1
0
axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab
oladi.
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo‘yicha moddiy boyliklar va
xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o‘zaro farq qilinadi. Korxona
darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq
darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-
konstruktorlik ishlari va shunga o‘xshash faoliyat ko‘rsatadi.
Marketingni qo‘llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko‘ra
guruhlash mumkin:
➢
ichki marketing;
➢
tovarlar bo‘yicha marketing;
➢
eksport marketingi;
➢
import marketingi;
➢
ilmiy texnik marketing;
➢
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mablag‘ (investitsiya) kiritish marketingi;
➢
xalqaro marketing;
➢
notijorat faoliyati sohasidagi marketing;
➢
ijtimoiy g‘oyalar marketingi;
Ichki marketing qoidaga ko‘ra, bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish
masalalari bilan bog‘liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi,
yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh mahsulotlarini
yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo‘yicha marketing) samarali sotishni
tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatining
foydaliligini ta’minlashni ko‘zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi,
iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan.
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta’minlash uchun bozor
tadqiqotlarining alohida shakllarini ko‘zda tutadi.
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va
litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika
taraqqiyoti yo‘nalishlarini o‘rganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va
boshqalar bilan bog‘liq.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing kiritish marketingi o‘z ichiga xorijiy faoliyatni
tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish
faoliyatini chuqur va har taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va
korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish
tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham
ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko‘zda tutadi. U
ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko‘p sonli
mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi.
Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan, alohida tashkilot yoki alohida
shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog‘liq.
Ijtimoiy marketingni qo‘llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan
mamlakatlarda oilani rejalashtirish, kariyalar va kasallarga e’tiborni jalb qilish, ayrim
ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.
Bundan tashqari bugungi kunda marketingning ayrim turlari haqida to‘xtalib
o‘tmoqchimiz.
Raqobatbardoshlikka
erishish
Do'stlaringiz bilan baham: