombinasiyalash mahoratini, 
axborot tarqatish maqsadlari qo’yishni, maqsadli bozor imkoniyatlarini baholashni, 


172 
mavjud moliyaviy resurslar doirasida kommunikasion ta’sir jadvali ishlab chiqishni 
talab etadi. 
Mediarejalashtirishga ishonchlilik, o’z vaqtidalik, sermazmunlik, komplekslilik 
va bir vaqtning o’zida qo’yilgan vazifalarga erishish mumkinligini ta’minlash borasida 
qator majburiy talablar qo’yiladi. 
Mediarejaga bo’limlar sifatida quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq: asosiy 
marketing strategiyalari va maqsadlari, ta’sir ko’rsatiladigan muloqot doirasini tanlash, 
reklama va bozor marketing tahlili, mediastrategiya, reklama ta’siri jadvali, uni 
baholash va nazorat qilish. 
Mediarejalashtirish jarayonida taktik kommunikatsiya harakatlari va strategiya 
shakllantirish asosi hisoblanadi. Mediastrategiya muloqot doirasining xohish-
istaklariga muvofiq reklama vositalarini tanlash, ijodiy va kommunikativ tarkibiy 
qismlarni belgilash, samarali ta’sir ko’rsatish davrini o’z ichiga oladi. 
Ilgari surish maqsadini tanlash ta’sir etish ob’ekti va tarqatish vositalariga 
bog’liq bo’lib, sotishga bilvosita yoki bevosita ta’sir etuvchi, tovarni xarid qilish 
haqida qaror qabul qilishni yaqinlashtiruvchi barcha omillarni hisobga olishi kerak. 
Butun sotish zanjiri bo’yicha ulkan xarajatlar taklif etilayotgan tovar ustunliklari, u 
haqida xabardor qilish, xaridga undashi va bir necha marta xarid qilishga yo’naltirilishi 
lozim. 
Bozorni tahlil qilish natijalari bo’yicha reklama beruvchi reklama tufayli xaridor 
kuchli yoki kuchsiz jalb qilingan holda xarid haqida qaror qabul qilishini tushunishi 
lozim. Iste’molchi tovar markasini qanchalik kam bo’lsa va unga qanchalik ko’p 
qiziqsa, xarid haqida qaror qabul qilish uning uun shunchalik ko’p riskli bo’ladi. U 
xarid qilishga moyil bo’lganda reklama beruvchi uchun ijobiy qaror qabul qilish kam 
sonli variantlar bilan va osonroq erishiladi. Shu sababli ta’sir ko’rsatiladigan muloqot 
doirasi, masalan, aholining og’izdagi yoqimsiz hidni ketkazish, kariesnning oldini 
olish maqsadida yoki do’stlari davrasida bu narsa odatga aylangani uchungina saqich 
xarid qiladigan qismi o’rganiladi. Sabablar soni juda ko’p bo’lishi mumkin, ular diqqat 
bilan tadqiq qilinadi va muhimlik darajasi bo’yicha ranglarga ajratiladi. 
Marketologni ko’p hollarda so’rov natijalarini noto’g’ri talqin qilish xavfi kutib 
turadi. Odamlar o’zini bo’rttirib ko’rsatishi mumkin. Respondentlarning ko’pchiligi 
yangi va xilma-xil mahsulotlar xarid qilishni sidqidildan yaxshi ko’rishini, eng avvalo, 


173 
mahsulot sifatiga e’tibor qaratishini aytadi, haqiqatda esa xaridlarning katta qismini 
tovarlar narxi arzonlashtirligan magazinlarda amalga oshiradi. 
Biщ vrachlarning ovqatlanish rasionida yog’larni kamaytirish va kletchatka 
tarkibi yuqori bo’lgan non mahsulotlari iste’moli ulushini oshirish bo’yicha tavsiflarini 
ijobiy qabul qilamiz, lekin baribir oq non va shirin pishiriqlar, qaymoq va sariyog’ 
iste’mol qilishni davom ettiramiz. Ta’m va lazzat iste’molchi ongiga yopishib olib, 
uning xulq-atvorini buzib ko’rsatadi. Masalan, yoshlar uchun foydali emas, urf bo’lgan 
narsalar muhimroq sanaladi.
9.2-rasmdan ko’rinib turibdiki, kommunikatsiya tadbirlarini rejalashtirishda 
uchta asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: 
1) tovar bozori maqsadlarini belilash va muayyanlashtirish; 
2) rejalashtirilgan chora-tadbirlar o’tkazish strategiya va taktikasini ishlab 
chiqish; 
3) kommunikatsiya vositalari imkoniyatlarini tanlash va amalga oshirish. 
Ko’rib chiqilayotgan chora-tadbirlarni rejalashtirish zanjirida vaziyat tahlili 
mavjud axborotlarni umumlashtirish uchun zarur. U tadbirkorni qiziqtirayotgan 
vaziyatni aniqlashtirishga imkon beradi va talab hajmi va tabiati, raqobat, atrof-muhit 
omillari, mahsulot, xarajatlar, taqsimot tizimi, korxona imkoniyatlari haqida ko’p sonli 
savollarga javob topishni qamrab oladi. 
Tovarni tadqiq etish uning qo’llanishini, foydalaniladigan o’rovini, sifat va 
narxini, tovar markasi imidjini baholashni nazarda tutadi. ishlab chiqarish madaniyati, 
resurslar, korporativ maqsadlar, hayotiylik davri, joylashtirish va boshqalardan farqlab 
turadigan tavsifnomalarni baholash zarur. 
Bozorni tadqiq etish iste’molchining demografik va psixografik tavsifnomalarini 
ta’riflash, kim, qachon, qaerda va qanday qilib tovar oladi, xarid haqida qaror qabul 
qilishdan oldin nimalar qilinadi degan savollarga javob olishni nazarda tutadi. 
Raqobatchilarni tahlil qilish bozor ulushi, tovar tavsifnomalari, reklama ta’siri 
jadvali va strategiyasini kuzatishni taqozo etadi. 
SWOT-tahlil o’tkazish tadbirkorni kutib turgan afzalliklar va imkoniyatlarni, 
kamchiliklar va xavf-xatarlarni, ichki va tashqi omillarni aniqlashga imkon beradi. 
Вазият
таҳлили 
Истеъмолчиларни 
Товарни тадқиқ 
Рақобатчиларни 


174 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish