Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Tovarning raqobatbardoshligini baholash



Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/287
Sana31.12.2021
Hajmi11,3 Mb.
#211658
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   287
Bog'liq
Открыть 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 3

9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash
 
Hozirgi  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  mamlakatimizni  iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida faol qatnashishda
 
tovarlar  sifatini  ko‘tarib,  ularni  raqobatbardosh  tovarlarga  aylantirish  eng  dolzarb
muammolardan biridir.
Har  bir  xaridor  o‘ziga  yoqqan  tovarni  sotib  oladi,  iste’molchilar  esa  raqiblar
tovariga  nisbatan  ko‘proq  ijtimoiy  ehtiyojlariga  mos  keluvchilarini  tanlashadi.
Shuning  uchun  raqobatbardoshlik  (tanlangan  bozorda  tovarni  sotish  imkoniyati)ni
faqat  raqiblar  tovarni  solishtirish  orqali  aniqlash  mumkin.  Raqobatbardoshlik  nisbiy
tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‘liqdir.
Tovar  raqobatbardoshligini  o‘rganish  murakkab  va  o‘z  ichiga  quyidagi
bosqichlarni oladi:
- tovarni sotish bozorini o‘rganish;
- raqiblar haqida ma’lumotlar yig‘ish;
- iste’molchilar talablarini o‘rganish;
- raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu  masalalarni  hal  qilish  korxonada  tovar  raqobatbardoshligi  darajasini
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har  qanday  tovar  bozorga  chiqishi  bilanok  o‘z  raqobat  qobiliyatini  yo‘qota
boshlaydi,  bu  jarayonni  sekinlatish  mumkin,  bu  iqtisodiy  foyda  va  oldingi  buyum
raqobat  qobiliyatini  to‘la  yo‘qotish  paytigacha  bozorga  yangi  tovar  bilan  chiqish
imkoniyatini beradi.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan xuddi
shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K = R / S

max
bu erda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, o‘zimizning tovarimizga o‘xshash namunasini topib olish;


10
0
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni
belgilash;
- o‘zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
​ 
 
Raqobatning  asosiy  quroli  bo‘lib,  talabni  shakllantirish  va  sotishni
rag‘batlantirish  vositalari  xizmat  qiladi.  Asosiy  axborotni  xaridorlar  tovar  ishlab
chiqaruvchilardan  olishadi.  Xaridorlarni  asosan  tovarning  iste’mol  qiymati
qiziqtiradi.  Raqobat  asosan  quyidagi  ko‘rinishlarda  bo‘lishi  mumkin:  tovarlarning
xizmatlari  bo‘yicha,  bir  xil  ehtiyojni  qondirishga  qaratilgan  raqobat,  bir  xil  tovarni
har  xil  firmalar  ishlab  chiqarish  orqali  bo‘ladigan  raqobat;  yoki  bir  xil  firma
tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Hozirgi  davrda  raqobat  o‘ziga  xos  qiyofa  kasb  etmokda.  Narxlar  sohasida
raqobat  ishlab  chiqarishni  xarajatlar  eng  kam  bo‘ladigan  mamlakatlarda  yo‘lga
qo‘yishni talab qiladi.
Narx  bilan  raqobat  o‘tmishda  erkin  bozor  raqobati  bo‘lgan,  bozorda  bir  xil
tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‘lgandi. Ishlab chiqaruvchi
narxni pasaytirish bilan o‘z tovarini ajratib ko‘rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va
pirovard  natijada  o‘zi  istagan  bozor  hissasini  egallashga  erishgan.  Hozirgi  zamon
bozor  sharoitlarida  narx  bilan  ochiq  raqobat  amal  qilmaydi,  chunki  ishlab
chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu
esa  firmaning  bozordagi  mavqeini  o‘zgartirmaydi,  balki,  umuman  tarmoqdagi
foydaning  pasayishiga,  asosiy  fondlarni  yangilash  va  kengaytirish  uchun
investitsiyalarning  kamayishiga  olib  keladi.  Natijada  kutilgan  yutuq  va  raqiblarni
surib  chiqarish  o‘rniga  kutilmagan  sinish  yuz  beradi.  SHu  sababli  sanoat
monopoliyalari  narxlarni  iloji  boricha  uzoqroq  ushlab  turishga,  tannarxni  hamda
marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‘paytirishga intiladi. Fan-texnika
taraqqiyoti  yutuqlari  tufayli  raqobatning  narx  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  usullaridan
foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past iste’mol
narxi,  zamonaviy  dizayn,  servis  xizmati,  ishlab  chiqargan  firma  shuxrati  raqobat
kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga
javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
 
-raqobatchi-firmalarning  reklama  vositalari  va  sotishni  rag‘batlantirish  usullari
qanday?
-qaysi savdo belgilari ishlatilmokda?
-raqobatchilar  tovarlarining  o‘ramasi-bezaklari,  dizaynida  nimalar  ko‘zga
tashlanmokda?
-tovarni  kafolatli  va  undan  keyingi  ishlatish  davrlarida  qanday  servis  taklif
qilinmokda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma o‘z shahobchasini
ochganmi?
-raqobatchilar qo‘llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi, omborlari
va ularning joylanishi.
Rossiyalik  olim  P.S.Zavyalov  fikricha  «Raqobatbardoshlik  deganda,  tovarning
bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni
o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi
shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim».
Xaridorning  xarajatlari  ikki  qismdan  tashkil  topadi,  uning  bir  qismini  xarid
xarajatlari  (tovar  narxi),  ikkinchi  qismini  uni  iste’mol  etish  bilan  bog‘liq  xarajatlar
tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘plab omillar ta’sir etadi.
Firmaning  raqobatbardoshligi  darajasini  baholashda  tarmoq  bozorida  raqobat
kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu


10
0
omillarga quyidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati;
2. Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3. Bozordagi talab hajmini o‘rganish;
4. Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
5. Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari;
6. Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
​ 
 
9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
Ushbu  bozorda  raqobat  uchun  alohida  sabablarning  bo‘lishi,  raqobat  darajasi
bozorning  alohida  bir  jalb  etuvchanlik  yoki  aksincha  bezdiruvchanlik  xususiyatlari
bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben  raqobatli  ustunliklarni  ikkita  keng  kategoriyalarga  guruhlaydi  –
tashqi  va  ichki  raqobatli  ustunliklar,  ya’ni  firma  va  tovarni  raqobatdoshligini
tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir
15
. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor kuchini
ifodalaydi,  ya’ni  u  bozorni  imtiyozli  raqobatchidagiga  nisbatan  yuqoriroq  sotish
narxlarini  qabul  qilishga  majbur  qila  oladi  va  mavjud  tovarlardan  norozi  bo‘lgan
xaridorlarning  istaklarini  aniqlash  va  qondirishdagi  afzalliklarga  tayanadi.  Ichki
raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‘ra kamroq
tannarxga  erishishga  imkon  beruvchi  va  ishlab  chiqaruvchi  uchun  qiymat  hosil
qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan
pasaytirilishiga  ko‘proq  darajada  bardoshli  qiluvchi  yuqoriroq  unumdorlik
oqibatidir».
Tovarni  jalb  etuvchanligi  va  raqobatbardoshligini  ifodalovchi  omillar
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: narx – sifat – servis
– marketing muhiti.
Raqobatbardoshlik  sifat  va  qiymat  omillari  bilan  bog‘liqdir.  Ular  sifat,
iqtisodiyot va marketing ko‘rsatkichlari yordami bilan to‘liq tavsiflanishi mumkin.

Download 11,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish