Amaliy mashg’ulot-4
Mavzu: Bo’yovchi moddalar. To’ldirgichlar. Erituvchlar va suyultiruvchlar.
Plasifikattorlar. Parda qatlamini qotiruvchi tizimlar
Savollar
1.Bo’yovchi moddalar. To’ldirgichlarni yozing?
2.Erituvchlar va suyultiruvchlar moddalarga izoh bering?
3.Plasifikattorlar. Parda qatlamini qotiruvchi tizimlariga izoh bering?
Javoblar
1.Aralash tolali matolarni bo`yash jarayonida asosiy hal qiluvchi
parametrlardan biri bu ularning miqdoriy tarkibi hisoblanadi. Bu
tolalarning bo`yovchi moddalarga bo`lgan moyilligi har xilligi tufaylidir,
bunday aralashmali tolalarni bir vannada bo`yash natijasida juda rang-
barang tusda bo`yalgan mato (yoki mahsulot) olish mumkin.
Yaponiyalik olimlar tolalarning bo`yalishini yaxshi yoki yomon
bo`lishi aralashma tarkibidagi u yoki bu tolaning miqdoriga bog`liqdir.
Aralash tolali matolardan to`qimachilik sanoatida keng miqyosda
foydalaniladi.
1986-yilda tarkibida 15, 17, 20, 29, 88, 100, 101, 102, 103, 104,105-
sexlari bo’lgan ―Nitron‖ zavodi tashkil etildi.[25] 2007 yilda esa ushbu
zavod Nitron ishlab chiqarishiga aylantirildi. Nitron ishlab chiqarish tashkil
etilgandan buyon nitron tolasidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot
assortimenti 3-4 xildan 80-100 xil turgacha ortadi. Nitron tolamiz chet el
bozorini, jumladan, Turkiya, Eron, Pokiston va Xitoy bozorlarini egalladi.
―Nitron‖ ishlab chiqarishidagi yigiruv pardozlash sexida sun’iy nitron
tolasi poliakrilonitrilli nitron tolasi ishlab chiqariladi. U tuzli suv holatda
olinadi. Ishlab chiqarish jarayonida tolali uzluksiz yoki kesilgan iplar
ko’rinishidagi mahsulot olinadi. Sexning mahsuloti sun’iy tolani qayta
ishlaydigan iste’molchilarning talabiga ko’ra har xil assortimentlarda,
ranglangan, oqartirilgan holda ishlab chiqariladi. Poliakrilonitril tola bir
qancha xossalariga qarab jun yoki paxta tolasi o’rnini bosa oladi. Shuning
uchun ham u quyidagi sanoat korxonalarida qimmatbaho xom ashyo
sifatida ishlatiladi, jumladan tekstil, qog’oz ishlab chiqarishda, matolar
to’qishda, har xil gilamlar ishlab chiqarishda hamda sanoat uchun kerak
bo’ladigan texnik matolar tayyorlashda,xalq iste’mol mollari tayyorlashda
qo’llaniladi.
Hozirda bozor iqtisodiyoti sharoitida inqirozga uchramaslik maqsadida
jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish uchun
texnologik qurilmalar yangilanib bormoqda. Qurilmalarni yangilash,
almashtirish 90-yillardan boshlandi. Chet ellik hamkorlar talabi va
iltimosiga ko’ra yangi ―Lendiman‖ markali qadoqlash mashinasi o’rnatildi.
U har biri 250-300 kg bo’lgan nitron tolasi joylashgan toylarni qadoqlaydi.
So’ngra maxsus loyiha asosida kimyoviy aralashmalarni tayyorlash
bo’limida barcha qurilmalar sovitgichlar, isitgichlar almashtirildi.
Bir qancha vaqtdan so’ng maxsus ―Mexotronika- TES‖ loyihasi asosida
pardozlash sexining ancha eskirib qolgan, ko’p elektr energiya iste’mol
qiladigan elektr dvigatellarning o’rni zamonaviy kam energiya
sarflaydigan elektrodvigatellarga almashtirildi. [25]
Bo`yalgan PAN tolasi quyidagi usullar bilan olinadi:
- sintezlangan rangli sopolimerdan tola shakllantirish orqali;
-erimaydigan
bo`yovchi
moddalar
va
pigmentlardan
foydalanib
sopolimerni massada bo`yash yo`li bilan;
- yangi shakllangan tolani bo`yash orqali;
- tayyor quritilgan tolani bo`yash yo`li bilan.
Yuqoridagi birinchi uch usul tola olish zavodlarida amalga oshirilsa,
tayyor tolani bo`yash esa to`qimachilik korxonalarining pardozlash
fabrikalarida tola sifatida va mato ko`rinishida amalga oshiriladi.
Nitron tolasi tarkibida kislotali xarakterdagi funksional guruhli
monomer itakon kislotasi borligi tufayli tola kation bo`yovchi moddalar
bilan bo`yalish qobiliyatiga ega. Tayyor PAN tolasini bo`yash mexanizmini
o`rganishga ko`p ilmiy ishlar bag`ishlangan. L. Risovskaya, B.Melnikov
kation bo`yovchi moddalarni PAN sopolimeri bilan bog`lanishi bo`yovchi
modda kationi tolaning kislotali guruhlari bilan o`zaro kimyoviy ta`sir
hisobiga bo`lishini ko`rsatdi. Keyinroq bajarilgan M.Kazlovaning
izlanishlarida [27] kation bo`yovchi moddalar nitron tolasida kimyoviy
bog` hosil bo`lishi va kation bo`yovchi moddalarni tola yuzasi bilan hosil
qiluvchi elektrostatistik kuchlari hisobiga ham bog`lanishini ko`rsatdi:
kimyoviy o`zaro ta`sir kuchlari hisobiga kation bo`yovchi moddalarning
asosiy qismi tolaga bog`lanadi
2.Erituvchilar — turli moddalarni oʻzida erita oladigan kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmalari. Suv, spirt, kislota, ishqor, efirlar, benzol, toluol, ksilol yoki ularning aralashmalari E.ga misol boʻla oladi. E. xossalari (mas, uchuvchanligi, yopishqoqligi, zichligi, dielektrik doimiysi yoki kimyoviy faolligi)ga koʻra sinflanadi. Birinchi navbatda, E. ning kimyoviy xossalari, ayniqsa, ularning zaharli yoki zaharli emasligiga eʼtibor beriladi. Standart erituvchi sifatida suv olinadi. Shu asnoda E.ni kislotali, ishqoriy va amfoter xossalarga boʻlinadi. Maʼlumki, suv kimyoviy reaksiyalarda vodorod kationi — N* ni uzatib kislota rolida boʻlishi yoki bunday kationni asos sifatida biriktirib olib, N30+ ga aylanishi mumkin
3.Yog‗och va yog‗och materiallar ustiga surtilgan (sepilgan) suyuq pardoz
qoplamalar normal sharoitda yuqori temperatura yoki nurlar (infraqizil,
ultrabinafsha) ta‘sirida qotadi. Lekin bu holatni tezlashtirish, qotish (qurish)
vaqtini qisqartirish uchun lok-bo‗yoq materiallar tarkibiga har xil qotirish
sistemalari qo‗shiladi. Ularga peroksidlar (initsiatorlar), tezlatgichlar,
sensibilizatorlar, kislotali qotirgich moddalar, sikka-tivlar va boshqalarni misol
qilib ko‗rsatish mumkin. Poliefirli lok-bo‗yoq materiallarda qotiruvchi sistemalar
sifatida initsiator va tezlatgichlar ishlatiladi.
Qotiruvchi initsiatorlarning bir necha turi mavjud bo‗lib, ular perekislar yoki
peroksidlar degan nom bilan yuritiladi.
Benzoil peroksid (C6H5 CO)2O2 rangsiz kristall modda, parchalanish
temperaturasi 700 С. Quruq holdagi benzoil peroksid ishqalanish va zarb ta‘siridan
portlab ketishi mumkin.
Izopropilbenzol gidroperoksidi-giperiz (TU-38-10293-75) tashqi
ko‗rinishdan rangsiz moysimon suyuqlik, oddiy organik erituvchilarda yaxshi
eriydi. Parchalanish temperaturasi 100°C. Metiletilketon peroksidi (TU 6-01-465-
70) rangsiz suyuqlik. O‗tkir hidi bor. U 50% li dimetilftalatdagi eritma holida
ishlab chiqariladi. Parchalanish temperaturasi 80°C. Siklogeksanon peroksidi LE
50 (Germaniya) u konsentratsiyasi 50% bo‗lgan dibutilftalatli pasta, parchalanish
temperaturasi 80...90°C.
Peroksidlarning parchalanish temperaturasini kamaytirish uchun va reaksiyani
poliefir lok-bo‗yoqlari qatlamida borishini ta‘minlash uchun ularga tezlatgichlar
qo‗shiladi. Tezlatgichlar metall (kobalt, vanadiy) tuzlari va amin tipidagi
birikmalar (diamet «X», dimetil anilin) dir. 25 va 30- nomerl i tezlatgichlar (TU 6-
10-851-75) naften kislotalarining kobaltli tuzlarini mos ravishda toluol va
stiroldagi eritmasidir. 30 nomerli tezlatgichning garantiyali saqlash muddati 4 oy,
25 nomerli tezlatgichniki esa 6 oydir.
31-nomerli tezlatgich (TU-6-10-1444-79) vanadiy. V-oksid asosidagi tuzlarning
monobutilfosfor kislotadagi eritmasi. Qo‗ng‗ir jigarrang tusli bir jinsli suyuqlik.
Garantiyali saqlash muddati 6 oydir.
Dimetilanilin-och sariqdan to‗q sariq ranggacha bo‗lgan moysimon suyuqlik,
chaqnash temperaturasi 53°C. Zaharli, markaziy nerv sistemalari va qonga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadi. U so‗ruvchi-chiqaruvchi ventilyatsiya kameralari bo‗lgan
xonalarda ishlatiladi. Dimetilanilin doim aralashma holida ishlatiladi,
aralashmaning tarkibida dibutilftalat va ko‗p atomli spirt mos ravishda 1:10:0,5
nisbatda bo‗ladi. Ishbop holatdagi lok tarkibiga bu aralashmadan 0,2...0,8 massa
qism qo‗shiladi.
Diamet «X» (TU 6-14-980-73)-jigarrang tusli kukun. Shilliq pardalarga tegsa
qichishtiradi, shuning uchun himoya ko‗z-oynaklari taqib ishlash lozim. Ishbop
loklar tarkibiga diamet «X» dan yarimfabrikat massasining 0,2% qadar qo‗shiladi.
Initsiatori tezlatgich ishtirokida juda tez parchalanishi tufayli bu komponentlarni
bevosita bir-biriga aralashtirib bo‗lmaydi, aks holda kuchli reaksiya ketib portlash
yuz berishi mumkin. Shuning uchun poliefir lok-bo‗yoq materiallari odatda ikki
komponentlisi sistema ko‗rinishida ishlab chiqariladi: birinchisiga initsiator,
ikkinchisiga tezlatgich qo‗shilgan bo‗ladi, Komponentlar lokni yuzaga qo‗yganda
aralashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |