Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


-rasm. Reklamadan kutiladigan natija



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

12.2-rasm. Reklamadan kutiladigan natija
 
E’tibor ob’ekti, iste’molchining reklama qilinayotgan tovarga qiziqishi va unga 
ehtiyoj o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud. E’tibor hajmi o‘ziga xosligini reklama 
kinofilmlari, teleroliklar, radioxabarlar va boshqa reklama vositalari yaratishda 
hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama ta’siri samaradorligiga e’tibor 
kuchliligi, ya’ni inson reklama qabul qilishda sarflaydigan psixik faoliyat belgilangan 
soni ta’sir ko‘rsatadi. 
Aniqlanishicha, reklama xabari obro‘li shaxs tomonidan berilganda eng ko‘p asab 
energiyasi sarflanar ekan. Masalan, pishloq va yogurtlar reklamasiga bag‘ishlangan 
reklama teleko‘rsatuvida Tibbiyot akademiyasi olimlarining ishtirok etishi 
teletomoshabinlar e’tibori qizg‘inligi va hajmining ortishiga xizmat qiladi. 
Reklamaga e’tibor jalb qilish – individual holat bo‘lib, inson ehtiyojlariga, uning 
xohish-istaklariga, motivlari va kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Reklama maqsadlari va 
shaxsning reklama qilinayotgan tovarga bo‘lgan qiziqishiga qarab, e’tibor bir necha 
E'tibor jalb qilish
Qiziqishni qo'llab 
quvvatlash
Hissiyot namoyish 
etish
Ishontirish
Qaror qabul qilish
Harakat (xaridni 
amalga oshirish)


224 
turlarga ajratiladi. 
G‘ayriixtiyoriy e’tibor, 
masalan, reklama vositasiga nisbatan uning tashqi 
ko‘rinishi yoki dinamiklik, qizg‘inlik, kontraslik, o‘lcham kabi omillar bilan 
asoslanadi. Reklama omili insonning hissiyot organlariga qanchalik qizg‘in ta’sir 
ko‘rsatsa, uning e’tibor darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. Gazetadagi yorqin reklama 
shiori, radio orqali reklama xabarining yoqimli musiqa jo‘rligida emotsional so‘z 
boyligi, telefilmning qiziqarli syujeti – bu omillarning barchasi beixtiyor inson 
e’tiborini jalb qiladi. Biroq reklamaga e’tibor qaratishning bunday usullari ma’lum bir 
chegaraga ega. Bu chegaradan o‘tish shunga olib keladiki, odamlar «qichqirayotgan» 
reklamani qabul qilmay qo‘yadi. 
Reklama o‘zining noyobligi, g‘ayriodatiy ekanligi, yangiligi bilan jiddiy e’tibor 
jalb qiladi. 
Oziq-ovqat tovarlari, masalan, meva-sabzavotlar, sharbatlarni reklama qilishda 
rangi fotosuratlar yoki plakatlardan foydalanish samara beradi. Bunda shuni hisobga 
olish kerakki, plakatga odatda uzoqdan qaraladi, shu sababli u dekorativ va kontrastli 
ravishda bajarilgan bo‘lishi kerak.
Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tiborni oshirishning boshqa usullari odatiy fonning 
buzlishi yoki omillar xarakterining keskin o‘zgarishidan iborat. Tomoshabinning 
g‘ayriixtiyoriy e’tiborini biron-bir korxonada dinamik reportajda diktorning ohista 
nutqi birdan keskin o‘zgarishi jalb qiladi.
Reklama bilan e’tiborni jalb qilish jarayonida uning omillari u yo‘naltirilgan 
shaxsning ichki holatiga va ehtiyojlariga mos kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Inson 
idroki reklama xabaridan faqat uning hayoti va faoliyati uchun kerakli bo‘lgan 
narsalarni tanlab oladi va sub’ektiv ravishda unga zarur bo‘lib ko‘rinmagan narsalarni 
qabul qilmaydi. 
Reklama ta’siri samaradorligi ko‘p jihatdan reklama omili yuzaga keltiradigan 
e’tibor jarayoni uzunligiga va omil kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq vaqt davom etadigan 
omil, masalan, butun reklama filmi davomida yangraydigan sho‘x musiqa 
tomoshabinlarni tezda toliqtirib qo‘yadi. Reklamani qabul qilishda uning hajmi ham 
muhim ahamiyatga ega (masalan, ulkan reklama taxtasi yaqin atrofda boshqa reklama 


225 
taxtalari bo‘lmagan hollarda yaxshi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin). 
Matbuot, radio va televideniedagi reklama har bir alohida holatda qo‘yilgan 
vazifalarga muvofiq, omilning qat’iy differensiatsiya qilingan holda berilishini talab 
qiladi. 
Reklama qilinayotgan tovarning yangilik darajasi e’tibor uyg‘otishning muhim 
omili hisoblanadi. Ushbu holat asosida xulosa chiqarish mumkinki, har bir reklama 
vositasi reklama o‘tkazish ob’ektiga e’iborni kuchaytirish uchun u haqida bironta 
yangilik xabar qilishi lozim, garchi gap an’anaviy buyumlar, masalan, radiopriemnik 
va televizorlar, avtomashin va velosipedlar yoki hammaga yaxshi tanish bo‘lgan 
mahsulotlar – choy, kofe, sut va h.k. haqida boradigan bo‘lsa ham. 
Reklamada yangilik usulidan foydalanishda ayrim xususiyatlarni hisobga olish 
zarur. Insonga ta’sir etishning eng oson yo‘li – butunlay yangi, maqsadli doira uchun 
kutilmagan tovar haqida axborot bo‘lib, bunda iste’molchida unga nisbatan ma’lum bir 
munosabat shakllanmagan bo‘ladi yoki aksincha, qarorni o‘zgartirishga tayyorlik 
o‘ringa ega bo‘ladi. Kichkina ekranli televizorlarni katta ekranli, oq-qora televizorlarni 
rangli televizorlarga almashtirish bunga misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu erda 
reklama tovarning o‘zi timsolida ittifoqchiga ega bo‘ladi. Reklama ob’ekti bo‘lib 
iste’molda yaxshi ma’lum bo‘lgan mahsulot ishtirok etadigan bo‘lsa, reklama
funksiyalari ancha murakkablashadi. Maqsadli doirada bu mahsulotga bo‘lgan 
munosabatni yangi ma’lumotlar yordamida tubdan o‘zgartirish qiyin. SHu sababli 
reklama faqat u haqida mavjud fikrni kuchaytirishi mumkin, xolos. 
Maqsadli doira e’tiborini reklamaga jalb qilishning eng oddiy usuli – odamlarning 
ehtiyojlari va qiziqishlaridan foydalanishdir. Bunda reklamada odamlarning qaysi 
ehtiyojlari va qiziqishlari tovarda iodalangani, uning qanday mos kelishi ochib beriladi. 
Bunday reklamaga misol tariqasida «Pantin-Provi» shampuni reklamasini keltirib 
o‘tish mumkin: «Men sochlarim sog‘lom bo‘lishi va yaltirab turishini istayman. 
YAqinda men SHveysariyaning yangi «Provi» shampunidan foydalana boshladim. 
Qazg‘oq yo‘qoldi. Mening sochlarim sog‘lom ko‘rinibgina qolmay, haqiqatda sog‘lom 
va yaltirab turadigan bo‘ldi». 
Odamning yaxshi jismoniy va emotsional holatda bo‘lish istagi «Bruk-Bond» 


226 
choyining reklama shioriga asos qilib olingan: «Ishingiz o‘ngidan kelmagan va 
kayfiyatining tushib ketgan paytda Bruk-Bond choyini – ajoyib tetiklantiruvchi 
vositani tatib ko‘ring! U qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Ajoyib ta’m!» 
Reklamada e’tibor jalb qilish uchun ko‘pincha muammoli vaziyat usuli 
foydalaniladi. Maqsadli doira oldiga muammo qo‘yiladi — «qanday qilish kerak?». 
Masalaning bunday qo‘yilishi fikrlashga undaydi, muammoning mohiyatiga chuqurroq 
kirib borishga olib keladi. Bu turdagi reklamaga misol tariqasida yosh va qari ayol 
o‘rtasidagi reklama suhbatini keltirish mumkin. YOsh ayol: «Men rakovinadagi zang 
izlarini ketkizish uchun nimalar qilib ko‘rmadim deysiz. YAxshisi qiynalib 
o‘tirmasdan yangisini sotib olish kerak ekan». Qari ayol: «YAngisini sotib olishning 
nima keragi bor? «Komet» tozalagichi rakovina yuzasidan zangni osonlik bilan 
ketkazadi. «Komet» tozalagichi tarkibiga istalgan chuqurlikdagi zangni ketkaza 
oladigan xlorinol moddasi kiradi». 
Birga qatnashish usulidan foydalanish reklamani faolroq qabul qilishga xizmat 
qiladi. Unga hammadan ko‘proq telereklamada murojaat qilinadi: taqdimotlar, 
ko‘rgazma-savdolar, modalar namoyishi va h.k.dan reportajlarda foydalaniladi. Bu 
usuldan foydalanuvchi telesharhlovchi teletomoshabinlarni go‘yoki bu voqeaning 
qatnashchisiga aylantiradi: «Hurmatli teletomoshabinlar, biz siz bilan birgalikda 
«Bolshevichka» fabrikasi ayollar kiyimi yangi modellarining ko‘rgazma-savdosida 
ishtirok etmoqdamiz. 
Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tibor agarda u boshqa bir e’tibor turi – ongli ravishda 
yo‘naltiriladigan va tartibga solinadigan ixtiyoriy e’tibor bilan mustahkamlanadigan 
bo‘lmasa, juda tez yo‘qoladi. Ixtiyoriy reklamaning maqsadli yo‘naltirilganligi 
reklama samaradorligining eng muhim omilidir. Reklamaga ixtiyoriy e’tibor 
shakllantirishning psixologik mexanizmi negizida amaliy va estetik xarakterdagi 
qiziqishlar yotadi. 
U yoki bu maqsadli doira e’tiborini reklama vositalariga jalb qilish reklama 
kompaniyasi muvaffaqiyatlarining asosi hisoblanadi. Reklamaga ixtiyoriy e’tibor jalb 
qilishning ob’ektiv imkoniyatlari reklama tabiati bilan asoslanadi. Biroq bu erda bir 
qator qonuniyatlar mavjud. Bu qonuniyatlardan biri – muayyan reklama turi, 


227 
etkazilayotgan xabar xususiyatlari va maqsadli doiraning xarakteri o‘zaro aloqalari 
hisoblanadi. 
Bitta maqsadli doira uchun mo‘ljallangan reklama xabari yoshi, jinsi va ijtimoiy 
tarkibi bo‘yicha farq qiladigan boshqa maqsadli doiraning e’tiborini jalb qilmasligi 
mumkin (ayollar uchun gigiena vositalari reklamasi faqat ayollarning e’tiborini jalb 
qiladi, erkaklar esa bu reklamani piching bilan qabul qiladi). Sportchilar maqsadli 
doirasida sport tovarlari do‘koni ochilishi haqidagi xabar darrov ularning e’tiborini jalb 
qilishi mumkin. 
G‘ayriixtiyoriy e’tiborni ixtiyoriy e’tiborga aylantirshi uchun quyidagi 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish