Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

9.3. Kommunikasion ta’sir jadvali 


178 
Mediagrafik ishlab chiqish reklama materiallari ishlab chiqarish, reklamani 
kommunikatsiya kanallarida joylashtirish, shuningdek, byudjetni kommunikatsiya 
vositalari o’rtasida taqsimlashga talablarni o’z ichiga oladi. 
Mediarejalashtirish jarayonida ko’pincha axborot tarqatish vositalarini asosiy va 
qo’shimcha vositalarga ajratish va ularni ilgari surish maqsadlarini hisobga olgan holda 
kampaniya davomida oqilona uyg’unlash haqida masala turadi. Axborot tarqatishning 
asosiy vositasi ushbu vaziyatda, qiymatdan qat’i nazar, ayniqsa, tovarning hayotiylik 
davri boshlang’ich bosqichlarida iste’molchi zaruriy xulq-atvorini eng samarali 
ta’minlaydigan bitta vositani asosiy vosita qilish kerak. 
Mos ravishda mediamiks dasturia reklama vositalarini kombinasiyalash 
potensial imkoniyatlarini baholash lozim. 
Mutaxassislar tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, bir qator pivo navlari reklamasini 
bir yil muddatga sotuv uchun jiddiy yo’qotishlarsiz to’xtatib turish mumkin. So’ngra, 
yarim yil davomida uzilib-uzilib beriladigan reklamaga murojaat qilib, sotuvning 
o’sish sur’atini tiklash, lekin reklama byudjeti mablag’larini sezilarli tejash mumkin. 
Bunday sur’at yangi tovarlar va mavsumiy sotuvlarga nisbatan qo’llanishi mumkin. 
Uzilib-uzilib beriladigan reklama samaradorligi kuponlar joylashtirish va narxni 
pasaytirishda sotishni rag’batlantirish bilan birgalikda oshiriladi. 
Agar reklama vaqtni chog’ qiladigan bo’lsa, takrorlash sharoitlarida u 
qo’shimcha yashamollikni namoyish etadi. Bunda takrorlashlar soni xabar tarkibiga 
kiritilgan elementlar soniga mutanosib ravishda o’sadi. Boshlang’ich ta’sir tezligi 
reklamani kuchaytirish davri bilan tavsiflanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 
iste’molchilar foydalanilayotgan mahsulotlar reklamasining faqat 21%ini xush 
ko’rmaydi, lekin ularga xarid qilinmaydigan tovarlar reklamasining 37%i yoqmaydi. 
Boshqa tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, takrolash tez-tezligi bo’yicha bir 
oy davomida to’rtta axborot muloqoti bilan cheklanish mumkin. Biroq agar to’rtta 
e’londan keyin ta’sir samaradorligi pasayadigan bo’lsa, intensivlik jadvalini 
kuchaytirish zarur, chunki amalda tomosha qilingan reklama va axborot ta’siri soni 
o’rtasida 50% darajada tafovut mavjudligi kuzatiladi. 


179 
Iste’molchilarning uzatilayotgan axborotni anglba yetishga motivasiyasi kamroq 
va moyillik darajasi pastroq bo’lgan unchalik nomi chiqmagan va yangi tovar 
markalari uchun ikki xarid orasidagi vaqt katta bo’lganda va bozor xuddi shunga 
o’xshash reklama xabarlari to’yingan hollarda axborot ta’siri takrorlanishi yuqoriroq 
bo’lishi mumkin. 
Uchta ketma-ketlikdagi reklama ta’sirlarining har biri samaradorlik bo’yicha 
farqlanadi. Birinchi reklama ta’siri qiziqish reaksiyasini uyg’otadi, ikkinchi reklama 
ta’siri esa – birinchi ta’sirni davom ettiradi va unga baholash reaksiyasi qo’shiladi. 
Uchinchi xabar eslatish funksiyasini bajaradi. Maqsadli muloqot doirasi 60% 
bo’lganda oyiga 2-3 ta axborot ta’sirini ta’minlash lozim. Ta’sir soni oshganda 
kommunikasion byudjet nooqilona foydalaniladi, chunki muloqot doirasining katta 
qismi ushbu taklifga javob bildirib bo’lgan. 
Tadqiqotchilar shuni ham ta’kidlaydiki, xabardorlik darajasi ko’ngildagidek 
bo’lishini ta’minlash uchun tovar markasining ikkita xaridi o’rtasidagi davrda 
iste’molchiga o’rtasa uchta reklama ta’siri kifoya. 
Demak, takrorlash samarali tez-tezligi 3-4 ta axborot muloqotiga mos keladi. 
Takrorlash samarali tez-tezligi yoki ta’sirlar minimal soni muloqot doirasi va xabar 
mazmuni o’rtaisda yetarli darajada isholnchli kommunikatsiya o’rnatilmaydigan eng 
quyi darajani ifodalaydi
Axborot ta’sirlari soni o’sishi xarajatlarni oshiradi va muayyan davrda 
belgilangan vazifalarni hal qilish uchun qo’llanadi. Axborot ta’siri vositalarini 
uyg’unlashtirishda tadbirkor qamrab olish, tez-tezlik, ketma-ketlik va xabarlar hajmi 
kabi tushunchalar bilan turli kombinasiyalarda o’zaro bog’liq bo’lgan reklama 
kampaniyasi elementlari sifatida ishlashi lozim. Uyg’unlashtirish variantlari muayyan 
sotuv vaziyati va tovarning hayotiylik davri, byudjet miqdori bilan belgilanadi. 
Shuni hisobga olgan holda tuzildigan kommunikasion tasvir grafigi quyidagi 
yo’nalishlarni aks ettirishi ko’zla tutilgan: 
- tovar (marka); 
- kommunikasion ta’sir tarqatish mintaqalari va vositalari turlari; 
- joylashtirish usuli (sotuv joylarida, ulgurji tarmoqda); 
- tovar narxi (baland, premium, o’rta, past) va iste’mol masumiyligi; 


180 
- kampaniya maqsadi (xabardor qilish), joylashtirish (desert, fast-fud, delikates); 
- maqsadli guruh; 
- kampaniya davomiyligi; 
- reklama qlishida foydalaniladigan vositalar (nashr va ko’rsatuvlar nomi); 
- reklama tavsifnomasi (hajmi, uzunligi, joylashtirish joyi); 
- joylashtirish variantlari va qizg’ilik; 
- byudjet. 
Kommunikasion ta’sir reja-grafigi jalb qilinadigan vositalar nisbiy salmog’ini, 
masalan, namoyish va chop etish amalga oshiriladigan paytda reklama salmog’ini 
ko’rsatishi lozim. Bunday grafik axborot ta’sirini moddiy ta’minlash va moliyaviy 
resurslarni oqilona taqsimlashga imkon beradi. Sotuv va xarajatlar nisbati pul 
oqimlarini boshqarish va kommunikatsiya kampaniyasi samaradorligini nazorat 
qilishga imkon beradi. 
Axborot aksiyalarini rejalashtirishda ularni zamon va makon bo’yicha ajratish 
hamda korxona imidji va tovarni ilgari surish uchun belgilangan vazifalarni hisobga 
olgan holda belgilangan topshiriq shaklida muayyan vazifalar qo’yish lozim. 
Axborot ta’siri davomiyligi moliyaviy imkoniyatlar va qo’yilgan maqsadlar 
bilan belgilanadi. Birinchi 18 oy mobaynida tovar markasini joriy qilish uchun 
xabardorlik, markani eslash va u da’vo qilayotgan pozisiyani anglab yetish qobiliyati 
shakllantiriladi. Keyingi 19-36 oyda marka o’zining kommunikasion ta’sirini 
namoyish eta boshlaydi va 37-48 oyda axborotni foydalanuvchila orqali tarqatishga 
imkon beradigan moyillik mustahkamlanadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish