Bozor
segmenti
- taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing
kompleksiga bir xilda munosabatda bo‗luvchi iste‘molchilar guruhi majmui.
Bozorni
segmentlash
- bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki
marketing kompleksi talab qilinishi mumkin bo‗lgan xaridorlarning aniq
guruhlariga bo‗lish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish
- 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini
(ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial
iste‘molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni
ta‘minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori,
kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori
sig‗imi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy
tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |